Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 10 минг нафардан ошди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги берган хабарга кўра, юртимизда коронавирусга чалинганларнинг умумий сони 10 минг нафардан ошган. Уларнинг 6584 нафари соғайган.

❗️Аҳоли орасидан коронавирус чиқиш ҳолати кундан-кун кўпайиб бормоқда. Биргина 5 июль куни 121 та ҳолатда аҳоли орасида (шундан 84 та Тошкент шаҳрида, 21 та Тошкент вилоятида, 16 та Самарқанд вилоятида) аниқланган.

🏨 Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 3402 нафар бемордан 25 нафари оғир, 8 нафари эса ўта оғир аҳволда.

😢 Вафот этганлар сони 34 нафарга етди. Жумладан охирги 5 кунда 9 киши ҳаётдан кўз юмди.

26-ўлим: Қорақалпоғистон Республикаси Тахиатош туманида яшовчи 62 ёшли Б.Я. (эркак);
27-ўлим: Қашқадарё вилояти Ғузор туманида яшовчи 64 ёшли С.Ҳ. (эркак);
28-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 59 ёшли Ғ.Б. (эркак);
29-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 77 ёшли Н. Г. (аёл);
30-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли В.М. (эркак);
31-ўлим: Бухоро вилояти Ғиждувон туманида яшовчи 35 ёшли аёл Д.Ш. (аёл);
32-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 71 ёшли М.Г. (аёл);
33-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 45 ёшли З. (эркак);
34-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 49 ёшли Н.У. (аёл).


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 100 more comments
Bu virusni grippchalik kuchi yoq
Hamidullo
Bebaxrlikdan saqlanish kerak. Yaponlarga uxshab niqob taqishni madaniyat miqyisiga kutarish kerak
Xozirgi kunda man ozim London daman Anglya dunyoda 5- orinda turgani bilan bu virusga etibor berishni toxtatti va hamma joylani ochvorb normal xayotga qaytti va xammasi joyida, bu habarlani borttirb vohma qilin korsatishni toxtatish kere
Зайнийев Отабек
Vohima qilish kerak emas buncha
Зайнийев Отабек
Vohima qilish kerak emas buncha
Siz g‘alatimisiz nimaga vohima qilmaslik kk ozgina fikr qiling keyin gapiring 10 mingdan oshdi kichik raqam emas bu
Madaminbek Abdullayev
Достлар бу касалликка каймидир манода ер юзидаги хамма чалиниб утказиб юборади ёки курбон болади. Бу тобора аниклашяпти. Факат мана шу жараённи огир ёки енгил кечиши бизга боглик чунки вирусни яшовчанлик даври юкори ёки суст вакти болади канча кечрок чалинса одам шунча даволаниши енгиши осон боларкан. Бу мани фикрим эмас бутун дунё экспортари маколаларидан окидим. Туйни тохтатиш, бозорни ёпиш билан бунга ечим топиб болмайди. Чунки инсонлар ниманидир хисобига кун кориши керакку тор уйламанглар. Кейин статистикага караганда улим курсаткичи бойича узбда энг паст оринлада турипти корона шунча жиддий касал болса хам, чунки бизда юрак кон томир, ошкозон касалликлари билан улимлар сони жуда коп. Бунга эса хеч ким этибор бермайди. Тойни тохтатиш керак деганлага гапим. Ёшларни ушлаб турурадими 30 кишилик болса хам такдирга кониб оила азоси билан отказяпти. Буни нимаси ёмон ахир бу анча ёнгилку кандайдир качон тугаши номалум болган вирус сабаб, оила курмасинми?
Хакикий ахволни 10 марта кам килиб курсатганидан кейин шунака куринадида
Зайнийев Отабек
Avariyadan bundan kup odam õlayapti har kun
Зайнийев Отабек
London 5 urinda buncha vohima yuk
Unknown Girl
Shifo bersin. 😔 Nega bunday beparvolik, ex...
Kecha telefon qildik, parasetamol ichib yoting deyishdi, 2ta yosh bola keb
Chegaralardan hech kimni kirgizmasdan 1oy qatʼiy karantinda qaytish kerak
Karantinni kuchaytirish kere. Bemorlar soni kundan kunga oshyapti
Хаджи Каримов
Simple:)
Salom ! Man Toshkent shaxridan , ozimda ham 10 kun oldin temperaturam kotarildi va sog'liqni saqlash vakillari bunga tezda kerakli muolajalarni qilishmadi ,(batafsil )temperatura kotarilganida man o'zimizning oilaviy poliklinikaga murojaat qildim telefon orqali va ular uyga kelishganida mutaxasislar oldin test topshirishingiz kerak deyishti , hop topshirdim lekin test javobi 1 haftada yomon chiqti yani virus aniqlanipti (va yana oilaviy topshirdik testni ) buni ayolimga rovd.dan B. ismli odam telefon qilip aytdi ,shubxali (yozip olingan telefonga muloqot) hosh shundan keyin usha nomerga (rovd.dan qilgan B.ga) qaytip yana tel.qilip aniqlashtirish uchun sorganimizda bizga minzdravdagi qandaydir O. ismli odam shugullayotganligi va hozircha uyda qolishimizni keyinchalik o'zlari bizlarni olip ketip muolajalar qilishligini hamda yana qaytadan test olishligini aytdi,lekin eng yomoni shu vaqt oralig'ida bizga ayniqsa manga tepmeraturam baland bolishiga qaramastan mani uyda qolip paratsetamol dorisini ichip yotishimni hamda hali test javobi chiqmagunicha uyda oilaviy qolishimni aytishti buni( uch marotaba tel.qilganimda poliklinikadigilar ) ham tez tibbiy yordamga tel.qilganimda aytishti va shu vaqt mobaynida ozimni juda yomon his qildim shuning uchun ozimizning oilaviy poliklinikaga murojaat qilganimizda ular ham test javobi chiqmagunicha hech narsa qila olishmasligini yani( retsept yoki muolajalarni ) va buni minzdravdan ularga aytishgan ekan , hozir man va oilam yaxshimiz ( allohga shukr ) chunki ozimiz uyda davolandik (test javobi chiqqunicha - ukol va kerakli dorilarni qabul qildik )agar shularni qilmaganimzda bilmadim nima bolardi manimcha yomon oqibatlarga olip kelishi mumkin edi , shuning uchun ham ohirgi kunlarda Bunday aholi orasida virusni kopayishiga va o'lim holatlari bolishiga yana bir sabablardan biri mana shunday sustkashliklarga yol qoyilayotkanliklari uchun deb o'ylayman . ( hozirgacha virus aniqlangandan beri bizga hech qanday muolaja va davolash ishlari qilingani yoq, bunday qilishmayotganini bilish uchun murojaat qilganimzda (tel.orqali chunki bizni uyga karantinga yopib qoyishgan boshqa yoli yoq ) javob berishmayapti , nega hayronman !!!
Agar rostdanam qoganlani o'ylasez Zapislani internet ga chiqazvorin... bu sizi eng katta yordamiz bo'ladi xalq uchun... masullarni ko'zi ochiladi.. va bunaqa beparvolikka yo'l qoyishmedi
Assalomu aleykum.Xushnudbek aka.Manda sizga bitta savol bor edi.Bu yil Prizdentimiz OTM ga kirish uchun Suxlik yoshlarga kvota bergan edi.Shu kvotalar haqida yozsangiz.Javob uchun oldindan raxmat
ELYOR
kasallikni hozir ham chet el fuqorolari va xalqaro miqyosda yuk tashuvchilar olib kirishyapti
Show next 80 comments