​Талабаларни ижарага қўйганларни даромад солиғидан озод этиш режалаштирилмоқда

Вазирлар Маҳкамасининг «Республика олий таълим муассасаларида талабаларни турар жой билан қамраб олиш даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори қабул қилинди.

🤝 Қарорда талабалар турар жойларини давлат-хусусий шериклик шартлари асосида қуриш ва бунга Давлат бюджетидан субсидия ажратиш бўйича бир қатор янгиликлар белгиланди.

✅ Бундан ташқари, жисмоний шахсларнинг уй-жойларини талабаларга ижарага бериш фаолияти бўйича олган даромадларини солиқдан озод этиш юзасидан Солиқ кодексига ўзгартириш киритишни назарда тутувчи қонун лойиҳаси ишлаб чиқилади.

🖥 Ижара шартномаларини соддалаштирилган рақамли имзосиз ҳисобга қўйишни таъминлайдиган электрон тизим ишга туширилади.

🔍 Шунингдек, талабалар учун турар жой қидиришга ихтисослашган электрон платформа ишлаб чиқилади, талабалар турар жойи ва хусусий хонадонлардан ижарага турар жой қидиришнинг ишончли тизими йўлга қўйилади ҳамда доимий равишда янгилаб борилади.

🏢 Республика бўйича 85 та ОТМга талабалар турар жойи қуриш учун қўшимча ер ажратилади, жами 228 та талабалар турар жойлари (жами 91 минг 200 ўринли) барпо этилади. Шундан ҳудудларда 2022 йили 47 та, 2023 йили 67 та, 2024 йили 62 та, 2025 йили 52 та талабалар турар жойлари қурилади.


👉 @xushnudbek 👈

129 comments

Show 13 more comments
Super kontrakt narxlari chiqib noʻlagan
O‘tarova🌼
Tòģri wunaqa qilsin. Cunki juda qiyin kvartira topiw
Biznesni yangi turuni bowlangizlar
menimcha yaxshi fikr emas chunki hm ijara qo‘yib talabadan pul olsa hm bu tomondan foyda ko‘radimi
𝘉𝘢𝘹𝘵𝘪𝘺𝘰𝘳𝘰𝘷𝘢 𝘚𝘩𝘢𝘹𝘻𝘰𝘥𝘢
Қурбонбой Анваров
Super kontrakt narxlari chiqib noʻlagan
Ariza bersa bòladimi
🌸ℳ𝒶𝒟𝒾𝒩𝒶🌸
Assalomu aleykum meni ham mavzudan tashqari savolim bor, xorijiy OTM lardan perevod qilganlar qachon univerga borishlari mumkin?
Oʻzbekistondagi eng katta monopoliya oliy ta'lim tizimi uzautomotors bu yerda bir tiyin
soliqdan ozod etish yechim bulmaydi. imtiyozlar boshqa muammoni keltirib chiqaradi. Hich kim soliqdan ozod buldim deb renta pulini kamaytirmaydi. aksincha Soliqqa beradigan pulim ham yonimda qolarkan deb hursand buladi. bizni jamiyatda deyarli hamma foyda uchun yashaydi savob uchun emas
Ҳомидов Суҳроб Комил ўғли
ASSALOMU ALAYKUM XUSHNUD AKA. MAVZUGA OID BO'LMASA HAM SHU SAVOLGA OYDINLIK KIRITIB BERING ILTIMOS. 2021-2022 O'QUV YILI UCHUN HAM O‘qishga kirganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin ikkinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent ikkinchida o‘qishni istamay, birinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
JAVOBINGIZ UCHUN RAHMAT.
1.05 ball neci ball hisobida qabul qilinadi nizom buyica super kontrak
Assalom alaykum!
Iltimos, ikkinchi mutaxassislik bo'yicha ham ma'lumot bering.
Rahmatillo
Qonuniy ijarada turganlarga 130 mingadan pul miqdori ajiratadi deyilgan
Assalomu alaykum Xushnudbek iltimos shu ma‘lumotni o‘qisangiz Ichki ishlar vazirligiga talabalar nomidan iltimos ijara shartnoma so‘rab, propiska so‘rab talabani va uy egasini ovora qilishni bas qilishsin. Plan to‘ldirmoqchi bo‘lsa boshqa joyga borishsin. O‘zlari muammoni hal etolmaydimi qo‘shimcha muammo tug‘dirmasin shu uchaskavoylar. Odamlarga yaxshilik qilganinga pushaymon qildirishyapti.
Endi kalla ishlayabtimi diman
Sayyora_Urozaliyeva🌼
Assalomu alaykum, ijarada turadigan talabalarga Davlat tomonidan yordam puli beriladiku shu haqida malumotlarni qaydan olsak boladi
Show next 95 comments