Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 10 минг нафардан ошди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги берган хабарга кўра, юртимизда коронавирусга чалинганларнинг умумий сони 10 минг нафардан ошган. Уларнинг 6584 нафари соғайган.

❗️Аҳоли орасидан коронавирус чиқиш ҳолати кундан-кун кўпайиб бормоқда. Биргина 5 июль куни 121 та ҳолатда аҳоли орасида (шундан 84 та Тошкент шаҳрида, 21 та Тошкент вилоятида, 16 та Самарқанд вилоятида) аниқланган.

🏨 Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 3402 нафар бемордан 25 нафари оғир, 8 нафари эса ўта оғир аҳволда.

😢 Вафот этганлар сони 34 нафарга етди. Жумладан охирги 5 кунда 9 киши ҳаётдан кўз юмди.

26-ўлим: Қорақалпоғистон Республикаси Тахиатош туманида яшовчи 62 ёшли Б.Я. (эркак);
27-ўлим: Қашқадарё вилояти Ғузор туманида яшовчи 64 ёшли С.Ҳ. (эркак);
28-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 59 ёшли Ғ.Б. (эркак);
29-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 77 ёшли Н. Г. (аёл);
30-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли В.М. (эркак);
31-ўлим: Бухоро вилояти Ғиждувон туманида яшовчи 35 ёшли аёл Д.Ш. (аёл);
32-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 71 ёшли М.Г. (аёл);
33-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 45 ёшли З. (эркак);
34-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 49 ёшли Н.У. (аёл).


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 2 more comments
Noumid shayton. Hali hammasi yaxshi bo'ladi.
Hammaga sabr qanoat tilab qolaman
Siz bilan qanday bog`lansak bo`ladi,
Ohiratlari obod bolishsin 🤲🤲
Illohim manshu virusdan tezroq qutulaylik
Yaxshi duolar qilib tursak o'tib ketadi bu kunlar ham.
Òtganlarni joylari jannatdan bòlsin
Bu virus bizni qachon tark etadi. O‘lim soni ham ko‘paymoqda dorilar ishlab chiqilgan bo‘lsa A. Usmonov olib kelaman deb va‘da qilgan edilar. Tezroq olib kelishsa bo‘lar edi. Aholi qiynalib ketdi. Tirikchilik uchun ko‘chaga chiqqanlar ham yuqtirib olyabdi.
Iroda Turdaliyeva
Oila a'zolariga sabr bersin!
Balkim mish mish balkim haqiqat karonavirus qurbonlari va chalinganlar soni yoki kamaytirilib kòrsatilmoqda yoki vaqtida ijtimoiy tarmoqda yangilanmayapti
Oila a'zolariga yaqinlariga sabr bersin
Даврон
Нима хам дердик. Хамма амал килиши керак карантинга. Утганларди жойи жаннатдан бусин. Улар узлари хам вирусдан уламан деб билишмаган, жуда ачинарли ва кайгули холат. Хар биримизди бошимизга тушиши мн. Амал килайлик карантин коидаларига Узбекистон халки, илтимос.
Karantin coralarini kucaytirib nazorat qiliw kerak.Hammasi yaxwi buladi
Towga kirib chiqishni taqiqlab taelaw kere Toshkent virus ochogi bolib qoldi
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun .
Karantin qonun qoidalarini kuchaytirish kk keyin ayrim qizil hududlarga xodim va binolar yetishmayopdi davolashga
Keyin aholi o'rtasida ko'p tarqalyapdi karantin qonun qoidalarini kuchaytirishsa yaxshi bulardi
Ohiratlari obod bo'sin oila a'zolariga sabr bersin 😔😔😔
Afsuski kasallik oxirgi vaqtda yosh tanlamayapti.
@Xabarlari24 kanalida koronavirus haqida tezkor ma’lumotlar joylangan ekan men shu yerdan ma’lumotlar ola!an
Assalomu aleykum! Muhammadjonning yuragida tug'ma nuqsoni bor. Unga jarrohlik amaliyoti zarur. Imkoniyat boricha yordam qiling, zero qilingan ehson jannatga eltuvchi ezgu amaldir! Barchamizdan Alloh rozi bo'lsin. 🙏

Imkon boricha gruppalarga va yaqinlarga junating. Savobga sherik bo'ling...
ILTIMOS YORDAM BERING XECHQAYSI ONAGA FARZANDINI KASAL DEB PUL YIĞISH XALQDAN BOSH EGIB PUL SÒRASH OSONMAS ILTIMOS YORDAM BERING

Rekvizitlar:

Uzcard: 8600112923865984
Tursunova Nigora.
sberbank: 5469550057995737

Manzil: Fargona viloyati, Farg'ona shahar, motrudiy 28
Elyor Pazilov
Kòrsatilayotgan raqamlar aniqmi? Bunga qanday fikrdasiz aka?
Show next 100 comments