Юридик университетда сиртқи таълим очилди
#abituriyent

Жорий йилда Тошкент давлат юридик университети учун сиртқи таълимга рухсат берилди. Кундузгига 650 та, сиртқи таълимга 300 та квота ажратилди.

Сиртқи таълим учун ҳам ДТМ томонидан тест олинади.

Бундан ташқари кундузги таълимда бешинчи йўналиш ҳам очилди (ўтган йили 4 та эди). Бу дегани абитуриентлар ҳужжат топшираётганда бешала йўналишни ҳам ТДЮУнинг ўзидан танлаши мумкин бўлади. Булар қуйидаги йўналишлар:

— давлат-ҳуқуқий фаолият;
— жиноят-ҳуқуқий фаолият;
— бизнес ҳуқуқи;
— халқаро ҳуқуқ ва қиёсий ҳуқуқшунослик;
— давлат бошқаруви.

Шунингдек, мендаги маълумотларга кўра, Юридик университетда жорий йилдан бошлаб иккинчи мутахассислик ҳам очилар экан.


👉 @xushnudbek 👈

263 comments

Show 100 more comments
Erkin Jurakulov
yurist bo‘lish ham oson bo‘b qoldi...
Aka siz ham menga va boshqa abituriyentlarga o'xshab o'qiganizda IELTS ga tayyorlanganizda bilardiz qanday yurist bo'lish qanday osonligini
Farrukh Shotemirovich
Aka siz ham menga va boshqa abituriyentlarga o'xshab o'qiganizda IELTS ga tayyorlanganizda bilardiz qanday yurist bo'lish qanday osonligini
Gap yo‘q. Intilishlarizni hurmat qilaman. Men ham bu universitet talabasi bo‘lishda sizdan kam tayyorgarlik ko‘rmaganman. Shunchaki meditsina va yurist soxasida oldinlari sirtqi ta‘limni tassavvur qilish qiyin edi. Shu borada oson bo‘b qoldi demoqchiman.
Menimcha yuridik universitetga sirtqi ta’lim kerak emas edi. Chunki yuridik sohada hoziram bir vaqtlar otasini puliga kirib olgan chalasavodlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Tan olaylik sirtqi ta’limdan talaba hech narsani o’rgana olmaydi. Buning o’rniga kunduzgi ta’lim uchun kvotani ko’paytirish kerak edi
.....
Bu unvesitetga qanday dakument topshirsam buladi
KUCHIMOVA NAZIRA
Assalomu alekum men mana shu yil yuridik texnikumini bitirdim . Agar universitetiga topshirsam sirqisi ham 2 kursdan qabul qiladimi va yana bilmoqchi boʻlganim qaysi fan yoʻnalishlari boʻyicha boʻladi imtihon
Сиртки талим билан кундизги талимни битирганда дипломда фарк буладими ёки йук
Ассалому алайкум 2чи мутахассислик сиртки таълимга квоталар чикдими?
Н.Сидиковна
Assalomaleko'm TDYU ga magistraturasiga topshirish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar,stajlar haqida ham ma'lumot bering iltimos.
Н.Сидиковна
Toshkent Davlat Yuridik universiteti magistratura yo'nalishlari va kerak bo'ladigan hujjatlar haqida ma'lumotlar ham bormi
ДИККАТ ХОРИЖДАН ВА УЗБЕКИСТАН БОЙИЧА ПЕРЕВОД БОЙИЧА ЖАВОБ ОЛИШ УЧУН КУЙИДАГИ ХАВОЛАДАН САВОЛИНГИЗ ВА ТАКЛИФИНГИЗНИ ЕЛЛАШИНГИЗ ММКИН 👉🏻https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe2EjqpgAI5fEehTc12smThC8zqPFMheFj8FKfR8D3VZEsh4Q/viewform
Bekbo'tayeva Go'zal
Assalom alaykum sirtqiga qaysi fanlardan imtixon bo'ladi va qaysi yo'nalishlari bor oldindan rahmat
Jasur Ismatullayev
Ey xalq OTMlarga hujjat topshirib boʻlayaptimi? Men topshira olmayapman tillar kesimida tasdiqlanmagan deb turibdi.
Qaypanova Zuxra
OTMlarga hujjat topshirishyaptilar
I. I. To'rayev
Assalomu aleykum. Oliy ma'lumotlilar ham yuridik universitetni sirtiqi ta'limga hujjat topshirsa bo'ladimi?
Yangiliklar bolsa habar bervoring qanday qabul qilinadi shular togrisida
Махсуда Муродбаевна
Сиртки булимлар очилмокда кувонарли холат лекин ташкилотларда ишлаб юрган юристларни кискартиш Билан овора булаетган рахбарларга биров хай дейдими.
юридик университетга иккнчи мутахасисслик очиладими очилмаяптику
Show next 4 comments