Электр энергиясининг янгича ҳисоблаш тизимига саволлар кўп

Тадбиркор, блогер ва «Asaxiy» лойиҳаси асосчиларидан бири Фируз Аллаев ўзининг Телеграм каналида электр энергиясига оид янгича ҳисоблаш тизимига оид ўз бошидан ўтказган воқеани сўзлаб берибди. Уни сизларга ҳам илиндим:

«Электр токи борасида янги ҳисоблаш тизими ASCUE ҳақида бугунги кунгача жамоатчилик ва ОАВ кўп гапирди. Лекин, вазиятда қандайдир ўзгариш кузатилмади. Бугун бу муаммога шахсан ўзим гувоҳ бўлдим.

Қарздорсан деб Зангиота туманида яшайдиган дўстимнинг уйида токни масофадан ўчириб қўйишган. Дўстимнинг 4 нафар фарзанди бор, улардан бири ҳали бир ёшга кирмаган гўдак. Бутун уй электр токи асосидаги тизим билан иситилади. Энди -10 даражада совуқ ҳавода вазиятни фараз қилишингиз мумкин.

Қарздор бўлса, ўчирган бўлса дўстимни ўзини айбласа бўларди. Лекин, у олдиндан 5 500 000 сўм тўлов қилиб қўйган. Хато термадим, беш миллион беш юз минг сўм.

Телефон орқали электр тармоқлари маркази билан боғланиш имконсиз. Бирга Зангиота туманига бордик. Пойтахт билан шундоқ чегара туманда пойтахтдаги тизим билан ер билан осмонча фарқ бор. Ўзи Зангиота тумани бўйича ҳокимиятга аҳолида кўп савол йиғилган кўринади.

Бино ичига одам сиғмаганидан ўнлаб одамлар кўчада навбатда туришган, ҳеч ким ҳеч кимни тушунмайди, ҳатто эшитмайди ҳам. Энг қизиқ томони компьютер ҳам қарзни бир марта 23 миллион сўм, бир марта 3 миллион сўм кўрсатди. Шундан сўнг бошқа хонадан ҳужжатларни топиб келишни сўрашди, у хонадагилар ҳам ҳужжатларни беролмаслигини ва ҳозир топишга ҳам вақти йўқлигини айтишди. Раҳбарият сўралганда, раҳбар ҳам жойида йўқ. Бунақа ишлаш, халқни овора қилиш нотўғри эканлигини асабийлашмасдан тушунтиришга ҳаракат қилдик. Ходим бўлса ўзи ҳам шундоқ ишдан кетмоқчи эканлигини айтиб ўтди.

Ниҳоят, узоқ асаббузарликлардан сўнг, сиз бораверинг, кечгача ёқиб қўямиз деган жавобни беришди. Лекин, қўнғироқ қилиб сўрасак, ток ҳали ҳам ёнмаган.

Одатда маиший муаммолар ҳақида ёзмасликка ҳаракат қиламан. Бугун ҳам бу фақат дўстимнинг муаммоси ёки шунчаки вазиятдан ташқари хато бўлса ёзмасдим. ОАВ, ижтимоий тармоқда халқнинг доимий эътирозларини кўриб, бу алоҳида фуқаронинг эмас, аксинча тизимли муаммо эканлиги аниқ ва равшан кўринмоқда. Менимча керакли идоралар ASCUE тизимини ўрганиши, шартномалардан бошлаб ишлатилган пулгача, тизимгача тўлиқ текшириб чиқиши муҳим деб ўйлайман».

Пост тугади.

❓Сизда ҳам шу тизим билан боғлиқ муаммо бўлганми? Изоҳларда аниқ мисоллар билан ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

656 comments

Show 100 more comments
Bunyodbek
Assalomu aleykum Fikrimcha ijro organi umuman ishlamaydi...Essizgina shuncha xalqimiz,yurtdoshlarimiz dardi...Kim nima qila olardi...
Бу электро счётчик. Куп ишлаяпди буни кайтадан куриб чикиш керак
Ha huddi shunday voqealarni eshitganmiz. Rosti ham shu.
Birinchi muammo ETKni bazadida sredni sutichni hisoblashni olib tashlasa shu muammo bir zumda yechiladi, lekini bor buni ETK olishni xoxlamaydi chunki pul tushumi kam bõladi dep dõstlar
Дилдора Ахмеджановна.
Биз бечора ҳалқ ҳар янги чиққан счёчикни олиб ўрнатишга мажбурмизми.Ёки тажриба қуёнчасимизми тушунмайман.
Assalomu alaykum, bizda ham shu muammo boʻldi, yaʼni toʻlov sezilarli darajada oshgan. 1 xonali xonada oyiga 35 - 40 ming toʻlov toʻlanrdi, hozir esa 130, 140 ming atrofida toʻlov boʻlayapti. Nega bunday koʻp toʻlov qilayotganimizni tushuna olmayapman. Eng qizigʻi, hisoblagichlar korxona tomonidan tekinga qoʻyilgani shubha tugʻdirgandi. Endi esa bu hisoblagich ortida qanaqadir oʻyinlar boʻlayapti deb tuyulyapti. Agarda davlatda shuni tekshiradigan tashkilot boʻlsa, tekshirishsa yaxshi boʻlardi
Pulni qancha qolganini aniq etmiydi. 30 min ichida 3 marta kurdim 3 xil kursatyabdi. Yana ishlatmasa xam pul ketaveradi.
O‘chib qolgandan keyin elektrosetga borsam 450000 so‘m qarzingiz va 53000 so‘m penyasi bor deb aytishdi. 550000 so‘m to‘ladim to‘lagandan keyin ham qo‘shmadi, qayta borib qo‘shtirib keldim. Onlayn schyotchik deb yana maqtashadi. Ertasi kuni yana o‘chib qoldi. Borib tekshirtirib ko‘rsam 13000 so‘m penyadan qolib ketgan deydi. Plastiklik schyotchik yaxshi edi.
Bizda ham huddi shu holat 31-oktabrda 2 400 000 ortiqcha tulov Bor edi 10-noyabrga kelib 1 700 000 sum qarzga yetkazib svetni uchirib quyishdi 4 000 000 Dan ziyot pul 10 kun ichida qayerga ketdi hech Kim bilmaydi o'g'iri bul insofli bul deyishadiku
Jaloldin
Яна бир муаммо свет хозирги кунда учяпди чидаяпмиз совук эхтийож куп сайлов пайитида умуман учмиди 1 ой унда одамлар уйдаги тукини учириб турмидику каердан тук келади шунга харон боламан бу дегани детутатлар хайловдан олдин бир ой яхши ишлашади шеккили Хушнутака шу нарсани депутатларга савол килиб бериб курингчи сайлов олдидан энг чекка кишлокда хам свет 1,05 ой умуман учмиди уйлаб уйимга етолмиман
Assalomu alaykum Xushnudbek aka xa elektr hisoblagichi juda kop yozayapti. Bilmadim nimadan bu. Tok ochsa Pul tolayma keyin amallab yoqishadi. Nega davlatimiz bunga jim qarab turadi a?
Elektor energiya tizimini noldan korib chiqish kerak.Juda kóp joylarda shu muommo aniq hisob kitob yoq.
Azizxon
Bizdaham shu ahvol( Namangan shahar) ôchib qolaveradi puli bôlsaham. Pull tashlaymiz shundaham 4,5 soatdan keyin yonadi. Tell qilsak kôtarmaydi hozir boramiz deb kelmaydi. Hullas endi O'zbekiston 24 ni kôrmayman
Xar doim aytaman surish kerakkkkk.
men Namangan, Uychi tumani, Yangichek MFY, Gulirayxon ko‘chadan huddi shu xolat shu bugun D ismli qo‘shnimda ham kuzatildi, (oilaviy ahvoli kam ta‘minlangan 1 nafar 9 oylik chaqalog‘i bor, harorat -6, gaz yo‘q, isitish faqat elktr bilan). TET ga borib to‘lov qilishda bir qancha qiyinchilik bilan 17:49 da to‘lov qilgan, siz ketavering ulab qo‘yamiz deyishgan, 20:45 da TET ga telefon qilib vaziyatni tushuntirdik xodim 5 minutda masala xal bo‘lishini aytishdi mana soat 22:10 bo‘ldi hali svet yo‘q
Bunday xolatlarda hali dastur to'liq ishga tushmaganini ham aytishganini eshitganmiz.
Bizda ham shu muammo, elektr energiyasidan 2.5mln haqqimiz bor, lekin ularning kompyuterida 500ming qarz, kvitansiyalar bilan sverka qilgani esa ularni vaqti yoʻq emish. Haqqimiz bola turib yana pul toʻlab yoqishga majburmiz oʻchiq qolganida.
# 914430866
bilmadim bizga hozircha mua'mmo bo'lgani yoq.
mr. Anvar
Javohirjon Yomg'irov 🇹 🇲 🇮✯ The best Wrestler✯
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizga ming rahmat yaxshi mavzularni olib chiqyabsiz ollox rozi bo'lsin! Elektr hisoblagich masalasi, ko'z tegmasin bizda texnalogiya zo'r rivojlangan har yili yangi rusumli elektr hisoblagich chiqadi va oddiy Xalq qachon yangisi chiqsa o'shanisidan qo'yishi kerak. Xalq tilida plastikli hisoblagich degani kopchilik uchun maqul bo'lgandi pul tugadi o'chadi pul solsa yonadi lekin yana boshqasi undan keyin boshqasi hullas tushunmayman hammasini funksiyasi bir hilku xalqni qiynagandan nima foyda
Plastikli schyotchikda barcha boshqaruv iste'molchi qo'lida edi. Mindey qaragandi, xaromxo'rliklarni qilishni iloji bo'lmay qoldi, sekin asta online dedi boshqa dedi da tufta narsani xalqqa tiqishtirib endi yana shilishni boshladi. Taqqoslash uchun aytaman: Plastikli schyotchikda faqat lampochka uchun oyiga ja borsa 30 35 lar atrofida tashlardim hozir kamida 80 ishlataman. Hayronman yo men ishlatyapmanmi yo yangi schyotchik ko'p ishlayaptimi?
Assalomu aleykum Xushnud aka. Aka juda ham og'riqli savoldi ko'taribsiz haqiqatdan ham Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashayman. Hisoblagichni payme to'lov tizimidan tekshirib borganda bir qarasangiz 300 ming so'm ortiqcha to'langan desa ikki kundan keyin 230 ming so'm qarz ko'rsatadi vaholanki har doim har xil va turli xilda qarzdorlik chiqarishi odamni ikkilantirib yuradi yuqori tashkilotlarga murojjat qilsangiz siz aytganinggizday hech kim javob bermaydi otangga son onangga sol qilib yugurtirishadi.
Show next 100 comments