Юридик университетда сиртқи таълим очилди
#abituriyent

Жорий йилда Тошкент давлат юридик университети учун сиртқи таълимга рухсат берилди. Кундузгига 650 та, сиртқи таълимга 300 та квота ажратилди.

Сиртқи таълим учун ҳам ДТМ томонидан тест олинади.

Бундан ташқари кундузги таълимда бешинчи йўналиш ҳам очилди (ўтган йили 4 та эди). Бу дегани абитуриентлар ҳужжат топшираётганда бешала йўналишни ҳам ТДЮУнинг ўзидан танлаши мумкин бўлади. Булар қуйидаги йўналишлар:

— давлат-ҳуқуқий фаолият;
— жиноят-ҳуқуқий фаолият;
— бизнес ҳуқуқи;
— халқаро ҳуқуқ ва қиёсий ҳуқуқшунослик;
— давлат бошқаруви.

Шунингдек, мендаги маълумотларга кўра, Юридик университетда жорий йилдан бошлаб иккинчи мутахассислик ҳам очилар экан.


👉 @xushnudbek 👈

263 comments

Show 100 more comments
Davlat boshqaruvi yonalishiga qaysi fandan test bolarkan biladganla bomi?
Xushnudbek sizga savolim bor edi men O‘ZMUda o‘qiyman Yuridikka magistraturaga topshira olamanmi javob uchun oldindan rahmat
Shodiyev Eldorbek
Davlat boshqaruvi yonalishiga qaysi fandan test bolarkan biladganla bomi?
Magistiratura bo‘lsa Davlat huquq nazariyasi bn Konstitutsiyaviy huquq va ingliz tili
Zo'r bo'pti omad
FC.Real
Салом алейеум саволим шундан иборатки мени маълумотим олий ТВДПИ махсус сиртқи ж/т йўналишида ўқиганман,лекин яна ўқиш ниятим бор иккинч мутахасислик бўйча Юридик институтига сиртқи бўлимига топширсам бўладими.
Ассалому алайкум сиртки таьлимда укийман юридик унв.ни сирткисига перовот килишни иложи бормикан шу перовод хакида хам маьлумот бериб утсайиз
Yuridik universitetida sirtqi taʼlimni ochib boʻlmaydi chunki talabalar chala mutaxassis boʻlib yetishishadi.
Б Дадаханов
Харбир давлат ташкилотига тинмай сокрашения беришяпти нима кераги бор юналишни купайтириб олий маьлумотликни копайтириб. Аввал ташкилотлари штатни купайтиришсин.
K&Y😊
Assalomu aleykum, Sirtqi talim ikkinchi mutaxasislikka ham tegishlimi? Ikkinchi mutaxasislikka qaysi fanlardan imtihon bo'ladi? Shu haqida batafsil malumot bering? Iltimos! Oldindan rahmat!
Raxmat zòr bòpti ochilgani ancha kutkandik
𝑼𝒍𝒖𝒈'𝒃𝒆𝒌
Oʻqish oʻzi murakkab (qiyinroq) boshqa soxalarga qaraganda sirtqi talimdagi talabalarni sifati tushib ketmidimi.
Salom man yuridik Universitetiga topshirmoqchi edim ham sirtqi ham oshniga topshirsam bo'ladimi javob uchun oldindan rahmat
Yo'g'e bilmabmizu kamligini shuning uchun ham o'qituvchilik qilishayotgan ekanda ko'pchiligi
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Ассолом аликум юридик универститетга табакалаштирилган толов контрактнинг минимал микдори откан йили бойича хисопланадимии или бу йил янгиси тасдикланадими
Savol :Masalan men Qoraqalpog‘istondanman lekin Andijonda o‘qiman.O‘qishimni Qoraqalpog‘istonga ko‘chirsam bo‘ladimi?
Agar men O'zbekistondagi nodavlat o'qishdan Yur.Univerga o'qishni ko'chirsam. Turdosh bo'lmagan fakultet uchun tabaqalashtirilgan kontraktni minimal summasini birmarta to'lashim kerak bo'ladimi? Agar shunday bo'lsa bu Yur Univerni tabaqalashtirilgan kontraktni minimal summasi nechpul bo'ladi. Kontrakt salkam 10mlnmi? Oldindan javob uchun raxmat
Jafar Qodirovich
Assalomu alaykum Xushnudbek aka 2021 yildan boshlab yuridik texnikum va yuridik kollejini tamomlaganlar suxbat asosida yuridik universitetiga uqishga qabul qilish masalasini yoritib bering iltimos. Batafsil malumot bulsa yaxahi bulardi
Erkin Jurakulov
yurist bo‘lish ham oson bo‘b qoldi...
Aka siz ham menga va boshqa abituriyentlarga o'xshab o'qiganizda IELTS ga tayyorlanganizda bilardiz qanday yurist bo'lish qanday osonligini
Farrukh Shotemirovich
Aka siz ham menga va boshqa abituriyentlarga o'xshab o'qiganizda IELTS ga tayyorlanganizda bilardiz qanday yurist bo'lish qanday osonligini
Gap yo‘q. Intilishlarizni hurmat qilaman. Men ham bu universitet talabasi bo‘lishda sizdan kam tayyorgarlik ko‘rmaganman. Shunchaki meditsina va yurist soxasida oldinlari sirtqi ta‘limni tassavvur qilish qiyin edi. Shu borada oson bo‘b qoldi demoqchiman.
Show next 22 comments