❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!
#abituriyent
Гарчи Президент қарори билан умумий квоталар тасдиқланган бўлса ҳам, лекин тиллар кесимида
(ўзбек, қорақалпоқ, рус ва ҳ.к.) квоталар ҳали маълум эмас. Давлат қабул комиссияси
5 кун муддатда тасдиқлаши керак.
Шу сабабли ҳозир ДТМ сайтида онлайн рўйхатдан ўтиш имкони бор, аммо йўналишларни танлаш қисми йўқ. Яъни рўйхатдан ўта оласиз, лекин охиригача ҳужжат топшира олмайсиз.
☝️Сизларга дўстона маслаҳатим, токи квоталар охирги кўринишда тасдиқлангунча сабр қилиб, рўйхатдан ўтмай (ҳужжат топширмай) туринг.
Рўйхатдан ўтиш онлайн амалга оширилади, шу сабабли бемалол улгурасиз.
Бу шунчаки дўстона маслаҳатим. Истанг бунга амал қилинг, истанг йўқ. Барчага омад тилайман!
👉 @xushnudbek 👈
Tanlov ustuvorligini belgilash
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.
👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
❕ Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.
Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Shu togrisida o‘zgina ma'lumot Berib keting qanday bo‘lishi haqida ma'lumot bering