❗️Спортчи-абитуриентларга истисно равишда имтиёз белгиланди

Осиё ва Республика чемпионатларида охирги уч йилда ғолиб ва совриндор бўлган ҳамда жорий йилда фақат “Спорт фаолияти” ва “Жисмоний маданият” йўналишларига ҳужжат топширган спортчи-ўқувчиларга истисно тариқасида қуйидаги имтиёзлар белгиланди:

— иккинчи мутахассислик фани ҳамда мажбурий учта фанга максимал балл берилади;

— ушбу абитуриентлар умумий танловдан ташқари давлат гранти ва тўлов-контракт асосида талабаликка қабул қилинади. Уларга алоҳида минимал ўтиш бали белгиланади;

— Сиртқи таълимга топширган абитуриентлар имтиҳонлар натижаларига кўра фақат тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилиши мумкин;

— “Жисмоний маданият” йўналишига топширган абитуриентларга ўзи ғолиб бўлган спорт хусусиятидан келиб чиқиб, биринчи мутахассислик фани бўйича имтиҳон ўтказилади;

— имтиҳонлар махсус комиссия томонидан онлайн видеотрансляция қилинган ҳолда ўтказилади.


👉 @xushnudbek 👈

105 comments

Show 62 more comments
Ғофур Ғуломович. Тошкент шахар, Олмазор тумани.
Хужа али, Али хужа булибдию, нимаси имтиёз буни? Оддий абитуриентлар билан бир хил буляптику талаблар. Барибир контракт тулар экан, имтиёзда хам, имтиёзсиз хам. Ха аферистлар.
Bular kot masmi nma hamma yoda topshirib bogandan keyin chiqarishyapti
Дилором Абдуназарова
Мана шу йил спортнинг ММА тури буйича Республика очик чемпионатида биринчи уринни олган углим. Имтиёз борми?
Юлдуз Курбанова
@Ramazon Eshqobilov@
Balkim bo'lgandirsiz.Ko'pchilik abituriyent bo'lgan lekin abituriyentlikdagi qiyinchilik, yaxshi mehnat qilgan bilan shunchaki davrni o'tkazgan o'rtasida ancha farq bo'ladi.Nimaga xalqni ehtiyojidan kelib chiqmagan qaror qarormi.Hammasidan 1 tadan savol qilib qoysaya a? Variantlari ha yoq bo'lsa .Bu gapizdan taxminchilaram o'qishga kirsin demoqchisizda.
Tòĝri qiyinchilik kòrgan boshqa. Lekin siz yoki boshqa abituriyentlar e'tiroz bildirgani bilan foydasi yòq demoqchiman. Xoxlasa pul bilan xoxlasa bilimi bilan kirsin, bilimi bor abituriyentga buni qiziĝi yòq. Hech nimaga ahamiyat bermay imtihongacha òqish kk xolos
@Ramazon Eshqobilov@
Юлдуз Курбанова
Tòĝri qiyinchilik kòrgan boshqa. Lekin siz yoki boshqa abituriyentlar e'tiroz bildirgani bilan foydasi yòq demoqchiman. Xoxlasa pul bilan xoxlasa bilimi bilan kirsin, bilimi bor abituriyentga buni qiziĝi yòq. Hech nimaga ahamiyat bermay imtihongacha òqish kk xolos
Assalomu aleykum!
Yaxshi ish qilmabdi lekin endi o'zini spes fanini yaxshi o'qigan abiturientning boshqalardan (o'rtacha o'qigandan)yuqoriroq bal to'plash ehtimoli juda pasayadi.Chunki yaxshi o'qigan abiturient ilgari 108ta savol bo'lganda ham ulgurgan 105 taga ham ulgurardi shu 3 soat ichida. Bu degani manzilga borishda toshbaqa ham imkon yaratildi degani quyonni oyog'ini kesib.Pandemiyada xuddiki abiturientlarga yordam beryotgandek ko'rsatibdi o'zini lekin yaxshi o'qigan abiturientni o'ylamabdi shuncha yil o'qib spesidan atigi 20 ta test ishlab chiqsaya exx mayli shunchalik pandemiyada yordam qilmoqchi ekan majburiy fanni qisqartirsin edi .Nima ham derdik omad tilaymiz yaxshi o'qigan abiturientlarga.
Eeee musilmonlar hafa bõlmanglar imtihonlar 5 chidan boshlanadi deyishyapti 4 chi kuni yana yangilik eshitsak ajabmas
Muhimi ishonch. Bosila
Мохинация бу
Allanov (a)
Olimpiya òyinlariga kiritilmagan Sport turidan Respublika miqyosida ģolib va sovrindorlariga imtiyoz beriladimi?( berilmasa,nima uchun berilmaydi)javob uchun oldindan rahmat.Hozirda Olimpiya sport turiga kiritilgan Sportchilarga imtiyoz berilmoqda.Tòģri sportchilarni qòllab quvvatlagan yaxshi.Ammo ularni orasida savodi yòqlari ham bor bòlishi tabiiy.Men bitta xatoyim Olimpiya turiga kirmagan sport turidan Òzbekiston chempioniman va Shu yili òrta maktabni ham OLTIN MEDAL bilan tugatdim.Men juda xafa bòldim.Nima uchun meni mehnatlarim baholanmadi?
Юлдуз Курбанова
@Ramazon Eshqobilov@
Endi nima demoqchi bo'lganimni tushungandirsiz balkim!
Tòĝri tushunib turibman. E'tiroz bildirgan bilan foydasi yòq.
Yoq shunaqa fikri bor ekan sentyabr oyida qimedimi shu ishini
Hammayoq boʻgandan keyn qimasdan
Agar sport yunalishi buyicha qushni davlatlarga kirgan va perevod qilmoqchi bulganlar bulsachi? 1,2,3-urinlarni oxirgi 3 yilda olgan. Ularga ham tasiri bulish kerak emasmi?
Hamma umid qilib oyiga 300 mingdan oʻqiyapti ozgina toʻgʻri tushunilar blaat
Имтиёзга эга абитуриентлар касбий ижодий имтихонга катнашган булса канака булади
Allanov (a)
Assalomu aleykum
Savol:1)Oxirgi 3 yilda Sportning shotokan karate-do turi bòyicha Òzbekiston chempionati musobaqalarida sovrindor bòlganman.Menga imtiyoz beriladimi?Javob uchun oldindan rahmat.Lekin men Sport bòyicha òqishga topshirmadim,boshqa yònalishga topshirdim.2)Olimpiya òyinlariga kiritilmagan Sport turidan Respublika miqyosida ģolib va sovrindorlariga imtiyoz beriladimi?( berilmasa,nima uchun berilmaydi)javob uchun oldindan rahmat.Hozirda Olimpiya sport turiga kiritilgan Sportchilarga imtiyoz berilmoqda.Tòģri sportchilarni qòllab quvvatlagan yaxshi.Ammo ularni orasida savodi yòqlari ham bor bòlishi tabiiy.Men bitta xatoyim Olimpiya turiga kirmagan sport turidan Òzbekiston chempioniman va Shu yili òrta maktabni ham OLTIN MEDAL bilan tugatdim.Men juda xafa bòldim.Nima uchun meni mehnatlarim baholanmadi?
Show next 22 comments