​Талабаларни ижарага қўйганларни даромад солиғидан озод этиш режалаштирилмоқда

Вазирлар Маҳкамасининг «Республика олий таълим муассасаларида талабаларни турар жой билан қамраб олиш даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори қабул қилинди.

🤝 Қарорда талабалар турар жойларини давлат-хусусий шериклик шартлари асосида қуриш ва бунга Давлат бюджетидан субсидия ажратиш бўйича бир қатор янгиликлар белгиланди.

✅ Бундан ташқари, жисмоний шахсларнинг уй-жойларини талабаларга ижарага бериш фаолияти бўйича олган даромадларини солиқдан озод этиш юзасидан Солиқ кодексига ўзгартириш киритишни назарда тутувчи қонун лойиҳаси ишлаб чиқилади.

🖥 Ижара шартномаларини соддалаштирилган рақамли имзосиз ҳисобга қўйишни таъминлайдиган электрон тизим ишга туширилади.

🔍 Шунингдек, талабалар учун турар жой қидиришга ихтисослашган электрон платформа ишлаб чиқилади, талабалар турар жойи ва хусусий хонадонлардан ижарага турар жой қидиришнинг ишончли тизими йўлга қўйилади ҳамда доимий равишда янгилаб борилади.

🏢 Республика бўйича 85 та ОТМга талабалар турар жойи қуриш учун қўшимча ер ажратилади, жами 228 та талабалар турар жойлари (жами 91 минг 200 ўринли) барпо этилади. Шундан ҳудудларда 2022 йили 47 та, 2023 йили 67 та, 2024 йили 62 та, 2025 йили 52 та талабалар турар жойлари қурилади.


👉 @xushnudbek 👈

129 comments

Show 55 more comments
Qonun loyihasi ishlab chiqildi maqullandi qachon natija bo'ladi bizayam o'qishga kirdik kuniga 120.000 to'lab hotel.da turipmiz. Gramtga kirganman lekin o'qishni tashlab ketgim kelyapti ota-onamni ketgan pullariga achinyapman
Алия
Уз Турар жойимизга перевод булмади супер дейишди . Енди бошка вил. УЗИ тушган вил укишга кетти . На етокхона бор , на квартира . 1хафтадан бери квартира топа олишмаепти . 1 ойга 450 доллар . Унга маблаг йук . Ешлар жуда кийналиб юрипти сарсон . Качон гача ахир
.
Assalomu alaykum. Prezident ijod maktablariga bu yil bazaviy kontrakt asosida oqishga qabul qilinadimi. Shu narsa rostmi. Javob uchun oldindan rahmat
Bu qaror qachon ishga tushadi yaʼni biz qanday murojaat qilamiz ?
563 карор тулик вариантини ташаб бера оласизми?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Bu narsa qachon qonuniy boladi endi iltimos tezro bosin. Hozi yotoqxona yetishmagani uchun ijarada turibman. Uy egasi daromad solig‘i tufayli ijara shartnoma qib bermadi. Shunchun davlat yordamini olib bo‘mayapti. Hozi oyiga 500 ming somdan turibman. Kontrakt o‘qiyman. Endi tasavvur qiling. 500 mingdan 10 oy tursam 5 mln som boladi. Shaharda yurish yeb ichish ular ham qancha xarajat. Yana uni ustiga kontrakt 10 foiz oshgan. Xullas xarajat juda katta. Shunchun iltimos bu narsa tezroq qonunga kiritilsin. Biz ham ijara shartnoma qilib davlatdan ozgina bolsa yordam ololaylik.
Assalomu alaykum Hurmatli Xushnud Aka.Sizni Kanalizni kuzatib boraman kop OTMlar bilan ishlab Talabalar bilan ishlab Yordam berib kelasiz.Sizdan Iltimosim Bor edi Shu Meni Masalamga Ijobiy Aniq Fakt olib bering!!!MEN MEYLIYEVA ZEBINISO QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANIDANMAN 18 YOSHDAMAN 1 GURUH NOGIRONIMAN. MEN BU YIL OZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETNING AMALIY PSIXOLOGIYAGA GRAND ASOSIDA OQISHGA QABUL QILINDIM. OZIM ARAVACHADA YURAMAN BITTA INSONNI KOMAGI KERAK DOIM.SHU HOZIRGI KUNDA YOTOQHONA MUAMMO BOLYAPTI .TOSHKENTDA UY JOYIMIZ YUQ KVARTIRAGA OILAVIY SHAROITIMIZ VA MENI VAZIYATIM TOGRI KELMIYDI KRAVTIRAGA TURISHGA.USHANSHUN UNIVERSITETNING OZIGA YOTOQXONADAN MENGA VA MENGA QARAVCHI OILA AZOLARIMDAN BITTASIGA JOY AJRATIB BERILISHINI SURAYMAN.USHA NARSA HAL BOLMAYAPTI .OZIM MUSTAQIL HARAKAT QILOLMAYMAN YONIMDA BITTA ODAM BOLISH KERAK. KECHA MILLIY UNIVERSITETNING TURAR JOY YOTOQXONA VA KVARTIRA BUYICHA MUAMMOLAR BUYICHA OVOZLI CHAT BULGANDI 17:00 DA UNDAN OLDIN ELON BERILGANNIDA TURAR JOY MASALASI Mirzaahmedov Kamollidin Mansurjonovich JAVOB BERADI DEYILGANDI ELONDA .LEKIN OVOZLI CHATDA ULUGBEK OXUNDADAYEV OSTIDA NIK EGASI BARCHA SAVOLLARGA JAVOB BERDILAR .SHUNDA MEN OVOZLI CHATDA SAVOLIMNI BERDIM TALABA QIZ BOLA BOLSA JINSIGA OID OILA AZOLARIGA RUHSAT BOR BERAMIZ DEYISHDI ONASI YOKI OPASI BOLSA JINSIGA OID OILA AZOLARIGA RUHSAT BOR DEDILAR.DEKANATGA AYTING DEDILAR ..ENDI NIMA QILISHIMIZ KERAK RUHSAT BOR EKAN ULARNI GAPLARINI AYTSAK MENGA VA OILA AZOLARIMDAN BITTA ODAMGA RUHSAT BERADIMI.USHA MASALAGA BIR YONDOSHSANGGIZ ILTIMOS!!!!KIMGA UCHRASHAYLIK SHU HAQIDA USHA ULUGBEK OXUNDADAYEV GAPINI DEKANATLAR INOBATGA OLADIMI.MENDA ISBOTI YUQ LEKIN ZAPS QILIB OLMABMAN OVOZINI,LEKIN EKRAN ZAPSGA QOYILGANDI YARMIDAN QOYGANDIM SAVOLIMNI YARMIDA ESIMGA TUSHIB KETGANDI.SHU MASALANI YECHIMI YECHILADIMI UNIVERSITETNING MUTASADDI HODIMLARI INOBATGA OLADIMI. MENI IMKONIYATIM CHEKLANGAN UCHUN BU MASALA KORIB CHIQILADIMI.ILTIMOS SHU ISHGA IJOBIY HAL QILISHGA YORDAM BERVORING XUQUQSHUNOS BLOGER SIFATIDA.
Assalom aleykum hurmatli yurtdoshlar Xushnudbek aka.Bu qaror ijrosi ta'minlansa juda maʼqul ish bo'lar edi.Chunki o'zim Jizzax Politexnika instituti 2-bosqich talabasi man.Bu yil ijara ya'ni kvartira puli juda yuqori bo'lib ketdi o'tgan yilgidan.O'tgan yili Jizzax shahrida odam boshiga 150-200 ming atrofida bo'lgan bo'lsa o'rtachasi bu yil kamida 200- ba'zi bir joylarda 250-300 ming bo'lib ketdi.Kamiga institut yotoq xonasi karantin tufayli 2 yildan buyon ishga tushgani yoʻq.Men bu bilan dardimni doston qilish emas.O'sha tura joy miqdorining 50% ijara pulini davlat tomonidan qoplab berish boʻyicha Qator chiqdi.Ammo uy egalari (hazonlar) bunga rozi bo'lishmadi.Sababi soliq to'lovidan qochib.Rozi bo'lganlari ham ijara pulini ko'tarvolyapti.Yana jabr ko'ryotgan biz talabalar 😂.
ijara shartnoma qilsak viloyatlarda 135000 som qaytarib beriladimi
ཧᜰ꙰ꦿ➢ davron_20_08 ཧᜰ꙰ꦿ➢
Assalomu alaykum xushnudbek oka
Oka super kontrakt narxlari qachon chiqadi va super kontrakt belgilanatotganda stipentiyali boladimi yo stipendiyasiz shunga aniqlik kiritib bering
Ha shunday 50 foizini
Assalomu alaylum nodavlat univ hawida efir qiling
Assalomu alaykum toshk nodavlat univ qabul ketvotimi
Toshk nodavlat univ ga qabul ketvotimi uzlit yonalishiga
Diyorbek
Saylov oldi barcha rahbarlar faollashadi , tez tez saylov bolsa bolarkan
Ko‘plab talabalar hohlagan qoror chiqarishmoqchiyu lekin bu ham qog‘ozga qoladimi db o‘ylaymanda
Assalomu alaykum. Daromad soligidan ozod etish rejalashtirilmoqda debsizlar qachon tasdiqlanadi. Ijara haqilar rossa oshib ketdiku yengi qarorlardan keyin. 270 min tolab beriladigan bolsa kv egalar otkan yilgiga nisbatan 500 600 min qoyib tashlashyabdi. Biza studentlar nima qilishgayam boshimiz qoti. Hech qaysi kv egalari wartnoma qilishi holashmayabdi. Soliqdan qochishib. Agar shu soliq yoq bolsa balki qilib berishar ammo narxlarni oshirib davlatimiz tomonida biz studentlarga berilgan yordamni yuvib tashlashyabdi. Balki kv haqqilariniyam davlat tomonida chegaralab summasi kiritilsa maqsadga muofiq bolarmidi. Shu masalalarni ham bir korib chiqsalaring yaxshi bolar edi agar iloji bolsa.
Show next 53 comments