❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!
#abituriyent

Гарчи Президент қарори билан умумий квоталар тасдиқланган бўлса ҳам, лекин тиллар кесимида (ўзбек, қорақалпоқ, рус ва ҳ.к.) квоталар ҳали маълум эмас. Давлат қабул комиссияси 5 кун муддатда тасдиқлаши керак.

Шу сабабли ҳозир ДТМ сайтида онлайн рўйхатдан ўтиш имкони бор, аммо йўналишларни танлаш қисми йўқ. Яъни рўйхатдан ўта оласиз, лекин охиригача ҳужжат топшира олмайсиз.

☝️Сизларга дўстона маслаҳатим, токи квоталар охирги кўринишда тасдиқлангунча сабр қилиб, рўйхатдан ўтмай (ҳужжат топширмай) туринг.

Рўйхатдан ўтиш онлайн амалга оширилади, шу сабабли бемалол улгурасиз.

Бу шунчаки дўстона маслаҳатим. Истанг бунга амал қилинг, истанг йўқ. Барчага омад тилайман!


👉 @xushnudbek 👈

298 comments

Show 21 more comments
Assalomu Aleykum aka Bu yil ijodiy imtihonlarga fanlar kiritildimi...
@Nozima@
Assalomu aleykum Hushnud aka men hozir kollejda oʻrta professional taʼlimda oʻqiyapman oliy taʼlimga topshirsam boʻladimii
Qoyiley 1 yildayam tasdiqlashmapti
Pasport seriyasini yozolmayapman. Ishlamayapdi sayt. Qancha urinsam xam ikkita xarfdan kein sonlar yozilmayapdi
Hurmatli Xushnudbek 1000 talik oliy o‘quv yurtini ro‘yxatini tashlavoring iltimos
Pasport seriyasini togrlab yuboringlar
Sunnatullo_singer
Assalomu Aleykum aka Bu yil ijodiy imtihonlarga fanlar kiritildimi...
Ijodiy imtixon topshiradiganlar majburiy fanlardan test topshiradigan boldi bu yildan
Elnora
Assalomu alaykum Xushnudbek iltimos bizaga o'qishni kuchirish haqida malumot beraolasizmi men Buxdudan Qarduga pervod qildirmoqchi edim filologiyaga fakultetdan xorijiy tillar ga pervod qilsa buladimi
Talaba boʻla turub ham hujjat topshirsa boʻladimi
@Nozima@
Savolimga javobni qayerdan olsam boʻladi
СШИ 40
Хушнидбек качон укишини кучириш бошланади
﷽ Alhamdulillah🌙🌙🌙﷽
Assalomu aleykum Xushnud aka raxmat
Assalomu alaykum Hushnudbek aka. Menga pervot masalasida shu yilgi turdosh yo‘nalishlarni ro‘yxatini tashlab bersangiz, iltimos, oldindan raxmat.
СШИ 40
Укишини кучириш качон бошланади
Sunnatullo_singer
Qaysi fanlar aniq bilasizmu
Shu kanalda soat 10:34 da tashlangan xabarni o'qing
Komola
Assalomu aleykum rahmat oltinga teng maslahatinggiz uchun Xushnud aka
F.SH.X 13732
Рахмат оллох рози болсин
Шунинг учун сайт тўлиқ ишга тушганда рўйхатдан ўтиш йўналишларни хам бирданига қилиб кейин ишга тушириш керак еди
Farangiz.
Assalomu alaykum bu yil turdosh bo'lmagan yo'nalishlarga super kantrakni minimal darajasida tolov qilip ko'chirsa bo'larkan shu summa miqdori taxminan qancha bo'ladi
Show next 100 comments