“Сардоба” сув омборининг ўпирилиши натижасида юзага келган сув тошқини оқибатида Сардоба, Мирзаобод ва Оқолтин туманларининг жами 32381 гектар майдонлари талофат кўрган.

Тошқин 10 та маҳалла, 23 та аҳоли пунктлари ҳудудидаги 4711 та турар ва 277 та нотурар жой объектлари, 30718 гектар экин майдонларига зарар етказган.

Сардоба туманининг Дўстлик, Қўрғонтепа, Юртдош аҳоли пунктларида жами 743 бош, Оқолтин тумани аҳоли пунктларида жами 551 бош, Мирзаобод туманидаги аҳоли пунктларида жами 1330 бош нобуд бўлган ҳайвонларнинг жасадлари кўмиш йўли билан зарарсизлантирилди.


👉 @xushnudbek 👈

118 comments

Show 5 more comments
Tezroq qamaladiganlar qamalsin
I&X&A&... 🍊🍊🍊🍊🦕🦕🦕
SHUNAQA ENDI BOSHDA BOR EKANDA BU SAVDO SARDOBALIKLARNI JONLARINI SALOMAT QILSIN INSHIOLLOH BUNDANDA KUPROGIGA BSRAKASINI BERIB EGA BULISHADI
Парламентни бир шамоллатиш керак...
Нима булганда хам оркада колгани рост булсин,колганлар омон булсин илохим.
Xa mayliku ya,mol topilar.Lekin iching achiydida.Molga ko‘rinsin,bosh omon bo‘lsa do‘ppi topilar!
Ismoil Alimov
Endi buyog'iga yaxshi bosin iloxim..
Peshonada bor ekan..
Нима дейишни хам билмиман. Узундан узок ёзардиму, хафсалам йук, чунки бефойда. Пул ювиш, курилишларни пулини обнал килишни олдини олиш шунчалик кийин ишми сизнингча, йук албатта, курни олиб бориб куйсанг хам килади бу ишни. Мансабдорларни узи айбдор, узи манфаат курмаганда аллакачон алгов далговини чикаришарди.
Habib Xalilov
Achinarli holat, bularni hammasi uchun aybdorlarni topib, undirish kerak. Axir shuncha chorva,shuncha ekinlar mahalliy byudjetga, tuman iqtisodiga foyda keltirar edi
Xudashukur
Шуларни хаммасини айбдорларга тулатиш керак
Hammasi tezroq ketsin O'zbekistonimizdan virus balosi toshqin balosi sel balosi yakun topsin Allohimni o'zi qo'llasin
Nega odamlar boʻyicha maʼlumotlar yoʻq.? Suv sathining balandligi 28 m bolgan bolsa taasavur qililar qanaqa kelgan suv bostirib. Shunchaki daxshat ....! Muhimi sog'liq. Bosh omon bo'sa doʻppi topiladi. Yurtdoshlarimizga sabr toqat tilab qolamiz.
SUV omborini qurganlar bo'ynilariga yaxshigina qarz olishibdi oxiratga. Vijdonan qurganida deymiz.u ularda vijdon bo'lmasa nima ham qilamiz.🤔
Vijdonan iwlasin Kim iw qilsayam olda jolda iw qimasdan rivojlaniw sifatli iwlar bilan bosa nur ustiga alo nur bolasdi sardobaliklarga va Özbekistan axliga chiroylik Sabr tileman
Yurtimizda yuz berayotgan bugungi voqealar hammani qalbida bir bora bo'lsada xalqni bir jonu bir tan bo'lishga undagan bo'lsa ajabmas. Saxovatli insonlarni ko'p ekanligi o'zbek xalqini azaldan qon-qoniga singib ketganligi tarixdan ma'lum. Shunday kunda yurtboshimiz tomonidan ta'lim uchun ma'sul rahbarlar bilan uchrashuvi bu ilm olishni hech qachon to'xtatib bo'lmas mexanizm ekanining isbotidir.
Ha albatta yaratganning iznisiz biror bir has bir joydan boshqa joyqa joyga o'tmaydi yoki osmondan bir tomchi suv yog'ilmaydi. Lekin kimningdir o'ta qaltis hatosi tufayli falokatning yuz berishida kimning aybi ko'proq? Qayerdandir o'qigandim Nemislar tank tormozini shunaqa tekshirarmish. Tormoz loyixachilarini yo'lga qator terib qo'yib, o'sha tankda tez yurib kelib ustilariga yetay deganda tormoz berilarkan. Кo'prik haqida ham shunaqa narsa o'qigandim bir. Ko'prik quruvchisini ko'prik ostiga qo'yib, ko'prik ustidan loyiha bo'yicha u ko'tara oladigan maksimal yuk o'tkazilar ekan. Bizdachi? Bizdayam suv ombori quruvchilari, javobgar shaxslarga ombor devori tagidan uy qurib berib 3-4 yil yashab sinab ber deyish kerakmidi. Sirdaryo viloyati Sardoba tuman suv omborini qurilishida kimning aybi bor ekanligining isboti sifatida bunda ilmsiz quruvchilar yoki korrupsiyoner rahbarlar, nafsini qondirolmagan haydovchilar yoinki o'z uy va uchastkalarini bitkazish maqsadida suv omboriga tashilayotgan shag'allarni arzon narxda sotib olgan xalqimizdamikin. Ha ilmsizlik oqibatida qanchadan qancha xalqning o'z vatanidan ayrilishiga sababchi bo'lgan insonlarni izlashdan endi mani yo'q. Xalqimizning birdamligi oqibatida bu kunlarni ham yengishimiz hech gapmas. Lekin kelajagimizni bundayin kunlarni yana takrorlamaslik uchun bugungi kun yoshlarini birgina hatosi ham katta talofatlarni olib kelishi mumkinligini uqtirish kerakmikin deb o'ylab qoldim. Vatanga mehr tuyg'usuni, milliy g'urur va ma'naviy komil o'quvchilar tarbiyalashimiz shart ekanligini oldimizdagi bosh maqsadimiz etib belgilashimiz lozim.Bilimsizlik tufayli biz mukammal jamiyatni barpo eta olmasligimizni tushunib yetsinlar. Beshikdan qabrgacha ilm izla shiori ostida yashash har bir millatimiz vakilining dastagi bo'lmig'i shart.
Bu kotta dars boladi endi bowqa suv omborlarini boshqattan yaxshilab sinab koʻrish kerak..
Hammasi yahshilikka
Машу инсонни ахволига каранг, бунакада узини адо киб куяди,
ONLINE 24/7
Ассалому алайкум Хушнудбек, сиздан илтимос, айни вактда эфирга узатилган брифингдаги гапларни, ракамларни келтирманг. Сардобага бориб узингиз мустакил бирон нима тайёрланг. Халк факат сизнинг каналингиздан эмас, бошка янгиликлардан танишиб бораяпмиз. Нима блогерлик тайёр маълумотларни олиб узининг каналида эълон килишми. Биз шундай тушунаяпмиз. Яна билмадим...
Azamat
Yulduzi nega oldini olib videoda qamalmasin didiz
Prezidentimizni tuflisidagi loyni kurib ko'zim yoshlandi xalqni yonida turganliklari bizning baxtimiz tezroq jazolansin aybdorlar
Oʻzbekiston temir yoʻllari degan burnini tiqmagan sohasi qolmagan tashkilotni rahbarlaridan moddiy zararni undirish kerak. Ozi ichki ehtiyojni qoplay olmaydigan, sifatsiz servis bn bir qarasa suv ombori quradi, bir qarasa vino zavodga masʼul
Show next 92 comments