Shu yaramas IMEI deb juda koʻp odamlar ovora boʻlganini oʻz koʻzim bilan koʻrdim. Eng absurd ishlangan qonunlardan bittasi shu. Shu qonun chiqishibilan telefonlar narxi oshib ketdi, kamiga roʻyxatga olishga yana toʻlov, ustiga ustak chetga chiqqan odam pasporti kerak. Uchiga chiqqan muttahamlikni oʻziku!
Assalomu aleykum. Bu imei aslida " Qorni kattalarni " qornini toygazish uchun qilingan ish. Bu narsa haqida hech kim gapirmaydiyam, noroziliklarham bildirilmaydi, bildirilsaham inobatga olinmaydi. Manimcha hamma ozini fuqarolik pasportiga kamida 5ta telefonni royhatdan otqaza olishi kerak, shunda qandaydir muttanosiblikboladi.
Assalomu alaykum.man programistman kuniga eng kamida 10 yoki 20talab odamlar shu muammoni dip keladi.chet eldan kelgan fuqarolarni ham pasportiga imei kodni registratsiya qilib bolmayapti.odamlar nima qilishi kere telini ishlata olme yurishibdi.tezroq shu muammoni hal qilishingizni sorab qolamiz
Birinchidan umuman bekor qilish kerak ikkinchidan ruyxatdan utkazish uchun faqat pul talab qilinsin passport talab qilinmasin. Kimdir uyga sovgʻaga telefon junatsa uni ishlatolmasa bumagan narsalar shu.
Shohista
Manam Asaxiydan telefon olgandim bir oy ishladi keyin ishlamay qoldi, imei kodini registratsiya qiling deb sms keldi lekin hamma ma'lumotlarni kiritib registratsiya qilishni bossam "6 oy ichida chet elga chiqilmagan" deb yozdi.
Men telefon sotish bn shug'ullanadigan bit akani bilaman. Kecha dukoni yopdi. Chunki sotgan telefonlarini qarib 400 tasi qaytib kelibdi. Hamma xaridorlarda bir sabab. Buni tezroq kurib chiqmasa bulmaydi
Менда хам худди шундай холат юз берди. Ўғлимнинг эски телефон аппарати бир неча ой аккумуляторсиз қолган эди. 1 июл куни янги аккумулятор қўйиб регистрация қилай десам, хаво йўллари орқали ўтишда рўйхатдан ўтган деганди. шу шу аппарат шкафда ётибди. янги аккумулятор билан)))
Agar shu joyga yozilgan soʻzlar bekor ketmasa!!! Xoʻsh IMEI bizga kerakmi qaysidir maʼnoda kerak ammo nima uchun kerak bizning telefonimizni topish vaho kazo lekin bu tarzdagi xavfsizlik bir oz jinnicha. Telefonni roʻyxatdan oʻtkazish uchun 6 oy ichida u bu yoqqa borib kelish kerak bu KATTA ahmoqlik yana puli 55 ming 44 ming pulikuuu mayli, haaa 10 ming qil 20 ming qil haaa bor uzogʻiii 30 ming qil kamiga 6 oy u bu yoqqa! Ish qilib ....... Tinch boʻlsindaa. Lekin telefon kontrabandasini sindirish zoʻr yoʻli boʻgan !!!!!!!!!!!!?
A
Мухиддин
Buyam xuddi GM ga uxshab ketar ekan imkon boricha odamlar uzimizda chiqayotgan artelu boshqa telefon apparatlarini sotib olsayu bular soqqani qilsa
😲😲😲😲😲😲😲😲😲😲😲😲😲😲