TAQDIRLASH (28-sentabr).pdf
159.7 KB
🏆 Taqdirlash marosimi 28-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi!

🚀 19-iyul kuni oʻtkazilgan norasmiy final olimpiadasi, 8-sentabr va 22-sentabr kunlari o‘tkazilgan olimpiadalarda gʻolib bo‘lgan 1-4 va 9-11 sinf o‘quvchilari 28-sentabr kuni soat 15:00 da Xorazm IT PARK binosida taqdirlanishadi.

G‘oliblar medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.

Taqdirlash marosimida KHISO asoschisi Sardor Bozorboyev va Respublika raqamli ta'limni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Sattorov qatnashishi kutilmoqda.

❗️ Ushbu sanalarda g‘olib bo‘lgan 5-6-7-8 sinf o‘quvchilari 12-oktabr kuni o‘tkaziladigan "Hokim olimpiadasi" da taqdirlanishadi. Ertaga faqatgina 1-4 va 9-11 sinf o‘quvchilari taqdirlanadi.

6 comments

Dilshod
5-8 sinf o'quvchilarini xam taqdirlab yuboraveringlar. Bolalar kutib qolishdiku 2-3 oydan beri
Dilshod
5-8 sinf o'quvchilarini xam taqdirlab yuboraveringlar. Bolalar kutib qolishdiku 2-3 oydan beri
Zoʻr gap boʻldiku)

2-3 oy boʻlmadiku oʻzi 8-sentabrda va 22-sentabrda boʻldi. Birgina “Norasmiy final“ ga 2 oy boʻldi.

Bu safar vaqt va tashkiliy jihatdan ulgurmaskanmiz. Shu sababdan barchasini umumlashtirib 12-oktabrda 5-6-7-8 sinf oʻquvchilari (ular Hokim olimpiadasiga qatnashadi) taqdirlaymiz. Masalan ertaga deyarli 900 ta odam uchun Hazarasp tumanida Hokim olimpiadasi oʻtkaziladi. Undan chiqib oʻquvchilarni taqdirlashga Urganchga qaytamiz. Hokim olimpiadasiga kelgan oʻquvchilarni yana ovora qilib Urganchga oldirish xato boʻladi.
Ассалому алайкум тугри айтасиз..
Xato tekshirmadinggizmi
You Tube dan jovoblarini tekshirganda 31,8 ball chiqdi rõyhatda esa 26 ball chiqdi