​Талабаларни ижарага қўйганларни даромад солиғидан озод этиш режалаштирилмоқда

Вазирлар Маҳкамасининг «Республика олий таълим муассасаларида талабаларни турар жой билан қамраб олиш даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори қабул қилинди.

🤝 Қарорда талабалар турар жойларини давлат-хусусий шериклик шартлари асосида қуриш ва бунга Давлат бюджетидан субсидия ажратиш бўйича бир қатор янгиликлар белгиланди.

✅ Бундан ташқари, жисмоний шахсларнинг уй-жойларини талабаларга ижарага бериш фаолияти бўйича олган даромадларини солиқдан озод этиш юзасидан Солиқ кодексига ўзгартириш киритишни назарда тутувчи қонун лойиҳаси ишлаб чиқилади.

🖥 Ижара шартномаларини соддалаштирилган рақамли имзосиз ҳисобга қўйишни таъминлайдиган электрон тизим ишга туширилади.

🔍 Шунингдек, талабалар учун турар жой қидиришга ихтисослашган электрон платформа ишлаб чиқилади, талабалар турар жойи ва хусусий хонадонлардан ижарага турар жой қидиришнинг ишончли тизими йўлга қўйилади ҳамда доимий равишда янгилаб борилади.

🏢 Республика бўйича 85 та ОТМга талабалар турар жойи қуриш учун қўшимча ер ажратилади, жами 228 та талабалар турар жойлари (жами 91 минг 200 ўринли) барпо этилади. Шундан ҳудудларда 2022 йили 47 та, 2023 йили 67 та, 2024 йили 62 та, 2025 йили 52 та талабалар турар жойлари қурилади.


👉 @xushnudbek 👈

129 comments

Show 44 more comments
Biza bitirgandan keyin ham qonun loyihada boluradi
Ассалому алейкум качон суппер кантирак нархлари чикадию ва качондан супперларга хам укиш бошланади
Ариза качон Кабул килинади
Ulug'bek ********
Salom vaksina olganlarga 10% chegirma bor ediku shu chegirma sirtqi ta'lim shaklida o'qiydiganlarga ham taluqlimi
Salom Xushnudbek mening qizim Rusletga 3 ball etmadi qancha superi
Bu ham quruq gap bo‘lib qolib ketmasa bo‘ldi endi
Anvar Qo'ldoshev
Hozirgi kunda Talabalarni qiynab kelayotgan muammolardan biri shu kvartira turar joy muammosi bulyapti talaba uqishi ikkinchi darajali bulib qolmoqda extyoj masalasi yuqori darajada turar joylar tezroq amalga oshilganda muammo uz yechimini topadi degan umiddaman
Super bolganlarga vaksina olsa 10 foiz imtiyoz bormi
Har doim yotoqxona masalasi qo‘zg‘oladi, qaror chiqadi yana jimi-jimi bo‘lib ketadi. Bechora talabalar qiybalib yuraverafi, o‘tgan yili 4-5tasi fojiali p‘lib ham ketishdi.
Qonun loyihasi ishlab chiqildi maqullandi qachon natija bo'ladi bizayam o'qishga kirdik kuniga 120.000 to'lab hotel.da turipmiz. Gramtga kirganman lekin o'qishni tashlab ketgim kelyapti ota-onamni ketgan pullariga achinyapman
Алия
Уз Турар жойимизга перевод булмади супер дейишди . Енди бошка вил. УЗИ тушган вил укишга кетти . На етокхона бор , на квартира . 1хафтадан бери квартира топа олишмаепти . 1 ойга 450 доллар . Унга маблаг йук . Ешлар жуда кийналиб юрипти сарсон . Качон гача ахир
.
Assalomu alaykum. Prezident ijod maktablariga bu yil bazaviy kontrakt asosida oqishga qabul qilinadimi. Shu narsa rostmi. Javob uchun oldindan rahmat
Bu qaror qachon ishga tushadi yaʼni biz qanday murojaat qilamiz ?
563 карор тулик вариантини ташаб бера оласизми?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Bu narsa qachon qonuniy boladi endi iltimos tezro bosin. Hozi yotoqxona yetishmagani uchun ijarada turibman. Uy egasi daromad solig‘i tufayli ijara shartnoma qib bermadi. Shunchun davlat yordamini olib bo‘mayapti. Hozi oyiga 500 ming somdan turibman. Kontrakt o‘qiyman. Endi tasavvur qiling. 500 mingdan 10 oy tursam 5 mln som boladi. Shaharda yurish yeb ichish ular ham qancha xarajat. Yana uni ustiga kontrakt 10 foiz oshgan. Xullas xarajat juda katta. Shunchun iltimos bu narsa tezroq qonunga kiritilsin. Biz ham ijara shartnoma qilib davlatdan ozgina bolsa yordam ololaylik.
Assalomu alaykum Hurmatli Xushnud Aka.Sizni Kanalizni kuzatib boraman kop OTMlar bilan ishlab Talabalar bilan ishlab Yordam berib kelasiz.Sizdan Iltimosim Bor edi Shu Meni Masalamga Ijobiy Aniq Fakt olib bering!!!MEN MEYLIYEVA ZEBINISO QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANIDANMAN 18 YOSHDAMAN 1 GURUH NOGIRONIMAN. MEN BU YIL OZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETNING AMALIY PSIXOLOGIYAGA GRAND ASOSIDA OQISHGA QABUL QILINDIM. OZIM ARAVACHADA YURAMAN BITTA INSONNI KOMAGI KERAK DOIM.SHU HOZIRGI KUNDA YOTOQHONA MUAMMO BOLYAPTI .TOSHKENTDA UY JOYIMIZ YUQ KVARTIRAGA OILAVIY SHAROITIMIZ VA MENI VAZIYATIM TOGRI KELMIYDI KRAVTIRAGA TURISHGA.USHANSHUN UNIVERSITETNING OZIGA YOTOQXONADAN MENGA VA MENGA QARAVCHI OILA AZOLARIMDAN BITTASIGA JOY AJRATIB BERILISHINI SURAYMAN.USHA NARSA HAL BOLMAYAPTI .OZIM MUSTAQIL HARAKAT QILOLMAYMAN YONIMDA BITTA ODAM BOLISH KERAK. KECHA MILLIY UNIVERSITETNING TURAR JOY YOTOQXONA VA KVARTIRA BUYICHA MUAMMOLAR BUYICHA OVOZLI CHAT BULGANDI 17:00 DA UNDAN OLDIN ELON BERILGANNIDA TURAR JOY MASALASI Mirzaahmedov Kamollidin Mansurjonovich JAVOB BERADI DEYILGANDI ELONDA .LEKIN OVOZLI CHATDA ULUGBEK OXUNDADAYEV OSTIDA NIK EGASI BARCHA SAVOLLARGA JAVOB BERDILAR .SHUNDA MEN OVOZLI CHATDA SAVOLIMNI BERDIM TALABA QIZ BOLA BOLSA JINSIGA OID OILA AZOLARIGA RUHSAT BOR BERAMIZ DEYISHDI ONASI YOKI OPASI BOLSA JINSIGA OID OILA AZOLARIGA RUHSAT BOR DEDILAR.DEKANATGA AYTING DEDILAR ..ENDI NIMA QILISHIMIZ KERAK RUHSAT BOR EKAN ULARNI GAPLARINI AYTSAK MENGA VA OILA AZOLARIMDAN BITTA ODAMGA RUHSAT BERADIMI.USHA MASALAGA BIR YONDOSHSANGGIZ ILTIMOS!!!!KIMGA UCHRASHAYLIK SHU HAQIDA USHA ULUGBEK OXUNDADAYEV GAPINI DEKANATLAR INOBATGA OLADIMI.MENDA ISBOTI YUQ LEKIN ZAPS QILIB OLMABMAN OVOZINI,LEKIN EKRAN ZAPSGA QOYILGANDI YARMIDAN QOYGANDIM SAVOLIMNI YARMIDA ESIMGA TUSHIB KETGANDI.SHU MASALANI YECHIMI YECHILADIMI UNIVERSITETNING MUTASADDI HODIMLARI INOBATGA OLADIMI. MENI IMKONIYATIM CHEKLANGAN UCHUN BU MASALA KORIB CHIQILADIMI.ILTIMOS SHU ISHGA IJOBIY HAL QILISHGA YORDAM BERVORING XUQUQSHUNOS BLOGER SIFATIDA.
Assalom aleykum hurmatli yurtdoshlar Xushnudbek aka.Bu qaror ijrosi ta'minlansa juda maʼqul ish bo'lar edi.Chunki o'zim Jizzax Politexnika instituti 2-bosqich talabasi man.Bu yil ijara ya'ni kvartira puli juda yuqori bo'lib ketdi o'tgan yilgidan.O'tgan yili Jizzax shahrida odam boshiga 150-200 ming atrofida bo'lgan bo'lsa o'rtachasi bu yil kamida 200- ba'zi bir joylarda 250-300 ming bo'lib ketdi.Kamiga institut yotoq xonasi karantin tufayli 2 yildan buyon ishga tushgani yoʻq.Men bu bilan dardimni doston qilish emas.O'sha tura joy miqdorining 50% ijara pulini davlat tomonidan qoplab berish boʻyicha Qator chiqdi.Ammo uy egalari (hazonlar) bunga rozi bo'lishmadi.Sababi soliq to'lovidan qochib.Rozi bo'lganlari ham ijara pulini ko'tarvolyapti.Yana jabr ko'ryotgan biz talabalar 😂.
Show next 64 comments