Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 10 минг нафардан ошди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги берган хабарга кўра, юртимизда коронавирусга чалинганларнинг умумий сони 10 минг нафардан ошган. Уларнинг 6584 нафари соғайган.

❗️Аҳоли орасидан коронавирус чиқиш ҳолати кундан-кун кўпайиб бормоқда. Биргина 5 июль куни 121 та ҳолатда аҳоли орасида (шундан 84 та Тошкент шаҳрида, 21 та Тошкент вилоятида, 16 та Самарқанд вилоятида) аниқланган.

🏨 Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 3402 нафар бемордан 25 нафари оғир, 8 нафари эса ўта оғир аҳволда.

😢 Вафот этганлар сони 34 нафарга етди. Жумладан охирги 5 кунда 9 киши ҳаётдан кўз юмди.

26-ўлим: Қорақалпоғистон Республикаси Тахиатош туманида яшовчи 62 ёшли Б.Я. (эркак);
27-ўлим: Қашқадарё вилояти Ғузор туманида яшовчи 64 ёшли С.Ҳ. (эркак);
28-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 59 ёшли Ғ.Б. (эркак);
29-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 77 ёшли Н. Г. (аёл);
30-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли В.М. (эркак);
31-ўлим: Бухоро вилояти Ғиждувон туманида яшовчи 35 ёшли аёл Д.Ш. (аёл);
32-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 71 ёшли М.Г. (аёл);
33-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 45 ёшли З. (эркак);
34-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 49 ёшли Н.У. (аёл).


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 100 more comments
Odamla uzini ehtiyot qilishi uchun raqamlarni urganishlari shartmi
Hammamz tugaahini xohlesz karantinni lekin chora tadbirsiz bu mbsz telegram kirishday gap 😕😅
Oxirgi 14 kun ichida 146 tadan 318 tagacha insonda virus aniqlangan bo'lsa, bundan 1 oy oldin esa 44 tadan 96 tagacha insonda virus aniqlangan edi. So'ngi 14 kun ichida esa 15 nafar inson korona virus qurboni bo'ldi. Ularning orasida eng yoshi kattasi 77 yoshda bo'lsa, eng yoshi kichigi 35 yoshda edi. Ularning aksariyati shifokorga kech murojaat etganliklari oqibatida vafot etdilar. Bundan tashqari so'ngi kunlarda aholi orasida virusga chalinganlarning soni ham keskin oshdi. Yurtimizda vaziyat kundan - kunga murakkablashib bormoqda. Bu esa bizadan yanada hushyor bo'lishni talab etadi.

O'tganlani oxirati obod bo'lsin. Hammani sog'lig'i bardavon bo'lib umirligi uzoq bo'lsin. Karantin qoidalariga rioya qilinglar. Virusdan o'zimizni o'zimiz himoya qilmasak bizni hechkim himoya qilmaydi. Shunday ekan niqob taqish bilangina cheklanmasdan 2 m oraliq masofani han saqlang ayniqsa jamoat transportida. Agar shamollash alomati bo'lsa DARHOL SHIFOKORGA MUROJAAT qilinglar. Sizlarning sog'lig'ingiz o'zingizga kerak bo'lmasa, sizni yaqinlaringizga kerak. O'zingizni va oila a'zolaringizni asrang salomat bo'ling!
Шукур қилишимиз керак қўшни давлатларимизда аҳвол жуда оғир
Allohga shukr.
Каримов
Карантини зудлик билан олдингидака кучайтириш керак
Каримов
Булмаса кеч булади
Karantinni kuchaytirish kerak.
Sizningcha shu to'liq spiskami? Kosonda o'lgan buvani nega yozishmadi? Bular katta o'yin qiliwayabdi...
Karantin qoidalariga amal qilishimiz kk har bir inson sogligi ozi uchun kk ollohga shukr yurtimizda ahvol boshqa davlatlarga nisbatan ancha yaxshi
Shuning uchun ham masofa saqlab har bir kishi ozini ozi asrashi kk
Ótgaanlarni ohirati obod bolsin
Olloh barchamizni panohida asrasin
S7...
Hamma aqlli. Hammadan so'ralsa ,, Karantin qoidalariga amal qilishimiz KERAK" deb javob berishadi. Shu gapirganlarni hammasi ham karantin qoidalariga amal qilsa balki10 000 ta bo'lib ketmasmidi...
Тан олиш керакки карантин йенгиллаштирилгандан сонг юртимиз ахолиси озини бош койиб юборишди. Ойлайманки енг катта сабаб шу бошка сабаб хам йок. Ушбу комментарияни окиб турган юридик йоки жисмоний шахслар илтимос Яна карантинни кучайтиринглар
🎓Karomat 🕊
Assalomu aleykum yaxshimisilar xa o‘tganlari olloh rahmat qilsin kasallar tezroq tuzalib ketishsin🤲🤲lekin karantinni kuchaytiriw kk.😔shunday qilinmasa bo‘lmidi.....
Ахоли орасидан чикаётганлар туманлар кучалар кесимида маълумот берилиши керак деб уйлайман. Ишга, бозорга, кучага боряпмиз. Билишимиз керак
Gap yoq
mon cherry
B̈äk̈ḧr̈äm̈öv̈ïc̈ḧ🥀
Тан олиш керакки карантин йенгиллаштирилгандан сонг юртимиз ахолиси озини бош койиб юборишди. Ойлайманки енг катта сабаб шу бошка сабаб хам йок. Ушбу комментарияни окиб турган юридик йоки жисмоний шахслар илтимос Яна карантинни кучайтиринглар
Hammaga salom odamlar bósh qóyib yuborishmadi ózini bizada órtachahol va kambağal oilalar kóp bizku otamizzi onamizzi ishlab topganini yeb ótiribmiz lekin kunlik ishda ishlaydiganlar qanaqa qilib boqsin oilani chiqadida oxiri kóchaga ishga óziga qolsa chiqishni óylamaydi lekin oilasi farzandlari uchun kasallikdan ham qórqmaydi unaqa halol erkaklar ayollar
Жудахам тартибсизликлар боп кетйапти . Жумладан давлат жамоат транспортиди характланадиган одамлар сонини чеклаши керак эди хамда арифавир препаратини коллаши керак болади .
Каронавирус биргаликда йенгишимиз шарт
Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar, karantinni biroz kuchaytirish kerak, viloyatlar o'rtasida qatnovlarni to'xtatib turish kerak, faqat zarur bo'lganlar uchun qandaydir ruxsatnoma joriy etib, shu ruxsatnoma orqali ruxsat berish kerak deb o'ylayman, yuqorida aytilganidek imkon qadar kasallik aniqlanayotgan tuman, mahalla kesimida ma'lumot berilib, shu joylarda qattiq karantinni ushlab turish kerak. Yurtimizda olib borilgan virusga qarshi shuncha ishlar olib borildi, barchasidan xalqimiz minnaddor. Bu yog'iga ham ishonamiz.
Show next 100 comments