Сиз ҳам телефон ёки планшетнинг IMEI рақамини рўйхатдан ўтказишда юқоридаги каби муаммоларга дуч келдингизми?

Изоҳларда бу ҳақда ёзиб қолдиришингизни сўраймиз. Буни шундайлигича қолдириб бўлмайди.


👉 @xushnudbek 👈

1697 comments

Show 100 more comments
Botir Utepbergenov
Meni o'g'lim Qozog'ustonda o'qiydi. 24 iyul kuni keldi. Telefonini IME kodini registratsita qilamuz desak bu pasport egasida telefon ro'yxatdan o'tkazilgan demoqda. 1170 raqamiga qo'ng'iroq qilsak ichki ishlar bo'limiga murojaat qiling deydi. Yaxshi mavzuni ko'taribsiz Xushnidbek.
Assalomu alaykum. Menda xam shunday xolat bolgan. Fevral oyida O'zbekistonga chet eldan telefon olib kirib IMEIni registratsiya qildirmoqchi bolganimda sizi nomizda allaqachon boshqa qurilma royxatdan otgan deyishgandi. Ilojsiz boshqa chet elga chiqib kelgan odam nomiga royxatga qoyganman
Uzimei umuman bo'lmag'ur ish qilyabti. Agar xitoy telefon bo'lsa registratsiya qilgandan keyin bitta sim kartadan boshqasini o'qimaydi ham. Lekin shunga ham chet eldan kelgan odamning pasporti yo'q! Bo'lsa ham allaqachon registratsiya qilingan egasi behabar. Safsatabozlik!!!
Икром
Милицияга мурожат килишсин. Конун буйича кимни номига регисрация килинган булса телефон уша одамнинг конуний мулки хисобланади. Эгасига кайтаришсин.))
Men topgan passport egalari militsiyaga murojaat qiladigan odamlar emas. Balki fikrni naxang baliqqa qaratgan yaxshimi. Passport danniydi kim necha puldan sotayapti ekan uni auksionga qo'ysin men xam olay. Chegarada passportni bojxona qo'motasi hodimidan tashqari hech kim ushlamaydi
planshetim ishlamay qoldi, pul tolashni eplay olmadim+ qimmatlik qiladi ham. endi telefonlarni nima qilamiz birgina shu kodni deb ishlata olmaymizmi maqsad nima shunday ajoyib qarorlarni oylab topadiganlar yurtni dostimi, shunchalik oz xalqlarini yaxshi korib ezishadimi
Бизни иктисодчилар факат бужетни купрок уйлашади халкни чунтагини эмас
Assalomu alaykum menda ham imei bp‘yicha muammo bor bir hafta bo‘ldi yangi tel olganimga 25 sentyabrgacha imei ro‘yxatdan o‘tmasa bloklanarkan men chetga chiqqanim ham yo‘q tanishlarimni iloji yo‘q. Endi imeidan o‘tkazish uchun chetga chiqib kelishim kerakmi shunday o‘tkazishni imkoni esa bo‘lmayapti
Икром
mr_ Turaboyev
Men topgan passport egalari militsiyaga murojaat qiladigan odamlar emas. Balki fikrni naxang baliqqa qaratgan yaxshimi. Passport danniydi kim necha puldan sotayapti ekan uni auksionga qo'ysin men xam olay. Chegarada passportni bojxona qo'motasi hodimidan tashqari hech kim ushlamaydi
Наханг баликни ушлаш учун калавани учи булмиш ноконуний руйхатга куйилган телефонни топиш керак. Ана ундан кейин бир бошидан тортиб келаверади бир бирини
М. Исламов (Physicist )
Bunaqa holat kòpchilikda bòlyapti
Президентимиз жаноби олийларининг ташаббусларини кутишдан бошқа иложимиз йўқ шекилли
Бир оғиз убу деб қўйсалар ҳаракатга тушишади депутатлар тегишливазирликлар
Унгача ҳеч нима ўзгармайди
Яшасинпрезидентимиз жанобиолийлари
Бахромжон Кодиров
Бу хабарни кеча чегарадан у́тибок хаёлимдан у́тказгандим,уйга келиб бугун эталабдан уйимга 5 таси келибди паспортингизни ксериясини Беринг деб. Бу нарса хеч кайси давлатда йу́к нарса козокга кирасиз ишлайди,россияда ишлайди хатто тожикистонда хам . Бизда хаводан пул килгандан кейин,бу ишларга ажабланмаса хам бу́лаверади. У́збекистонни бирорта сохаси коррупсиясиз ишламагандек,хар сохада халкни огирини янаям огир килиш учун ишлаб юрганлар ту́либ ётибди,улар харомдан хазар килишни билмайди.
Менда хам шу муаммо бўляпти Имей кодини рўйхатдан утказолмаяпман. 10 марта ариза бердим хар бири бошка паспортлар билан. Хамма паспорт аввал рўйхатдан ўтган деб Смс келяпти.
1170 ga telefon qilsez etishadiki noqonuniy telefon olgansiz deb. Agar telefon olib kiruvchilar hammasini qonuniy qilib olib kirishsa telefon narxi kamida 30% ga oshib ketadiku aholiga jabir bo'ladi. Shunig uchun rastamojka narxlarini tushirib berishsin ana shunda hammasi qonuniy qilib olib keladi va davlat bujetiga ham pul tushadi.
Ichki ishlab chiqarishni rivojlantiramiz deb rastamojka foizlarini katta qilaverishdan foydasi yo'q.
Yoki IMEI registraciya qilishni xar bir fuqoro chetga chiqish chiqmasligidan qatiy nazar o'zini telefonini o'zi ro'yxatdan o'tqazsa yaxshi bo'lardi. Shuncha bosh og'rig'i bo'lmas edi.
Afsuski bizlarda bir qaror chiqarishsa xalqga yengil tomonini kegin o'ylab ko'rishadi aholi ko'p norozi bo'lib jalobala qilganidan kegin.
Yaqin 6oy ichidagi chegaradan otgan 10ta pasportni tekshirib kordim, hammasi royxatdan otgan deyildi. Lekin egalari bilmaydi, biz tamonda bozorda kopchilik pasport shunaqa pasport izlayabdi
🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑
Bizda ham karantin ochilgandan soʻng telefonlar ishlamay qoldi, lekin eshitishim boʻyicha qonuniy roʻyxatdan oʻtkazish joyi 2ta va bizdan ancha uzoqda...
Hozirda esa hohlagan telefon ustasiga olib borilsa roʻyxatdan belol oʻtkazip beryapti, demak norasmiy joylarda ham roʻyxatdan oʻtkazish mumkin, faqat bir ikki soʻmdan kechsa kifoya

Bizda holat shunday

♨️Taklifim:
hamma oʻzi registratsiya qilaolishi kerak (bir nechta telefonlarni ham) toʻlovini ham shaxsan davlat budjetiga berishi kerak (online pul oʻtqazish turlari koʻp). Maxsus saytmi nimadur yoʻl boʻlishi kerak telefon olib roʻyxatdan oʻtqazib ishlatish uchun.
Уткан куни Малика ярмаркасига борган эдим, сотувдага 80% телефонлар руйхатжан утмаган, сотувчи узингиз утказиб оласиз дейди.
Bizda ham wu HOLAT. Kuting deyiwyapdi telefonni olganimizda ruyhatdan utgan deyiwgandi 24fevralda olganmiz
Show next 100 comments