9 milliard 900 million so‘m!
PDP Universty IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli yoshlar uchun “Unicorn 2.0” grantini eʼlon qiladi!
Ushbu grant quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🟢PDP University 1-kurs toʼlov shartnomasini 100% gacha qoplash;
🟢Yotoqxona xarajatlarini qoplash;
🟢Grant asosida taʼlim olayotgan talabalarning 3 mahalgacha ovqatlashini taʼminlash.
Loyihaning maqsadi — iqtidorli yoshlarga oʼzini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar berish, ularni bepul oʼqitish, aktual boʼlgan IT sohasini puxta oʼrgatish. Shuningdek, ularning moddiy va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga,
mahalliy va
xorijiy TOP kompaniyalarda faoliyat yuritadigan xalqaro darajadagi mutaxassis boʼlishlariga, katta StartUp loyihalarni boshlash, ularni boshqarishga qodir, muhim qarorlar qabul qila oladigan shaxs sifatida shakllanishlariga
koʼmak berish.
➡️ BATAFSIL
Loyihani eshitib xursand bo'ldim
Men ham qatnashmoqchiman
Lekin faqat yoshlar uchun ekan bu imkoniyat
Men bu sohaga qiziqaman lekin mablag masaladi qiyinroqda
IT da nega grant 1 yillik? Chunki 1 yildan keyin oyiga minimum 2000$ topadigan odam boʻladi. Oʻz aravasini oʻzi tortadi. Yana yangi shuncha odamni oyoqqa turgʻizish mumkin. Birorta rivojlangan davlatda 100% lik grant yoʻq.
Izohda arslon boʻlishni nima keragi bor?
Loyihani ichiga kirib yaxshilab tanishib chiq oldin. Ishga joylashishiga koʻmaklashishi ham yozilgan. Keyin bu Unicorn 2.0 deyilgan. Ya’ni Unicorn 1.0 muvaffaqiyatli amalga oshgan.
Shaxsan 2 ta shogirdim (matematika edilar, birdan qiziqib 0 dan IT oʻqishdi) hozir 2000$+ oylik olishadi. Shu yerdan turib AQShni kompaniyasida ishlaydi. Toshkentdan uy oldi 2 hafta oldin.
Bu loyiha ham duch kelgan odamni oʻqitmaydi. Imtihon qilib oladi.
Oʻzingni muvaffaqiyatlaringa kelsak, omadingni bersin. Biror ish qilmaysizlar deganda oʻzing uchun emas, jamiyat uchun degan ma’noda yozdim. Hali maktab bolasi boʻla turib, boshqalarni loyihasi haqida hukm qilishing, “prava”si yoʻq odamni avtobusni qanday haydashni haydovchiga oʻrgatishdek gap.