🏆 Viloyat hokimi olimpiadasining 10-turi 29-sentabr kuni Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkaziladi.

✅ Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
➕ -matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinflar uchun)
🧲 -fizika fanidan (7-8 sinflar uchun).

📢 Olimpiadada jami 300 nafarga ortiq o‘quvchilar bilimlar jangida kurash olib borishadi.

G‘olib o‘quvchilar diplom hamda mos ravishda bir martalik

🥇1-o'rin 5 million,
🥈2-o'rin 4 million,
🥉3-o'rin 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

🏫 Olimpiada Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tadi.

⏲ Olimpiada soat 10:00 da boshlanadi.

📍 MAKTAB LOKATSIYASI

🫥 Olimpiada 2023-yil yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazilib boriladi.

✔️ Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

➡️ @bazarbaevs

29 comments

Nargiza Rahmonova
Assalomu aleykum Sirdaryoda qachon otkaziladi olimpiada matematika fizika fanidan
Nargiza Rahmonova
Sirdaryodan qatnashsa boladimi
Assalomu alaykum Sardorbek aka viloyat kubogida Kimlar qatnashadi
Машхур
Асалому алайкум нима учун тез якинда булгандику боллар тайормикан, Яна бир нарса охирги олимпиадалар хакони емасми деган шубхага боряпман,Яна билмадим узур агар адашган булсам
Машхур
Асалому алайкум нима учун тез якинда булгандику боллар тайормикан, Яна бир нарса охирги олимпиадалар хакони емасми деган шубхага боряпман,Яна билмадим узур агар адашган булсам
Va alaykum assalom. Sizning ham farzandingiz biz qilgan loyihalardanda katta loyihalar qilsin va sizga oʻxshagan kuzatuvchilar “haqqoniy emasmi deb” shubhaga borib oʻtirsinlar. Uzr agar yozganingizga munosib javob berib qoʻygan boʻlsam.
Nargiza Rahmonova
Assalomu aleykum Sirdaryoda qachon otkaziladi olimpiada matematika fizika fanidan
Va alaykum assalom. Biz hamma viloyatlarga taklif bilan chiqqanmiz. Tashabbusni qabul qilganida Sirdaryoda ham boʻlardi.
Ravshanbek
Salom alekum Sardorbek. Maktab lokatsiyasini qaytadan tashlab bering. Bu lokatsiyani ochib bo‘lmayabdi
Otaboyeva Nilufar
Assalomu alaykum bu juda katta zo'r loyiha.Qizimda o'zgarish bo'lyapti.Sizlarga raxmat.har safar intiqlik bilan kutamiz. Keyingi yil ham shunday loyihalar bo'lishini hohlardik
Shoxista
Qatnashish uchun ro'yxatdan o'tamizmi
Машхур
Мен сизни лохангизга хеч нима деганим йук просто демокчи булганим кайси районда булса шу райони боллари ютяпди шунинг учун айтдим, прямо эфир килинг биз узга юртларда юрибмиз шунда шубхамиз колмасди
S B
Va alaykum assalom. Biz hamma viloyatlarga taklif bilan chiqqanmiz. Tashabbusni qabul qilganida Sirdaryoda ham boʻlardi.
Assalomu alaykum. Sardorbek olimpiadada tushgan savollardan namuna tashlamaysizmi kanalingizga. Matematikadan 5 va 6 sinfga bir xil test berilyapdimi. Agar shunday bo‘lsa bu testlar 5 sinflarga qiyinchilik tug‘dirmaydimi.
Lobar Farxadovna

Va alaykum assalom. Olimpiadalar yosh boʻyicha beriladi sinf boʻyicha emas. Shuning uchun 5-6 sinflar birgalikda oʻtkaziladi. Savollarga kelsak khiso.uz saytimizda onlayn tarzda ham ishlatilmoqda. Saytimizga kirib savollar bilan tanishishlaru mumkin.
Nargiza Rahmonova
Mening farzandim olimpiadalarga qiziqadi qaerga qatnashsa boladi iloji bormi
Show next 13 comments