Manda bunaqa bo'magan lekin Xiaomi Redmi smartfonlarini do'kondan yangi harid qilingandan keyin ham IMEIsini ro'yxatdan o'tkazish talab etilmaydi. Bu menimcha bejizga emas qandaydir o'yini bor
Akam ham kuni kecha shunaqa yangi telefon oldi, endi Rossiyaga chiqqan tanishlaridan iltimos qilayapti, bu ish ĝirt axmoqonalikku, qachongacha shunaqa aholini yugur yugur qilishadi, ongli ravishda ish qilib aholiga qulaylik yaratilsa bo'ladiku axir
Muhimi soqqa ortoqlar,qogani bir tiyin,kamayib qomaydi
Guli
Hamkasbim 5 avgustda doʻkondan telefon sotib olgandi. Yaqinda bildik, 1 oy muhlati borligini imeini roʻyhatdan oʻtkazish uchun. Roʻyhatdan oʻtkazishga urindik, iloji boʻlmadi. Bugun doʻkonga borib, imeini roʻyhatdan oʻtkazib berishni soʻragadik, "hech narsa qilmaydi, kafolat beraman" deb tilhat yozib berdi. Endi kutyapmiz 5 sentyabr kelishini...
Bu yangi tel olganlar ham shunaqa bo'lyapdi. Yana nima ekan 6 oyda kirgan. Karantin sabab kopchilik kirmagan chetdan. Bundan maqsad nima. Telefon sotadiganlarga borsangiz Pasportni ro'yxatdan ôtqizilmagan bôlsa 200 300mingga olaman deyapdi. Qimmat telefonlar yotibdi deydi. Bu xalqni sog'ishni yangi yo'limi?. G'aznani to'ldiryapdimi bular yoki qorinnimi. Chetdan telefon sotib olib bo'lmaskan. Masalan AliExpress dan. Bizda 50$ arzon uyerda. Ammo bizni davlatga yuborolmaydi shu sabab
A
Qarordan oldin telefon xarid qilgandim. Karobka bölmasa ham telefon ishlardi hozi telimga eski simkartadan boshqasi tushmaydi faqat bitta abadiy shu nomerni ishlatishim kerak ekan. Bu nima degan gap.
Assalomu alaykum. Dadam va akamni Rassiyadan kelganlariga 8 oy bo‘ldi. Deyarli kelgan kunlaridan boshlab bir necha hafta xarakat qilishdi, afsuski topgan ro‘yxatdan o‘tkazadiganlarning topgan gaplari pasportingizga olingan raqam O‘zbekistonda bo‘lgan,boshqa telefon o‘tib ketgan ro‘yxatga deydi. 6 oy muddat ichida o‘tkazish kerak ekan,afsus kechikishdi. Hali ham 3-4 ta telefon va planshet ro‘yxatdan o‘tmagan.
Ukam Dubaydan 11 iyunda keldi,14 kun Karantinda boʻldi,shundan soʻng UZB sim karta olgandan keyin darxol sms keldi IMEI ni faollashtiring degan mazmunda.Biz bu boʻyicha 1170 ga murojat qilganimizda sizning pasport ma'lumotlaringizga IMEI roʻyhatdan oʻtkazib boʻlingan deyishdi.IIB ga murojat qilishimizni soʻrashdi Xuddi shu xolat fevral oyida ROSSIYADAN kelgan ammam bn xam yuz bergan edi.Telefonni ishlata olmayapti.Bu ishlar uchun kimdir javob beradimi.Nega fuqarolik pasporti ma'lumotlari boshqalarga berib yuborilyapti.Bu uchun kimdir javob beradimi???
Dadam va akamni Rassiyadan kelganlariga 8 oy bo‘ldi.
Deyarli kelgan kunlaridan boshlab bir necha hafta xarakat qilishdi, afsuski topgan ro‘yxatdan o‘tkazadiganlarning topgan gaplari pasportingizga olingan raqam O‘zbekistonda bo‘lgan,boshqa telefon o‘tib ketgan ro‘yxatga deydi.
6 oy muddat ichida o‘tkazish kerak ekan,afsus kechikishdi.
Hali ham 3-4 ta telefon va planshet ro‘yxatdan o‘tmagan.