Сиз ҳам телефон ёки планшетнинг IMEI рақамини рўйхатдан ўтказишда юқоридаги каби муаммоларга дуч келдингизми?

Изоҳларда бу ҳақда ёзиб қолдиришингизни сўраймиз. Буни шундайлигича қолдириб бўлмайди.


👉 @xushnudbek 👈

1697 comments

Show 100 more comments
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Pasportga registratsiya qilingan yoki qilinmaganini qanday bilsa boʻladi?
SUPER KING
Yangi telefonni olayotganda imey kodi ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirib keyin olish kerak!!!
Assalomu alaykum
IMEI 29.08.2020 chigacha ro'yhatdan o'tkazing deb yoshi katta buvamlaga sms kelgan ekan lekin u nimaligini bilmaganla va ro'yhatdan o'tkazmaganla shu bilan telefonlari ishlamay qoldila
Bu haqiqat! Men guvohman. Tanishim Koreyadan 4 ta tel olib keldi, bittasini oʻzini nomiga IMEI kod ochirib ishlatmoqchi edi lekin pasport allaqachon ishlatilgan deyishibdi. Lekin u hecham avval bu maqsadda pasportini ishlatmagan ekan. Demak sizning ham pasportingizdan Toshkent aeroportida foydalanilgan boʻlishi mumkin deyishibdi. Qanaqa vijdonsizlik bu, bazida shunaqa oʻzbeklar ekanimizdan uyalaman
Аллоҳ жазосини берсин бунақа иймонсиз пасткашларни.
Ман хам шундай муаммога дуч келдим. Март ойида опам кореядан телефон олиб келганди. Имеи килдирай десам опами паспортига кимдир имеи килиб олибди. Конунчиликдан бировнинг шахсий маълумотларидан фойдаланганлик учун жавобгарлик борми
Мен якинда янги телефон сотиб олдим сотувчи менга телефон IMEI код сорамайди ишлатаверинг деб берганди лекин сим карта куйсам 1 ой ичида телефонимни руйхатдан утказмасам бллк холатига тушади деб смс келди шунга бошим котган нима килсам екан деб 1170 га умуман тушиб булмаяпти сотувчи аник руйхатга олинган деяпти шу холатда нима килсам екан маслахат беринглар дустлар
Baxtiyor
Nimaga kerak bu o'zi. Hozir karantin payti nimaga kerak shuni pullik qilib qo'yish kerak, bir nechta raqamni bitta saytdan registratsiya qilish uchun shuncha pul berish adolatdanmi. O'zbekiston fuqarosi bo'lish degani faqat pul to'lash deganimi. Odamlar pulni yerdan supurib olishmidi
Alibobodan telefon zakaz bergan edim, 6 oy deganda keldi, mayli xursand bo'ldim. Imei esga tushdi xafa bo'ldim. Chunki ular bilan san manga borganman oldin ham, u boshqa mavzu.
Xullas 1 hafta oldin uzimei operatorlari " Jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro pochta yoki kurerlik jo‘natmalari orqali olib kirilgan mobil qurilmalar faqat tizim operatori yoki ro‘yxatga oluvchisiga o‘zi kelib murojaat etish orqali pochta identifikatorining shtrix kodi va kalendar shtempeli bo‘lgan konvert taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. deyishdi.
Pochta bordim hamma hujjatlariyu konvert qog'ozi invoys hammasini taqdim qildim, Toshkentga yuboramiz 2 kun ichida sms keladi deyishdi ko'ndim. Shu shu na sms keldi na qo'ng'iroq qilsam aniq javob ayta olmaydi.
2 - variantga o'tdim, 6 oy ichida chegara kesib o‘tgan tanishimga murojaat qildim yordam so'rab, lekin xuddi shu postdagidek sms keldi, sizning pasportingizda imei ro'yxatdan o'tgan deb. Lekin aslida u hech qanaqa ro'yxatdan o'tkazmagan imei.
Uzimei desa qonim qaynaydigan bo'lgan, bori nafratim sizlarga UZIMEI!
Birta bu holat uchun emas tanishlarim va o'zimda birinchi holat bo'lmaganligi uchun!
Bunday holat menda ham bulmoqda birinchi imei ro'yxatdan o'tgan ikkinchisi esa iloji bo'lmadi. Ro'yxatdan o'tkazgani borsam pulini ikki barobar to'lasam keyin o'zlari odam topib o'tkazib berar emish. Uning uchun telefonimni tashlab ketishim kerak ekan, odam topilguncha. Mana sizlarga innovatsiya.
Salom 1- simkarta joyni EMEI raqamini kiritish uchun pulli qilingan.2- simkarta EMEI raqamini bepul qilinsa.Bari bir 2 ta simkarta ham bitta paspurtga olinadi ku
Hojiakbar Rahmonov
Juda kulguli va achinarli yaqinda dustimni telefoni ham quflanib qoldi 6 oy ichida xorijdan kelgan bulishi kerak emish lekin uzi 6 oydan biri karanten
Butun Uzbekistonda shu muommo
Operatorlariga qo'ng'iroq qilib savol bersak nima deyotganini bilmiydi.
1-si 2-sini gapini inkor qiladi bu narsada aniq ishlaydigan tizim ham yoq kamchiliklari judayam ko'p
Bozordan yangi telefon sotib ololmayabman koʻchada xamma norozi yangi telefon sotib olgan tanishlarimni aksariyatini telefoni blokga tushib qolgan
Zᴇʙᴏ Yᴏʀǫɪɴᴏᴠᴀ ⚕
Assalomu alaykum. O'tgan kuni telefon oldim 2 ta simkartali (redmi, yangi, ishlatilmagan). Kecha Bittasiga sim karta qo'yib ishlatishim bilan imeidan ro'yxatdan o'tish haqida sms keldi. Ro'yxatdan o'tish uchun urinib ko'rsam, quyidagicha xabar keldi:
Hurmatli mijoz! 31.08.2020 sanasidagi 200831041436128-raqamli arizangiz tekshiruvdan o‘tmadi. IMEI kodlar ro‘yxati: XX va YY. 6 oy ichida chegara kesib o‘tish kuzatilmagan.

Imeini pullik qilishdi noroziliklarga qaramasdan, lekin tizim sog'lom ishlamasa, ro'yxatdan o'tkazish ham shunaqa ovoragarchilik bilan bo'lsa, bu tizimni nima keragi bor?!
Shoshmaylar. Avval buni o'ylab topganlar uchaska olib uyini bitirib 3 tadan moshina olishsin. Ana undan keyin mana bu yozayotganinglarni ko'rib chiqishadi. (2-uchaska olishni o'ylashmasa)
Менга 3 дона телефон бор руйхатдан утказолмай сарсон. Дардингни кимга айтсанг . Мошинаку олиш хозирча кийин, телфонни ишлатиш унданда кийин буляпти бор телефоннингни ишлатолмайсан.
Майли хеж булмаганда шуни туловини килиб ишлатсайкан уз номинга.....
Nodira Kenjayeva
Pul ishlashning yangi usuli bo‘lsa kerak korrupsiyani o‘zgacha usuli
Show next 100 comments