Сиз ҳам телефон ёки планшетнинг IMEI рақамини рўйхатдан ўтказишда юқоридаги каби муаммоларга дуч келдингизми?

Изоҳларда бу ҳақда ёзиб қолдиришингизни сўраймиз. Буни шундайлигича қолдириб бўлмайди.


👉 @xushnudbek 👈

1697 comments

Show 100 more comments
Bizda ham xuddi shu muammo
Yangi tel olgandm hali imei kodi o'tkazilmagan ekan 1oy icida otkazib beramn deyishgandi hali tinch bir oy o'tsinqani nima buladi.lkn pasport malumotlarni sotgan bulsa qamash kk
Assalomu alaykum. Men yaqinda (25.08.2020) yangi Redmi Note 9 telefon sotib olgandim, lekin haligacha imei róyhatdan ótkaza olmayapman ba'zi bir korrrupsiyaxo'rlarni deb. Kim menga yordam bera oladi yoki nima qilishim kerak? uzimei.uz saytidan ham ótkaza olmadim
Ўзи шу IMEI чиққанида билгандим.

Корупция авжига чиққан
Нима эмиш четдан сифатсиз тел киришини олдини олишмиш
Шунақа бўлса рўйҳатни текин қилиб одамларни сарсон қилмасин
Ассалому алайкум, аввалло барчамизга мустақиллигимиз муборак бўлсин. Хақиқатдан бундай холат менда хам бўлди. Бизни Россиядан Самарқандга карантинга олиб келишди ва паспортимизни чегарачилар олиб қўйишиб маълум вақтдан сўнг қайтариб беришди. Мен карантиндан чиқиб уйга келиб сим карта олиб телефоннимни регистрация қилмоқ бўлдим афсуски мени паспортимдан хам фойдаланишиб бошқа одамни телефонини регистрация қилиб бўлишган экан.
Энди мен телефонимни фақат вайфайда ишлата оламан.
Xaitov
Нима килиш керак унда
Jizzax vil. Zebo savdo markazida ishlaydiganlardan eshitdik. Karantinda 5 oydan beri xech kim ro'yhatdan o'tkazmagan o'z xoliga tashlab qo'yilgan emish.
Assalomu alaykum Hushnud aka manda ham shunday bo'layabdi faqat telfondamas man yaqinda simkarta olgandim Usel shunga sms kelayabdi 1170da IMEI kod so'rayabdi jo'natsam xato deb o'tkazib bo'lmayabdi yana oxirgi muxlat ham bergan 13.09.2020.gacha
Mendaham shunday muamo bor olib kelgan telefonim bekor turibdi odiy halq qiynalyabdi mutasadila oylab korila iltimos
Manda xam wunde boldi endi biz wunca pulga tel olib ozimiz iwlata olmasa bu nima degani aaa
👑RaYhoN👑
Ôzi shu narsa kerakmi bunixalqqa foydasi bormi yuq qôlidagi telni ishlatolmagandan kôra yôqotganini topolmagani ming marta yaxshi emasmi
Azizbek Axmedxodjayev
Бу масалани энг ачинарли томони телефон билан шугуланадиганла одамлага четга чикиб кеган буса улага пул эвазига уларни номига телефон руйхатдан утказишни таклиф килишяпти. Бунда савдо килувчилани айби йук албатта, аксинча мижозлага телефонни ишлидиган килиб етказиш. Лекин хар хил одам бор ва турли сохада ишлидиганла бор. Кимдирлани кулидан юзлаб паспорт копиялари утади ёки уларда булади. Шундай инсонла пул эвазига паспорт копияла топшириши хам хич гапмас. ( энг ёмони паспорт эгаси бундан хабари бумиди) Барибир бир иккита шунака инсонла чикади. Мукаммал килиб ишлашмаган бу тизимни. Хали жуда куп муаамолари чикиши мумкин...
Biz yoshlar siz bilan birgamiz, Xushnudbek aka! Adolat, haqiqat, halollik uchun birga kurashamiz!
IMEI кодти регистрация килинган килинмаганини кандай билса булади
Assalom Alekum Xushnudbek aka!

Men chet elda o’qirdim va mart oyida chet elda xarid qilgan telefonim bilan kirib keldim! Yaqin kunlarda telefonimni uzimei dan registratsiya qilmoqchi bo’lganimda, pasportimga allaqachon registratsiya qilingan telefon borligini aytishdi! Bu bitta menda emas 7 ,8 ta qolgan talabalarda ham bo’ldi! Hozirda telefon ishlamayabdi va juda ko’p ishlarim orqaga surilib ketdi!

Sizningizcha bizni pasportimizda bizning ruhsatimisiz harakat amalga oshirish demokratiya buzilishi emasmi!? Mustaqillik kunida qo’pol qilib aytganda vatanga bo’lgan muhabbat oshishi o’rniga qandaydir shaxslar orqali O’zbekiston degan davlatga nafratim paydo bo’lmoqda!

Agar ushbu xabarimni maqbul deb topsangiz yordam qiling, agar e’tiborsiz qoldirsangiz ham xafa bo’lmayman shunchaki ishlaringiz ko’pligiga yoyaman!
Asadbek
Shu endi telefon olib kelsayam muommo bo'lib qoldi bu davlatda noinsof xarom yediganlar ko'pligini Yana bir karra isboti
Xushnud aka xuddi shu smsni 1 soat oldin yozgandim emailizga
Deleted account
Bu g'irt axmoqona ish bu amaliyotni bekor qilish kerak o'zi shundog'am muammolar tiqilib yotgan vaqtda bunisi oshiqcha shaxsan men bunga qarshiman
Rahmat juffa kopchilikda shu muomma ! Kutib qolamiz yechimni!
Show next 100 comments