Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 10 минг нафардан ошди

Соғлиқни сақлаш вазирлиги берган хабарга кўра, юртимизда коронавирусга чалинганларнинг умумий сони 10 минг нафардан ошган. Уларнинг 6584 нафари соғайган.

❗️Аҳоли орасидан коронавирус чиқиш ҳолати кундан-кун кўпайиб бормоқда. Биргина 5 июль куни 121 та ҳолатда аҳоли орасида (шундан 84 та Тошкент шаҳрида, 21 та Тошкент вилоятида, 16 та Самарқанд вилоятида) аниқланган.

🏨 Айни пайтда тиббиёт муассасаларида даволанаётган 3402 нафар бемордан 25 нафари оғир, 8 нафари эса ўта оғир аҳволда.

😢 Вафот этганлар сони 34 нафарга етди. Жумладан охирги 5 кунда 9 киши ҳаётдан кўз юмди.

26-ўлим: Қорақалпоғистон Республикаси Тахиатош туманида яшовчи 62 ёшли Б.Я. (эркак);
27-ўлим: Қашқадарё вилояти Ғузор туманида яшовчи 64 ёшли С.Ҳ. (эркак);
28-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 59 ёшли Ғ.Б. (эркак);
29-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 77 ёшли Н. Г. (аёл);
30-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 65 ёшли В.М. (эркак);
31-ўлим: Бухоро вилояти Ғиждувон туманида яшовчи 35 ёшли аёл Д.Ш. (аёл);
32-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 71 ёшли М.Г. (аёл);
33-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 45 ёшли З. (эркак);
34-ўлим: Тошкент шаҳрида яшовчи 49 ёшли Н.У. (аёл).


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 100 more comments
Oʻzbekiston da karanavirus avj holati ,barqarorligi aytilmayabdi hali bowlaniwimi deymanda
Feruza Pulotovna
Ollohim yurtimizni uzing asra
Chegaralarni yopsin, viloyatlarni yopsin, kerak bo'lsa ko'chasini ham yopsin. Bizni SSV tizimimizni qanchalik kuchli yoki kuchsiz darajada ekanini xalqqa va butun dunyoga isbotlash shart emas, kerak bo'lsa Hindiston va Amerikani ham ko'rdik. Shunchaki shaxsiy manfaatdan ustun qo'yishi kerak tepadagilar xalq sog'ligini...
Alloh Va uni Rasuligi Ishongan insonga Hayotda umuman yuqmidi 👆 Musulmonman deb tilida etib dilida tasdiqlidiganlaga Inshallah Umuman yuqmidi
Dilxumor Xajimatova Xamidullo qizi
Qanday dori ukolladan foydalandiz? Shu haqida yoza olasizmi? Bilib olsak yaxshi bo‘lardi biz ham. Chunki hech kim aytolmaydi , ertaga sizni holingizga biz ham tushmaymiz deb.
Mayli lekin tavsiya qilmiman hammani organizmi bir xil mas shuning uchun tasir qiladimi yoqmi bilmiman , man tavakkal qildim boshqa yolim ham yoq edi ( ukol seftriaksion bfxz + dorilar atsiklovir+anaferon+azimak 500 + suyuqlik kop ichish + temperaturani tushurish uchun ibuklin
Unknown Girl
O'zing uchun o‘l yetim ekanda, buyog‘iga...
72-maktab. Rauf Xudoyberdiyev.
Yolg‘iz olloh bu baloni to‘xtatishga qodir.
Фаррух Абдухокимов
Инна лиллахи ва Инна илайхи рожиъун. Аллох жойларини жаннати килсин
Hudoni ozi asrasin barchamizni!
Касаллик купайяпти лекин карантин чоралари кучайтирилмай юмшатиляпти? бошидаги каби каттик карантин килиш кк.
BAXTIYOROV JALOLBEK
Simple:)
Salom ! Man Toshkent shaxridan , ozimda ham 10 kun oldin temperaturam kotarildi va sog'liqni saqlash vakillari bunga tezda kerakli muolajalarni qilishmadi ,(batafsil )temperatura kotarilganida man o'zimizning oilaviy poliklinikaga murojaat qildim telefon orqali va ular uyga kelishganida mutaxasislar oldin test topshirishingiz kerak deyishti , hop topshirdim lekin test javobi 1 haftada yomon chiqti yani virus aniqlanipti (va yana oilaviy topshirdik testni ) buni ayolimga rovd.dan B. ismli odam telefon qilip aytdi ,shubxali (yozip olingan telefonga muloqot) hosh shundan keyin usha nomerga (rovd.dan qilgan B.ga) qaytip yana tel.qilip aniqlashtirish uchun sorganimizda bizga minzdravdagi qandaydir O. ismli odam shugullayotganligi va hozircha uyda qolishimizni keyinchalik o'zlari bizlarni olip ketip muolajalar qilishligini hamda yana qaytadan test olishligini aytdi,lekin eng yomoni shu vaqt oralig'ida bizga ayniqsa manga tepmeraturam baland bolishiga qaramastan mani uyda qolip paratsetamol dorisini ichip yotishimni hamda hali test javobi chiqmagunicha uyda oilaviy qolishimni aytishti buni( uch marotaba tel.qilganimda poliklinikadigilar ) ham tez tibbiy yordamga tel.qilganimda aytishti va shu vaqt mobaynida ozimni juda yomon his qildim shuning uchun ozimizning oilaviy poliklinikaga murojaat qilganimizda ular ham test javobi chiqmagunicha hech narsa qila olishmasligini yani( retsept yoki muolajalarni ) va buni minzdravdan ularga aytishgan ekan , hozir man va oilam yaxshimiz ( allohga shukr ) chunki ozimiz uyda davolandik (test javobi chiqqunicha - ukol va kerakli dorilarni qabul qildik )agar shularni qilmaganimzda bilmadim nima bolardi manimcha yomon oqibatlarga olip kelishi mumkin edi , shuning uchun ham ohirgi kunlarda Bunday aholi orasida virusni kopayishiga va o'lim holatlari bolishiga yana bir sabablardan biri mana shunday sustkashliklarga yol qoyilayotkanliklari uchun deb o'ylayman . ( hozirgacha virus aniqlangandan beri bizga hech qanday muolaja va davolash ishlari qilingani yoq, bunday qilishmayotganini bilish uchun murojaat qilganimzda (tel.orqali chunki bizni uyga karantinga yopib qoyishgan boshqa yoli yoq ) javob berishmayapti , nega hayronman !!!
Kecha Navoiylik ayol xam turmush o'rtog'iga xech kim yordam bermayotgani xattoki nazoratga olmaganligini bir necha kundan beri qancha joyga murojat qilsa xam natija yo'qligini yozgandi Issig'i39,6bo'lganda tez yordam analgin dimedrol qilipdi boshqa tavsiya bermabdi O'lim va virus tarqalishini ko'payishiga xam shu sabab bo'layotgandir
Man hayron qogan joyim nimaga shu paytgacha o'limlar soni kam bo'ldida, a yaqin yaqindan kun sayin oshib bormoqda? G'alati emasmi mobodo, xuddi oldin odamlar faqat tuzalib ketganday, ishonish qiyin...
Bu kasallikni menimcha to'xtatishni iloji yo'q. Odamlar chekkaroq joylarda avvalgidek yashashmoqda. Yig'inlar, sayrlar... Xullas, shu kungacha biz yashil edi. Kechagi xabarlarga ko'ra hokimiyatimiz va bir mahallani karantinga o'rab qo'yishibdi. Men aniq bilmayman buning sababini, odamlarni aytishicha, majlisbozlik va boshqa joydan kelgan majlis mehmoni bunga sabab. Qanchalik to'g'ri men bunisi bilmadim.
Энди вирус юктирганлар узи даволанармиш. Касалликни юктириб юртимизга опкеганлар жаннатда даволаништию энди оддий халк юктирса уз куни узига коладими? Нохаклик. Одилона карор чикаришсин юкоридагилар
Bu gapiz juda xom. Man Allohga ishonaman manga hech nima qimaydi deb karantin zonaga bemalol kirib borishiz mumkinu sizga hech nima qimaydi degan kafolat yuq. Mana kecha bitta Samarqandda bitta namozxon oilaning barcha a'zolari kasal boganini uzimiz guvoxi buldik. Yaxshisi, ibodatni o'z vaqtida qilib, o'zimizga ehtiyot bolaylik!
Mohigul
Uyoqdagilarning ahvollari qandayliligini hudo biladi bemorlar Doktirlar qanday kurawayotgani Faqat habarlarda bowqacha
Simple:)
Manda ham shunaqa holat bovotti , murojaat qigan joyim qomadi , issig'im 39 ga chiqqanida tez yordamdan kelip analgin dimidrol qilip ketishti 2marta ....
Axir bunaqa bepavolikda hammaga yuqub ketadiku?! Siz qancha joyga boryapsiz ekan. Tez yordamdagilar, Ular boshqa kasallarga borishadi, ijtimoiy xavf yuqorilar, hamshira va vrachlarni oilasi... Bu daxshatku!!! Sizlarga tibbiy yordam kerak. Nega sizlarni davolashmayapti?! Men tushunmadim.
Show next 49 comments