Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 10 минг нафардан ошди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги берган хабарга кўра, юртимизда коронавирусга чалинганларнинг умумий сони 10 минг нафардан ошган. Уларнинг 6584 нафари соғайган.

❗️Аҳоли орасидан коронавирус чиқиш ҳолати кундан-кун кўпайиб бормоқда. Биргина 5 июль куни 121 та ҳолатда аҳоли орасида (шундан 84 та Тошкент шаҳрида, 21 та Тошкент вилоятида, 16 та Самарқанд вилоятида) аниқланган.

🏨 Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 3402 нафар бемордан 25 нафари оғир, 8 нафари эса ўта оғир аҳволда.

😢 Вафот этганлар сони 34 нафарга етди. Жумладан охирги 5 кунда 9 киши ҳаётдан кўз юмди.

26-ўлим: Қорақалпоғистон Республикаси Тахиатош туманида яшовчи 62 ёшли Б.Я. (эркак);
27-ўлим: Қашқадарё вилояти Ғузор туманида яшовчи 64 ёшли С.Ҳ. (эркак);
28-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 59 ёшли Ғ.Б. (эркак);
29-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 77 ёшли Н. Г. (аёл);
30-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли В.М. (эркак);
31-ўлим: Бухоро вилояти Ғиждувон туманида яшовчи 35 ёшли аёл Д.Ш. (аёл);
32-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 71 ёшли М.Г. (аёл);
33-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 45 ёшли З. (эркак);
34-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 49 ёшли Н.У. (аёл).


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 83 more comments
Aristokratka
3 kunda chiqyabdi
Hamma joyda har xil Olmaliqda 4 kundami 5 kunda chiqazibdi Olmaliqdagi xolatni demoqchiman
Ko‘p joyda virus aniqlansa ham yashirishyapti. Masalan Navoiy viloyatida ko‘payib ketgan. Zavod ishchilaridan har kuni 10-15 kishi karantinga deb Zarafshonga olib ketilyapti. Nima emish. Bizda koronavirusni yengil turi emish. Uni aytish shart emas ekan. Agar virus chiqdi deb aytishsa xalq ish tashlab qo‘yar emish. Iqtisodni ushlab turish uchun ham tilla zavod ishlab turish kerak ekan. Odamlar o‘lib ketaversa maylimi. Xalq bilishi kerak o‘z hududidan nechta kasallik aniqlanganini.
Kasallanganlarni tumanlar, mahallalar kesimida F.I.Sh bilan ro'yxatini tuzib, e'lon qilish kerak. Shunda aholi kimlar kasal bulganligini bilib ehtiyot choralarini kuradi. Inson huquqlari buziladi, deyish m-n, lekin aholini o'ylash kerak.
Oxiratlari obod bo'lsin.
AL-BILOL
Ular ham inson. Agarda siz shu insonlardan biri bölganingizdachi?. Xulosa õzingizdan
Insonligini bilaman yurtdoshimiz ekanligin ham lekin qanday yuqqanini emas ular ham farzandimiz bag‘rimizda bo‘lishi kerakligi rost.
@Xabarlari24 kanalida koronavirus haqida tezkor ma’lumotlar joylangan ekan men shu yerdan ma’lumotlar olaman
Оллох узи сабр берсин яшил худуд деб кунгл миз тук эди лекин ..... Карантин коидаларини кучайтириш керак тиббиет ходимлари хам жисмонан. Рухан чарчашди бепарволик никоб такмаслик емон окибатларга олиб келяпти
Кашкадарёда куп эмас!
Кашкадарё тинч
📖📕📓🎶📚📒📕📖
Qachon tugarkin karantin
Н
Оллох хаммамизни асрасин.Качон бирор чора топиларкан.Тахликада яшаш купларни чарчатди.Тиббиёт ходимларига худо куч кувват берсин.
tibbiyot hodimlariga emas, aniqrog`i xudo vatanimiz fuqarolariga huquqiy axloqiy madaniyat bersa hammasi bir pasda iziga tushib ketadi.
#axir:
Mulla bilganicha uqiydi,
doktorlar vakolati doirasida davolaydi...

erkinlik hamisha kerak, biroq bu jamiyatning belgilab quyilgan tartib-normalarini mensimasdan yashash yaqqol tubanlikdir...
Нукусда болницалар тулган жой йук деган гаплар бор
Olmaliq xozir qizil xududga kirdimi umuman ular shu paytgacha yashil edi
Авлоёровас Б
Кашкадарёда куп эмас!
Qarshiliklar qo‘ylardan tandirni ko‘p yeb immunitetni ming qvorgansilarda
🇺🇿👨‍🎓Husinov Zafar🇺🇿👨‍🎓
Jahon bankidaan juda katta miqdorda qarz oldi hukumatmz u pullar hammasi cotonavirus uchun juda qiynalb qolganlarga yordam beriw Uchun.
Sizga yordam berishdimi? Faqat homiyla yordam bervotdi. Qoganlani bilmadimu bizada 3oydan beri uyda otiribmiz ishxonala yopilgan oylik yoq. Boshqa davlatla aholiga pul tarqatvotdi
Jizzax bir YONDI va SIRAZI o'chdi.
Aniqrog'i o'chirishdi VIRUS o'chog'ini
Karantinni kuchaytirsa davlatga tushumlar pasayadi. Shuning uchun kuchaytirmaydi. Biz tushungan bilan anitta Toshmat Eshmat yurovradi maskani tushurvolib
Aynan qaysi tuman qishloq mahalladanligini ham aytishsa yoki qizil hududlar haqida har kun maʼlumot berilsa odamlar sal hushyor bolardi
Show next 100 comments