Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 10 минг нафардан ошди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги берган хабарга кўра, юртимизда коронавирусга чалинганларнинг умумий сони 10 минг нафардан ошган. Уларнинг 6584 нафари соғайган.

❗️Аҳоли орасидан коронавирус чиқиш ҳолати кундан-кун кўпайиб бормоқда. Биргина 5 июль куни 121 та ҳолатда аҳоли орасида (шундан 84 та Тошкент шаҳрида, 21 та Тошкент вилоятида, 16 та Самарқанд вилоятида) аниқланган.

🏨 Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 3402 нафар бемордан 25 нафари оғир, 8 нафари эса ўта оғир аҳволда.

😢 Вафот этганлар сони 34 нафарга етди. Жумладан охирги 5 кунда 9 киши ҳаётдан кўз юмди.

26-ўлим: Қорақалпоғистон Республикаси Тахиатош туманида яшовчи 62 ёшли Б.Я. (эркак);
27-ўлим: Қашқадарё вилояти Ғузор туманида яшовчи 64 ёшли С.Ҳ. (эркак);
28-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 59 ёшли Ғ.Б. (эркак);
29-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 77 ёшли Н. Г. (аёл);
30-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли В.М. (эркак);
31-ўлим: Бухоро вилояти Ғиждувон туманида яшовчи 35 ёшли аёл Д.Ш. (аёл);
32-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 71 ёшли М.Г. (аёл);
33-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 45 ёшли З. (эркак);
34-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 49 ёшли Н.У. (аёл).


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 33 more comments
Muxlisa
:-( karantin yengillashgani sabab shuncha kasal kòpayebdi, hammasi e'tiborsizligimizdan.qattiqroq chora kòrish kere db òyliman
Statistikani yashirmay ochiq tvda e'lon qilishsa odamlar bundanda ehtiyot bo'lisharmidi. Ko'p viloyatlarda shu jumladan Jizzaxda virus yuqtirgan bemorlar 100 dan oshiq lekin bu sir tutilyapti shu sababli ko'pgina aloqa sifati yomon bo'lgan hudud aholisi o'zini yetàrli darajada himoya qilmayabdi
furqat
Karantin qoidalari hech bumaganda 20 kunga qatiy karantenga utishimiz kerak bulmasa fuqorolar orasida yanada kupayib ketaveradi manimcha
The Best
Biz virusni yengishimiz uchun karantindi kuchaytirish emas biz karantin qoidalariga amal qilish shart shundagina bu virusini yengamiz ✊✊🤲🤲
The Best
Muxlisa
Haqsiz!
Xa togri
Xa vafot etganlarni allox rahmatiga olsin oila azolariga sabr bersin
Aristokratka
Foydasi yo‘q charter reys orqali qancha odam kelyabdi
Opamsz singilmisz qisqasi jonga tekkan bo'sa Ana kotta ko'cha bemalol xohlaganizzi qilib yurvurin.Faqat kasallik yuqtirib olib afsuslanib o'tirsez keyn atrofdigilani ayblamen
Uzbda karantin bekor qilinganmidi
Virus aholi orasidan chiqayotgan hududlarga kirishni ham chiqishni ham taqiqlash kerak. Yashil hududlarda o‘zi yo‘q hech qanqa virus. Agar berkitsa shu qizil xududlar ham ba'zi bir davlatlarga o‘xshab kichik davlatdek bo‘lib bir puliga chiqib qaytadi Xudo xohlasa.
U.T.Umaraliyeva
Karintin talablari kuchaytirush kerak va axolidan xam karantin talablari rioya qilishlarini nazoratga olish kerak. Shunda bu virusni yengish mumkin
Hozi 103 chaqirdik, tekshirmas ekan ular, 2ta yosh yigit keldi, bu oddiy shamollash deb, ketdi, virusologiyaga borib topshiraslar dedi testni, demak, hamma virusga chalinganlar shundey tarqatib yurganakanda
Show next 100 comments