Al-Xorazmiy olimpiadasining Respublika bosqichi haqida!

🗓23-24 mart kunlari 7-8 sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi matematika olimpiadasining respublika bosqichini oʻtkazish rejalashtirilgan. Hududiy bosqichda yuqori natijani qoʻlga kiritgan 6 nafar iqtidorli oʻquvchilar hamda PIIMA tasarrufidagi maktablarning 18 nafar Oʻquvchilari (3 ta jamoa) ishtirok etishadi.

📌Olimpiada ikki turdan iborat:

1-tur: 5 ta masaladan iborat yozma ish (har biri 10 balldan jami 50 ball bilan baholanadi)

2-tur: 20 ta test topshiriqlari (10 tasi ochiq (har biri 1.9 ball) va 10 tasi yopiq (har biri 3.1 ball) boʻlib, jami 50 ball bilan baholanadi.

Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

🚀Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

6 comments

Iltimos AL-Xorazmiy olimpiadasi qayerda bo'ladi manzili haqida ma'lumot bering
AL-Xorazmiy olimpiadasining Respublika bosqichi o'tkaziladan manzil haqida ma'lumot bering
Al-Xorazmiy olimpiadasini qayerda o‘tkazilishi haqida ma‘lumot bering.