Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 10 минг нафардан ошди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги берган хабарга кўра, юртимизда коронавирусга чалинганларнинг умумий сони 10 минг нафардан ошган. Уларнинг 6584 нафари соғайган.

❗️Аҳоли орасидан коронавирус чиқиш ҳолати кундан-кун кўпайиб бормоқда. Биргина 5 июль куни 121 та ҳолатда аҳоли орасида (шундан 84 та Тошкент шаҳрида, 21 та Тошкент вилоятида, 16 та Самарқанд вилоятида) аниқланган.

🏨 Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 3402 нафар бемордан 25 нафари оғир, 8 нафари эса ўта оғир аҳволда.

😢 Вафот этганлар сони 34 нафарга етди. Жумладан охирги 5 кунда 9 киши ҳаётдан кўз юмди.

26-ўлим: Қорақалпоғистон Республикаси Тахиатош туманида яшовчи 62 ёшли Б.Я. (эркак);
27-ўлим: Қашқадарё вилояти Ғузор туманида яшовчи 64 ёшли С.Ҳ. (эркак);
28-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 59 ёшли Ғ.Б. (эркак);
29-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 77 ёшли Н. Г. (аёл);
30-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли В.М. (эркак);
31-ўлим: Бухоро вилояти Ғиждувон туманида яшовчи 35 ёшли аёл Д.Ш. (аёл);
32-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 71 ёшли М.Г. (аёл);
33-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 45 ёшли З. (эркак);
34-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 49 ёшли Н.У. (аёл).

👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 100 more comments
Каронавирус биргаликда йенгишимиз шарт
Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar, karantinni biroz kuchaytirish kerak, viloyatlar o'rtasida qatnovlarni to'xtatib turish kerak, faqat zarur bo'lganlar uchun qandaydir ruxsatnoma joriy etib, shu ruxsatnoma orqali ruxsat berish kerak deb o'ylayman, yuqorida aytilganidek imkon qadar kasallik aniqlanayotgan tuman, mahalla kesimida ma'lumot berilib, shu joylarda qattiq karantinni ushlab turish kerak. Yurtimizda olib borilgan virusga qarshi shuncha ishlar olib borildi, barchasidan xalqimiz minnaddor. Bu yog'iga ham ishonamiz.
Менимча карантинни 15кунга кучайтириш керак бирдан хаммани уйга мажбур карантинга киргизиш керак.каттик ушлаб турса 15 кунда касаллар аникланади.Бу кетиш булса барибир карантин кучайтирилади.Лекин кейин кеч булганда килгандан хозир килиш керак хали олдимизда иккинчи тулкини хам турибти.Айникса Тошкеннтда бир кунда ахоли орасидан 89та чикди дегани жуда ёмон хали бери занжир тухтамайди Аллох сакласин
Исмоилова
Ассолом алейкум Хушнудбек ака, мен Хоразмда яшайман бу ерда ахвол кун дан кунга ёмонлашябди, хаттоки бир одам тоесть врач хам оламдан оттилар,ва хар куни одамлар сони копаиб бормокда, ва ёнг ачинарлиси бу гапларни Минздрав айтмаябди, нимага сир саклашябди?, уларга одамларни хаёти уже кизиктирмай койдими?,шууунча кун оттиди лн Хоразмда кассалар сонни официяльно атилишига кора озгармади, нимага нимага?
Болегрлар карантинни кучайтиришни талаб килиб чикишинглар керак.Хамма бушаб кетти хар куни битта мажлис буляпти тупланишлар давом этяпти 15 кун каттик ёпиш керак!Киргизистонни каранглар ахвол жуда ёмон шунга ухшаб колмаслик керак.тушинман иктисод хам керак, одамларда пул йук карантинни кучайтирса кийналади дейимиз лекин улим камаяди 15 кун хеч нарса килмайди
Qatiy karatin holati qaytsin. Raqamlar bundan osib ketishi mumkin. Undan keyin eplomay qolamiz.
Вилоят хокимларини жавобгар килиндими тамом улар курсисидан айрилмаслик учун яширади хакикий холатни натижада кундан кунга купаяверади касаллик. Нима кераги бор эди шундай килишни.
Qattiy karantin tartibi saqlanishi kerak edi. Hududlarga ajratish foyda bermadi osha payt yana 15 kun sabr qilganimizda deyarli tugagan bolardi atiga bir necha 100 kishi qolgandi. Iqtisodiyot deymiz togri lekin 1yil chozilib yurgandan 1 2 oy sabr qilgan yaxshiroq edi. Hali ham bolsa qattiy karantin qilish kerak. Virusni kuzgi va qishki tolqini hali oldinda
Sariq va yashil hudud boʻlishidan qatʼiy nazar karantin qoidalari saqlanib qolinishi kerak.Odamlarga ozgina erkinlik berishsa karantinni ham esidan chiqarib yuborishyabdi.Yashil hududlarda goʻyoki karantin umuman boʻlmagandek......
Toʻgʻri ruxsat berilgani yomon emas,albatta.Lekin yashil hudud boʻlgani bilan kim garantiya beradi, yashil hududda kasallanganlar yoʻq deb,hamma narsa boʻlishi mumkin.
Menimcha,Sariq va yashil hududlarda ham qizil hududdagi cheklovlardan farqliroq lekin kuchliroq tartib boʻlishi kerak.
Nima boʻlganda ham tezroq shu balolar yoʻq boʻlsin.Xudoyim oʻzing yordam bergin🤲🏻
Март-апрел ойларидаги карантин самарали эди кизил зоналар умуман кучага чикармасли кере хозир
Yana bir gap kasallangan shaxslarni qaysi viloyat,qaysi tumanidanligi ham aytilishi kerak deb oʻylayman.Chunki qaysi tumandaligigacha aytilsa,odamlarda ozgina qoʻrquv uygʻonib,xuda bexudaga koʻchalarga chiqishavermaydi.
Bozorlarni ham yanada kuchliroq tartibga olish kerak.Ba'zi "odamlr" bozorga oʻzi borgani yetmagaday voyaga yetmagan bolasni ham olib yuribdi uzi bn birga.Koʻchma doʻkonlarni koʻpaytirirish hudud toifadan qatiy nazar.Bazi qoʻshtirnoq ichidagi Doʻkonchilar deymizmi,narsalarni begilagan narxdan balandroq qoʻyishyabdi.Toʻgʻri doʻkon bozorga qaraganda malum miqdor baland.Lekin odamlar bozor arzonroq deb bozorga oʻzini urishyabdi.
Bloger deymizmi,Masul xodimlar deymizmi bizni ham fikrimizni inobatga olinishiga oʻz hissalarini qoʻshishini istagan boʻlardik.🙏🏻🙏🏻🙏🏻
Unknown Girl
Shuncha talab bilan ham nega haligacha karantin joriy qilishmayapti. 15-mart kuni bitta kasal aniqlanganda butun respublikada karantin e'lon qilingandi, hamma narsani to'xtatgani, 10 mingta bo'ldi, lekin hamma beparvo.yoki hamma ko'nikib qoldimi. Yurtimizga hali vrach, shifokorlarimiz ko'p kerak bo'ladi, ular bu odatdan qachon qutiladi, har kuni kamida ikkita o'lim bo'lyapti, bu rasman aytilayotgani albatta. Xushnudbek aka, nega hamma beparvo?
Salom ! Man Toshkent shaxridan , ozimda ham 10 kun oldin temperaturam kotarildi va sog'liqni saqlash vakillari bunga tezda kerakli muolajalarni qilishmadi ,(batafsil )temperatura kotarilganida man o'zimizning oilaviy poliklinikaga murojaat qildim telefon orqali va ular uyga kelishganida mutaxasislar oldin test topshirishingiz kerak deyishti , hop topshirdim lekin test javobi 1 haftada yomon chiqti yani virus aniqlanipti (va yana oilaviy topshirdik testni ) buni ayolimga rovd.dan B. ismli odam telefon qilip aytdi ,shubxali (yozip olingan telefonga muloqot) hosh shundan keyin usha nomerga (rovd.dan qilgan B.ga) qaytip yana tel.qilip aniqlashtirish uchun sorganimizda bizga minzdravdagi qandaydir O. ismli odam shugullayotganligi va hozircha uyda qolishimizni keyinchalik o'zlari bizlarni olip ketip muolajalar qilishligini hamda yana qaytadan test olishligini aytdi,lekin eng yomoni shu vaqt oralig'ida bizga ayniqsa manga tepmeraturam baland bolishiga qaramastan mani uyda qolip paratsetamol dorisini ichip yotishimni hamda hali test javobi chiqmagunicha uyda oilaviy qolishimni aytishti buni( uch marotaba tel.qilganimda poliklinikadigilar ) ham tez tibbiy yordamga tel.qilganimda aytishti va shu vaqt mobaynida ozimni juda yomon his qildim shuning uchun ozimizning oilaviy poliklinikaga murojaat qilganimizda ular ham test javobi chiqmagunicha hech narsa qila olishmasligini yani( retsept yoki muolajalarni ) va buni minzdravdan ularga aytishgan ekan , hozir man va oilam yaxshimiz ( allohga shukr ) chunki ozimiz uyda davolandik (test javobi chiqqunicha - ukol va kerakli dorilarni qabul qildik )agar shularni qilmaganimzda bilmadim nima bolardi manimcha yomon oqibatlarga olip kelishi mumkin edi , shuning uchun ham ohirgi kunlarda Bunday aholi orasida virusni kopayishiga va o'lim holatlari bolishiga yana bir sabablardan biri mana shunday sustkashliklarga yol qoyilayotkanliklari uchun deb o'ylayman . ( hozirgacha virus aniqlangandan beri bizga hech qanday muolaja va davolash ishlari qilingani yoq, bunday qilishmayotganini bilish uchun murojaat qilganimzda (tel.orqali chunki bizni uyga karantinga yopib qoyishgan boshqa yoli yoq ) javob berishmayapti , nega hayronman !!!
Unknown Girl
Simple:)

Shifo bersin. 😔
Nega bunday beparvolik, ex...
Unknown Girl
Shifo bersin. 😔 Nega bunday beparvolik, ex...
Ilohim hamma bemorlarga shifo bersin , manimcha ular faqat statistika bilan band .....
Кучкорова Чарос
Ассалом алейкум оллохим узи асрасин барчамизни лекин биз хам харакат килайлик! Касалларни анник худудлари хам айтилиши керак деб уйлийман
Menimcha endi o'zimizni ehtiyot qilishimiz kk
Show next 100 comments