Электр энергиясининг янгича ҳисоблаш тизимига саволлар кўп

Тадбиркор, блогер ва «Asaxiy» лойиҳаси асосчиларидан бири Фируз Аллаев ўзининг Телеграм каналида электр энергиясига оид янгича ҳисоблаш тизимига оид ўз бошидан ўтказган воқеани сўзлаб берибди. Уни сизларга ҳам илиндим:

«Электр токи борасида янги ҳисоблаш тизими ASCUE ҳақида бугунги кунгача жамоатчилик ва ОАВ кўп гапирди. Лекин, вазиятда қандайдир ўзгариш кузатилмади. Бугун бу муаммога шахсан ўзим гувоҳ бўлдим.

Қарздорсан деб Зангиота туманида яшайдиган дўстимнинг уйида токни масофадан ўчириб қўйишган. Дўстимнинг 4 нафар фарзанди бор, улардан бири ҳали бир ёшга кирмаган гўдак. Бутун уй электр токи асосидаги тизим билан иситилади. Энди -10 даражада совуқ ҳавода вазиятни фараз қилишингиз мумкин.

Қарздор бўлса, ўчирган бўлса дўстимни ўзини айбласа бўларди. Лекин, у олдиндан 5 500 000 сўм тўлов қилиб қўйган. Хато термадим, беш миллион беш юз минг сўм.

Телефон орқали электр тармоқлари маркази билан боғланиш имконсиз. Бирга Зангиота туманига бордик. Пойтахт билан шундоқ чегара туманда пойтахтдаги тизим билан ер билан осмонча фарқ бор. Ўзи Зангиота тумани бўйича ҳокимиятга аҳолида кўп савол йиғилган кўринади.

Бино ичига одам сиғмаганидан ўнлаб одамлар кўчада навбатда туришган, ҳеч ким ҳеч кимни тушунмайди, ҳатто эшитмайди ҳам. Энг қизиқ томони компьютер ҳам қарзни бир марта 23 миллион сўм, бир марта 3 миллион сўм кўрсатди. Шундан сўнг бошқа хонадан ҳужжатларни топиб келишни сўрашди, у хонадагилар ҳам ҳужжатларни беролмаслигини ва ҳозир топишга ҳам вақти йўқлигини айтишди. Раҳбарият сўралганда, раҳбар ҳам жойида йўқ. Бунақа ишлаш, халқни овора қилиш нотўғри эканлигини асабийлашмасдан тушунтиришга ҳаракат қилдик. Ходим бўлса ўзи ҳам шундоқ ишдан кетмоқчи эканлигини айтиб ўтди.

Ниҳоят, узоқ асаббузарликлардан сўнг, сиз бораверинг, кечгача ёқиб қўямиз деган жавобни беришди. Лекин, қўнғироқ қилиб сўрасак, ток ҳали ҳам ёнмаган.

Одатда маиший муаммолар ҳақида ёзмасликка ҳаракат қиламан. Бугун ҳам бу фақат дўстимнинг муаммоси ёки шунчаки вазиятдан ташқари хато бўлса ёзмасдим. ОАВ, ижтимоий тармоқда халқнинг доимий эътирозларини кўриб, бу алоҳида фуқаронинг эмас, аксинча тизимли муаммо эканлиги аниқ ва равшан кўринмоқда. Менимча керакли идоралар ASCUE тизимини ўрганиши, шартномалардан бошлаб ишлатилган пулгача, тизимгача тўлиқ текшириб чиқиши муҳим деб ўйлайман».

Пост тугади.

❓Сизда ҳам шу тизим билан боғлиқ муаммо бўлганми? Изоҳларда аниқ мисоллар билан ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

656 comments

Show 100 more comments
Umuman bu tizim ishlamayapti ishonch telefoniga bog'lanishni o'zi muammo 1 soat aloqada o'chirit kutib turamiz bir soatdan keyin viloyatinggizga bog'lab beraman deyishadi. undan keyin viloyatdagilar bilan yarim soatda bog'laniladi. Undan olgan javobimiz svet 20 minutda yonadi. 20 minutdan 10 tasi o'tgandan keyin yana 1,5 soat tel qilib boshqatdan ulanishimizga to'g'ri keladi. Aloqa da o'chirit ko'p bo'lishi mumkin lekin Ucell, Uzmobile, Ums office lari bilan bog'lanishimiz osonku. lekin energiya tizimni aloqa xizmati ham yaxshimas
Bu muammo real. Bizni uyga tuman HET dan nazoratchi kelib hisoblagichni ko'rib yangi hisoblagichga qancha pul to'lasam qarzlarsiz oldindan to'lov bo'lishini aytdi va men bankdan borib to'lov qildim. Bir ikki xaftada ne ko'z bilan ko'rayinki, ancha qarz ko'rsatdi sms yuborib tekshirsam. Aytganim men to'lovdan keyin ishlangan elektrni hisoblasam bu summaga umuman to'g'ri kelmasdi. Hullas bosh qotgan. Bu tizimni to'g'ri amaliyotga qo'yish bu muammolarni oldini olardi balkim.
Hamid
Bizdayam shu muammo ichida pul tugasa keyin pul tashib balansni to‘ldirse ham baribir yonmedi keyin kodlanib qolovradi biz svetchilani chaqirib 30000 so‘m pulini berib kodini ochtiramiz o‘zi kodini ochib berish tekin lekin.
Bu xaramzoda tizimni dib umuman yashab bo‘mebdi hoziram svet yo‘q sovqotib sandal qilib o‘tiribmiz gazni 2016chi yilgi saylov payti bir ko‘ruvde endi 2021chi yil saylovda ko‘rse kere
Bu bizdi xaramxo‘r energetika vazirligimiz umuman bir ish qimedi hozi prezident aytsa ko‘tiga qalampir sogande hamma yog‘ni gaz bilan taminlab yoqvoradi🤬🤬🤬🤬
Agar shu postimni prezident o‘qiyotgan bo‘lsa man ulaga bitta narsa aytmoqchiman: agar siz xalqni rozi qimoqchi bo‘sez oldin uymizga gaz bilan svetni taminlab bering iltimos janobi oliylari!!! Sizdan boshqa hech narsa keremas!!!
Сирожиддин
Hama narsa pulga chaqiladi unday bunday deysiz xushnidbek okam odiygina òzingizni kanalizda biron nimani elon berish narhi nimaga buncha qimat atiga 30 minut turgani uchun 3 million olasiz...
Siz ikkita mavzuni qorishtirib yubormadingizmi? Xushnudbek akani kanalida reklama berishga pulingiz yetmasa boshqa kanallar koʻp, lekin elektrni bitta joydan yaʼni davlatdan sotib olasiz...
Aytishlaricha bu hisoblagichda tel zaryadchik ham tokni aylantirarkan...
Шаҳобиддин Муртозаев Бахриддинович
Bizda esa xudoga shukr yòq deganda hafta 1.2 òchadi. Tel qilib tushilmaysiz .tushsangiz ham.linyada nosozlik 2014 yil kòchib kelgan bòlsak ahvol shu.Buxoro shahar Pridastgir kòchasi Kamolot domlari
JÒRAYEV S*A
Assalom alaykum qadrli yurtdoshlar endi rostmi yolģonmi yangi hisoblagichni yaxshi tarafi ham bordir bilmadim lekin òchirib qòysa ham pul ishlayapti
Qachongacha quruq va'daga ishonamiz gazku umuman yo'q. Kamiga svetni tinimsiz õchirashadi. Mana hozir kõchada -10 sovuq uyda tok yo'q
Дилдора
Зангиота туманида 539минг карзинг бор деб келди, 500минг туласам, 497минг сум хакдорсан деб тефонимга келди. Уч кундан кейин 346минг карзинг бор деб учириб куйишди. Уч кунда 250 300 минг сумли элеетр ишлатиб булмайдику, электрчилани узи хам тушунмайди бу системани, оддий халкнику куяверасиз.
Dekabr oyida 217 ming so‘m ishlatibman. 13 ta qavurg‘alik pech bor. Schotchik almashgandan keyin shunaqa bo‘lib qoldi. Tizim umuman ishlamaydi.
!!!!!! ????
IAK davrini xamma yomon tarafini ealaydi Karimov davrida 2012 yilgacha bizni qishlog’da tabiy gaz yongan elektrdan umuman 2014 gacha muammo bo’lmagan bu svet gaz muammosi boshlanganiga 7-8 yil bo’ldi. Xamma 30 yildan beri shu axvol deb IAK davrini yomonlaydi.IAK ni davrida xam yaxshi kunlar bo’lgan. Lekin xozir
LL LL.
Albatta bu hisoblagichlari kursatgichlari kuprog kursatyapdi deb uylayman
Шаҳобиддин Муртозаев Бахриддинович
Menga yoqmagan tarafi bu yangi òlchagichlarni.Qancha puling yoki qancha klavat energiya qolganini kòrsatmaydi.Nega nega deging keladi.Shuni avvalgilarida kòrsatardi bu esa yòq
Бизда хам шу муаммо! Огохлантиришсиз учириб куйишяпти! Брифингда кечкурунлари ва шанба и якшанба кунлари карз бўлса хам учирилмайди деб айтишган бўлсада бунга амал килишмайди! аввалгига нисбатан хисоблагич икки баравар куп езаетганлигини тушуниб бўлмаяпти????
Biz Yunusobod tumanida yashaymiz. Yangi elektron hisoblagich o'rnatishgan lekin muammolar yetarlicha. Pul tashalgan bolsa ham o'chib qoladi clickdan *880# orqali tekshirsak hisobda mablag' bor deydi lekin elektr ta'minoti bolimiga borib komputerdan tekshirtirsak qarzdorlik chiqarib beradi. Clickdan tekshirganda pul borku hisobda desak click notog'ri ko'rsatadi deb vaziyatdan chiqishadi. Yuqoridagi javobgar mansabdorlarni vaziyatni tekshirishlarini iltimos qilaman. Pul topish osonmasku hozirgi zamonda. Topganiz havoga yo'q bo'lsa alam qiladiku odamga
Shaxrisabzda ertalab soat 9 dan buyon svet yõq. Tashqarida ob havo -15° sovuq
Biz ham 2020-yil yanvar oyida peredaplata 4.000.000 sum qlganmiz, noyabr oyida 2.178.000 sum puliz qolgan dp sms keldi, sal otmay biz oilaviy 17 kun uyda bulmadik, uyda faqat 1 ta led lampocka yoniq qoldi 17 kun ichida, sal otmasdan dekabr oyida 1.529.000 sum puliz qoldi degan sms keldi, birgina led lampochka 3 haftada 600.000 sumlik elektr tokini yemasa kerak, yana 10 kundan kegn yanvar oyida 1.090.000 sum qoldi degan sms, tizimda muammo kop buni bilaman, ozim ham energetika sohasida magistratura ni tugatganman, dadam ham GES rahbari bu tizimda muammolar borligini bilamiz, shuning uchun ham ShETK ga murojaat qilishga shoshilmayapmiz, bu tizimni postda yozganingizdek ASCUE hatosi
!!!!!! ????
Xozirgi qo’yayotgan xisoblagichlar oldingidan ko’p yozmoqda. MIB ni tashkil qilishdi o’hshamadi endi ko’ramiz bu ishlari natija berarmikin. Xalq xali tayyor emasdi
Мени тулаган пулим тез тугаб коляпти аввалги учотчикка караганда купрок ёзяпти

Шуни акам суровнома тест кибкуринг
Show next 100 comments