“Сардоба” сув омборининг ўпирилиши натижасида юзага келган сув тошқини оқибатида Сардоба, Мирзаобод ва Оқолтин туманларининг жами
32381 гектар майдонлари талофат
кўрган.
Тошқин
10 та маҳалла, 23 та аҳоли пунктлари ҳудудидаги 4711 та турар ва 277 та нотурар жой объектлари, 30718 гектар экин майдонларига зарар етказган.
Сардоба туманининг Дўстлик, Қўрғонтепа, Юртдош аҳоли пунктларида жами
743 бош, Оқолтин тумани аҳоли пунктларида жами
551 бош, Мирзаобод туманидаги аҳоли пунктларида жами
1330 бош нобуд бўлган ҳайвонларнинг жасадлари кўмиш йўли билан зарарсизлантирилди.
👉 @xushnudbek 👈
Ha albatta yaratganning iznisiz biror bir has bir joydan boshqa joyqa joyga o'tmaydi yoki osmondan bir tomchi suv yog'ilmaydi. Lekin kimningdir o'ta qaltis hatosi tufayli falokatning yuz berishida kimning aybi ko'proq? Qayerdandir o'qigandim Nemislar tank tormozini shunaqa tekshirarmish. Tormoz loyixachilarini yo'lga qator terib qo'yib, o'sha tankda tez yurib kelib ustilariga yetay deganda tormoz berilarkan. Кo'prik haqida ham shunaqa narsa o'qigandim bir. Ko'prik quruvchisini ko'prik ostiga qo'yib, ko'prik ustidan loyiha bo'yicha u ko'tara oladigan maksimal yuk o'tkazilar ekan. Bizdachi? Bizdayam suv ombori quruvchilari, javobgar shaxslarga ombor devori tagidan uy qurib berib 3-4 yil yashab sinab ber deyish kerakmidi. Sirdaryo viloyati Sardoba tuman suv omborini qurilishida kimning aybi bor ekanligining isboti sifatida bunda ilmsiz quruvchilar yoki korrupsiyoner rahbarlar, nafsini qondirolmagan haydovchilar yoinki o'z uy va uchastkalarini bitkazish maqsadida suv omboriga tashilayotgan shag'allarni arzon narxda sotib olgan xalqimizdamikin. Ha ilmsizlik oqibatida qanchadan qancha xalqning o'z vatanidan ayrilishiga sababchi bo'lgan insonlarni izlashdan endi mani yo'q. Xalqimizning birdamligi oqibatida bu kunlarni ham yengishimiz hech gapmas. Lekin kelajagimizni bundayin kunlarni yana takrorlamaslik uchun bugungi kun yoshlarini birgina hatosi ham katta talofatlarni olib kelishi mumkinligini uqtirish kerakmikin deb o'ylab qoldim. Vatanga mehr tuyg'usuni, milliy g'urur va ma'naviy komil o'quvchilar tarbiyalashimiz shart ekanligini oldimizdagi bosh maqsadimiz etib belgilashimiz lozim.Bilimsizlik tufayli biz mukammal jamiyatni barpo eta olmasligimizni tushunib yetsinlar. Beshikdan qabrgacha ilm izla shiori ostida yashash har bir millatimiz vakilining dastagi bo'lmig'i shart.