Сиз ҳам телефон ёки планшетнинг IMEI рақамини рўйхатдан ўтказишда юқоридаги каби муаммоларга дуч келдингизми?

Изоҳларда бу ҳақда ёзиб қолдиришингизни сўраймиз. Буни шундайлигича қолдириб бўлмайди.


👉 @xushnudbek 👈

1697 comments

Show 100 more comments
Зудлик билан нимадир килиш керак бундай авхолни. Чора куриш керак .нима учун халк кийналиши керак.
Bizda ham shunday muammo, doim xalqni qiynayotgan muammolarini ko'tarasiz rahmat sizga. Oxirgacha hal qilishda yordam berasiz degan umiddaman
Assalomu alaykum. Men o'tkan yili ro'yxatdan o'tkazudim. O'sha vaqtning o'zida ikkinchi sim kartam ro'yxatdan o'tkazgani borganimda siz sal kechikdiz. Siz bilan o'zimiz bog'lanamiz deyishgan edi. Hali javob yo'q. Ikkinchi sim kartam haliham 'o'lik' holda. Bu 'mukammal' tizimni yaratish qaysi 'buyuk daho' ning KALLASIGA kelgan ekan?
Sayid Rahmonov
Bunaqa narsalarni katta tadbirkorlar katta pul tiqib qiladi bu ham manapoliyaning bir turi chetdan telefonlar olib kirishni cheklaydi qiyinlashtiradi yoki ishlamaydigan qiladi keyi iflos o'zining bir tinga qimmat molini sotadi yoki chetdan olib kelib qimmatga narxlaydi bularning uyi kuysin xaromdan topgan pullari 7 avlodiga ursin omin hamma duo qilsin.
Artel ni monopol qilish.
Boshqacha qilib aytsak mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash.
Chet eldan iwlab qiynalib pul topib telfon oladi lekin bu yerga kegandan keyin yana xarajat qilib telini royhatdan otkazadi qiyinda u iw yo pul iwlawdi yangi yolimi deyman orom kursida otirganlardi
Assalomu aleykum bizda xam xuddi shunday chetdan kelgan telefon uchib qoldi registratsiya qlaylik desak xamma chetdan kelganlarning pasportiga registratsiya qilingan kimga murojat qilsak bulaadibundan chiqishning biror yuli bbormi
17-fevral
IMEI кодларни рўйхатга олишда тўлов ундиришни бекор қилиш бўйича петиция 3 соат ичида 10 мингдан ортиқ овоз йиғди. Ҳали бу овозлар яна кўпаяди.

Мутасадди-коттаконлар, кўряпсизми, халқ иродаси мана шу бўлади. Халқ ўз фикрини қонун йўли билан билдирди. Ҳеч кимни урмади, ҳеч қанақа жанжал қилмади. Шунчаки амалдаги қонунлар орқали демократик йўл билан Сизларга ўз хоҳиш-иродасини билдирди.

Энди қарор қабул қилиш навбати Сизники. Агар Сизга жамоатчилик фикри қизиқ бўлса, унда тўловларни бекор қиласиз. Агар Сизга жамоатчилик фикри мутлақо қизиқ бўлмаса, унда билганингизни қилаверасиз. Балки тўловларни янада қиммат қиларсиз, ким билсин...

ЭСЛАТМА: ҳар эҳтимолга қарши ўзбек тилини тушунмайдиганлар учун эслатаман, петицияда тўловларни арзон қилиш таклиф этилмаяпти, бекор қилиш ҳақида гап кетяпти. Тағин эртага тўловни озгина арзон қилиб, «мана, биз петицияни бажардик» деб ёш болани алдагандай муносабат бўлмайди, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈
Ином Хужакулов
Kasallikni yaratib dorisini topib kel degan labarantga uxshedi bu aqllilar.
Magazindan telefon olib bir oydan keyin chetdan kelganni izlesan. XXI asrda telefon ishlatishda muammosi bor davlat qatoriga qushayotgan kishilar uylamasmikan bu ishning ertasini.
Manga shunaqa sms kelyapti. Reg qilib bo'lmayapti umuman
Blin bunaqa ahmoqona qonunlarni qanaqa dicheadlar óylab toparkin. Fu@k this kinda government
Зудлик билан нимадир килиш керак бундай авхолни. Чора куриш керак .нима учун халк кийналиши керак.
Одамлар хеч хам кийналмаслик керак телефон ишлатиш учун. Бу муомони ечиш керак дустлар
Xomidova Gulmira
Assalomu alaykum. Bizda ham shunday muammo opamni telefoni ham chet eldan olib kelingan edi.Telefoni uchdi registratsiya uchun odam olib keling deyishdi qarindoshimizni olib borgandik u kishinikiga registratsiya qilib bulingan ekan. Hozirda telefonni ishlatolmayapmiz. 6oydan beri chetga chiqqan odam kk deyishdi
Баьзи бир ташкилотларни эси дарди халкдан пул ундириш.
Халк фаровон булиб кетишидан куркишади.
Menda ham shu muammo. 2 oydan beri hal qilolmayapti na uzimei markazi na ichki ishlar vazirligi na hudud ichki ishlar boshqarmasi. Vazirlar mahkamasidan tushintirish talab qilaman.
Hammada deyarli bir xil muammo. Man ham borganimda etishgandi chetga chiqib keling deb. Agar mabodo 'omadiz' chopib oʻzizni pasportizga registratsiya qilolsezam bitta sim kartani o'tkazolasz. Ikkinchisi bormi yomi farqiyam foydasiyam yo bop qoladi. Shu yerda bitta savol oddiy xalq nima qilsin?! Artel olish keremi hamma))
Хушнудбек шу масалани яна кутаринг. Нима учун кийналишимиз керак
Go'zalxon
Fazliddin Khaitov
qaysi viloyatdansiz
Qoraqalpog'iatondan,nima edi?
Show next 100 comments