Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 10 минг нафардан ошди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги берган хабарга кўра, юртимизда коронавирусга чалинганларнинг умумий сони 10 минг нафардан ошган. Уларнинг 6584 нафари соғайган.

❗️Аҳоли орасидан коронавирус чиқиш ҳолати кундан-кун кўпайиб бормоқда. Биргина 5 июль куни 121 та ҳолатда аҳоли орасида (шундан 84 та Тошкент шаҳрида, 21 та Тошкент вилоятида, 16 та Самарқанд вилоятида) аниқланган.

🏨 Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 3402 нафар бемордан 25 нафари оғир, 8 нафари эса ўта оғир аҳволда.

😢 Вафот этганлар сони 34 нафарга етди. Жумладан охирги 5 кунда 9 киши ҳаётдан кўз юмди.

26-ўлим: Қорақалпоғистон Республикаси Тахиатош туманида яшовчи 62 ёшли Б.Я. (эркак);
27-ўлим: Қашқадарё вилояти Ғузор туманида яшовчи 64 ёшли С.Ҳ. (эркак);
28-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 59 ёшли Ғ.Б. (эркак);
29-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 77 ёшли Н. Г. (аёл);
30-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли В.М. (эркак);
31-ўлим: Бухоро вилояти Ғиждувон туманида яшовчи 35 ёшли аёл Д.Ш. (аёл);
32-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 71 ёшли М.Г. (аёл);
33-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 45 ёшли З. (эркак);
34-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 49 ёшли Н.У. (аёл).


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 71 more comments
Mehmonaliyeva. M
Assalomu alaykum.Xushnudbek aka.Menimcha ushbu masala yuzasidan, karantinni yana ham kuchaytirishimiz kere.Avvalgi karantinda yaxshi natijalarga erishdikku axir.Fuqorolarimizga menimcha qanday yomon oqibatlarga olib kelishi mumkunligini qayta_qayta eslatishimiz zarur..
🇺🇿👨‍🎓Husinov Zafar🇺🇿👨‍🎓
Juda katta foyda buladi. Virus zanjiri uziladi wunda. 1 oy karantin qilsa 20 ta 30 ta kunlik kassalaniwga tuwadi. Shunda sogliqni saqlash tizimi katta yuk bilan emas barqaror ishlay boshlaydi
Og'ayni agar bir oy karantin bo'ladi digan gap chiqsa yana hamma bozorlarga yuguradi virus yana kopayadi. Keyin hozir õzbekni kuni zõrĝa õtvotgan davr bosa. Odamlada pul qomadi tirikchilik qilishi kereku
Aristokratka
Foydasi yo‘q charter reys orqali qancha odam kelyabdi
Ular ham inson. Agarda siz shu insonlardan biri bölganingizdachi?. Xulosa õzingizdan
Bir paytlar adawmasam Cambridge universiteti qandaydir koronavirusning tarqaliw qonuniyati tasvirlangan grafik taqdim etgandi. Bolayotganlar osha grafikdagi malumotlarga juda yaqin korinadi...
Yozga kelib avj olishi mumkin degan taxminlarham togri bolib chiqdi.
Togrida axir yozda harakat kopayadi, hayot qiziydi
Masalan qurilishlar ham deyarli hammasi yozga moljallangan.
Эгамова
Карантин*
Ассаламу алайкум. Мени шахсий фикрим карантин талаблари енгиллашганининг сабаби, эндиликда хамма ўзи учун ўзи жавобгардек бўлиб қолди. Биз хозирги талабларни тўғри бажара олсакгина, ўзимизни ва яқинларимизни асраган бўламиз
Kechga yaqin Rossiya 1 kanalidan habar tashlandi antiverus topildi deb shu qanchalik rost ekan
Хаммамиз хар доим худодан сураймиз. Дардни бердинг оллохим давосини хам ижобат кил! Курсатган кунинга шукр🤲🤲🤲
Statistika yaxshi.faqat chegarada o'z yirtiga kiritilmay turganlarni ham bir statistika qilmaysizmi aka.Yoki siyosatga aralashmoqchi emasmisiz??? Axir uning ichidasizku...(Nimaga bu mavzuni haligacha yoritmaganingizga sira tushinmayman.Oddiy Y.U kabi qadri yo'qmi shuncha YURTDOSHLARingizni???)
Aristokratka
3 kunda chiqyabdi
Hamma joyda har xil Olmaliqda 4 kundami 5 kunda chiqazibdi Olmaliqdagi xolatni demoqchiman
Ko‘p joyda virus aniqlansa ham yashirishyapti. Masalan Navoiy viloyatida ko‘payib ketgan. Zavod ishchilaridan har kuni 10-15 kishi karantinga deb Zarafshonga olib ketilyapti. Nima emish. Bizda koronavirusni yengil turi emish. Uni aytish shart emas ekan. Agar virus chiqdi deb aytishsa xalq ish tashlab qo‘yar emish. Iqtisodni ushlab turish uchun ham tilla zavod ishlab turish kerak ekan. Odamlar o‘lib ketaversa maylimi. Xalq bilishi kerak o‘z hududidan nechta kasallik aniqlanganini.
Kasallanganlarni tumanlar, mahallalar kesimida F.I.Sh bilan ro'yxatini tuzib, e'lon qilish kerak. Shunda aholi kimlar kasal bulganligini bilib ehtiyot choralarini kuradi. Inson huquqlari buziladi, deyish m-n, lekin aholini o'ylash kerak.
Oxiratlari obod bo'lsin.
AL-BILOL
Ular ham inson. Agarda siz shu insonlardan biri bölganingizdachi?. Xulosa õzingizdan
Insonligini bilaman yurtdoshimiz ekanligin ham lekin qanday yuqqanini emas ular ham farzandimiz bag‘rimizda bo‘lishi kerakligi rost.
@Xabarlari24 kanalida koronavirus haqida tezkor ma’lumotlar joylangan ekan men shu yerdan ma’lumotlar olaman
Оллох узи сабр берсин яшил худуд деб кунгл миз тук эди лекин ..... Карантин коидаларини кучайтириш керак тиббиет ходимлари хам жисмонан. Рухан чарчашди бепарволик никоб такмаслик емон окибатларга олиб келяпти
Кашкадарёда куп эмас!
Show next 100 comments