Электр энергиясининг янгича ҳисоблаш тизимига саволлар кўп

Тадбиркор, блогер ва «Asaxiy» лойиҳаси асосчиларидан бири Фируз Аллаев ўзининг Телеграм каналида электр энергиясига оид янгича ҳисоблаш тизимига оид ўз бошидан ўтказган воқеани сўзлаб берибди. Уни сизларга ҳам илиндим:

«Электр токи борасида янги ҳисоблаш тизими ASCUE ҳақида бугунги кунгача жамоатчилик ва ОАВ кўп гапирди. Лекин, вазиятда қандайдир ўзгариш кузатилмади. Бугун бу муаммога шахсан ўзим гувоҳ бўлдим.

Қарздорсан деб Зангиота туманида яшайдиган дўстимнинг уйида токни масофадан ўчириб қўйишган. Дўстимнинг 4 нафар фарзанди бор, улардан бири ҳали бир ёшга кирмаган гўдак. Бутун уй электр токи асосидаги тизим билан иситилади. Энди -10 даражада совуқ ҳавода вазиятни фараз қилишингиз мумкин.

Қарздор бўлса, ўчирган бўлса дўстимни ўзини айбласа бўларди. Лекин, у олдиндан 5 500 000 сўм тўлов қилиб қўйган. Хато термадим, беш миллион беш юз минг сўм.

Телефон орқали электр тармоқлари маркази билан боғланиш имконсиз. Бирга Зангиота туманига бордик. Пойтахт билан шундоқ чегара туманда пойтахтдаги тизим билан ер билан осмонча фарқ бор. Ўзи Зангиота тумани бўйича ҳокимиятга аҳолида кўп савол йиғилган кўринади.

Бино ичига одам сиғмаганидан ўнлаб одамлар кўчада навбатда туришган, ҳеч ким ҳеч кимни тушунмайди, ҳатто эшитмайди ҳам. Энг қизиқ томони компьютер ҳам қарзни бир марта 23 миллион сўм, бир марта 3 миллион сўм кўрсатди. Шундан сўнг бошқа хонадан ҳужжатларни топиб келишни сўрашди, у хонадагилар ҳам ҳужжатларни беролмаслигини ва ҳозир топишга ҳам вақти йўқлигини айтишди. Раҳбарият сўралганда, раҳбар ҳам жойида йўқ. Бунақа ишлаш, халқни овора қилиш нотўғри эканлигини асабийлашмасдан тушунтиришга ҳаракат қилдик. Ходим бўлса ўзи ҳам шундоқ ишдан кетмоқчи эканлигини айтиб ўтди.

Ниҳоят, узоқ асаббузарликлардан сўнг, сиз бораверинг, кечгача ёқиб қўямиз деган жавобни беришди. Лекин, қўнғироқ қилиб сўрасак, ток ҳали ҳам ёнмаган.

Одатда маиший муаммолар ҳақида ёзмасликка ҳаракат қиламан. Бугун ҳам бу фақат дўстимнинг муаммоси ёки шунчаки вазиятдан ташқари хато бўлса ёзмасдим. ОАВ, ижтимоий тармоқда халқнинг доимий эътирозларини кўриб, бу алоҳида фуқаронинг эмас, аксинча тизимли муаммо эканлиги аниқ ва равшан кўринмоқда. Менимча керакли идоралар ASCUE тизимини ўрганиши, шартномалардан бошлаб ишлатилган пулгача, тизимгача тўлиқ текшириб чиқиши муҳим деб ўйлайман».

Пост тугади.

❓Сизда ҳам шу тизим билан боғлиқ муаммо бўлганми? Изоҳларда аниқ мисоллар билан ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

656 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum! Xuddi shunday muammoga men ham duch kelganman. Mening ham 1 yoshga to'lmagan farzandim bor va uyimizni elektr pechda isitamiz. Bu tizim (ASCUE) avtomat o'chadi, lekin to'lov qilganingizdan keyin avtomat yonmas ekan. Yoqish uchun alohida hodim ishdan keyin (17:00 dan keyin) barcha o'chirilgan abonentlarni ketma-ket, uyma-uy ulab chiqishar ekan.
꧁ِ꫞ِ⁝⁞⁝❱ٰٰٰٰٰٰٰٰٰٰٰٰٰٰٰٰٰٰٰٖٖٖٖٖٖٖٖٖٖٖ͟͟͢͞͞❰꙰͚͚͚͚͚͚͚͚͚͚͚͚͚͚͚͚͚͚͚ ✴707✴ 👍
Assalomu alaykum mana qashqadaryo qarshidaxam shu axvol 150 000 ming pul 1 xaftaga yetmayopti xama lampochkam akva busa ariston bor xalos oldin pilastik sichochikda 50 ming yetib ortib qolardi nima dib tushinaylik eni xalq ni ezish bulopti yana bergan toki 220 bermaydi kim bularni nazorat qiladi uzi iltimos xalq nomidan suriman shu muomoni yoriting zero Pirezdintimizga yetib borsa yaxshi bulardi
Assalomu alaykum! Men o'tgan qishki mavsumda 700 ming so'm atrofida elektr uchun pul to'laganman. Bu yil ham xuddi shu tariqa elektr sarfi uchun ko'proq pul to'layapman. Menimcha EX-18 hisoblagichi noto'g'ri hisoblayotgandek nazarimda. Men ko'p qavatli uyda turaman. YouTube tarmog'ida shu hisoblagichga kirish va chiqish fazasi noto'g'ri ulanganda, qo'shningiz uyida ishlatilayotgan elektrni ham EX-18 qayd etar ekan. Odatda ko'p qavatli uylarda 0 faza umumiy qilib shitdan ulangan bo'ladi. Shu holatda, hisoblagich noto'g'ri elektr sarfini ko'rsatar ekan (ortiqcha hisoblaydi). Shuni mutaxassislar o'rganib chiqib, haqiqatdan ham shundaymi yoki yo'qmi tekshirib ko'rish kerak chamamda.
Xidirov_Mansur
Necha yillardan buyon tok pulini click orqali toʻlab shu sanadagi pokazaniya va necha kilovatga toʻlanganini qayd qilib boraman va chek ham yuklab olib saqlab boraman. Shunday qilsangiz ovora boʻlmaysiz oʻzingizga ishonchingiz ham ortadi koʻplar kumpyuterni ayblaydi oʻsha kompyuter oʻzingizning qoʻlingizda, qarzga oʻtmasangiz boʻlgani.
Assalomu alaykum men Qashqadaryo vil. Koson tuman guvalak shaxqrchasidan man hozirda bizda eliktir toki 1 sutkada 4 yoki 5 soat yonib turadi. Eng achinarliysi ahaxarchamizda talabalar 800dan ziyod talabalar bor bularning hammasi ham uz viloyatimizda o'qimaydi 40% toshkent shahrida taxsil olishadi biz hozirda online talim olishimiz uchun eliktir toki biz uchun juda muxim. U xam mayli aperatirlarga ham katta etirozim bor yuqorida keltirgan talabalar sifatliy talim olishi uchun aloqa yaxshi bo'lishi kk lekin bizda afsuskiy bizning toshli qishlog'imizda tasavvur qilib bulmas darajada aloqa past ozgina tariflab o'tsam misol uchun internet yoki zoom , modlee, internet platformalarga korishimiz uchun hozir -12 daraja sovuqda tomlarimiz ustiga chiqib kirishimiz kk kampaniyalarga borib murojat qilsag faqat yolg'on gapirib quriladi deb yolg'on gaprishdan uyog'iga utmaydi biz oylik tulovlarni internet paketlar tulovlarni tulayabmiz yaxshilab qo'yishi kk emasmi uzur ozgina asabiylashib ketdim agar men noxaq bo'lsam ming bor uzur.
Жиззах вилояти Зомин туманидаги тадбиркорларга жуда нокулайлик булаяпти хисоб китоб ойни охирида килинади, унгача уз билгингизча хисоблаб тулаб турасиз, лекин ниманидир бохона киладида учириб куяди ёкиш учун пул туласангиз хам ёнмайди. идорасига борсангиз вилоят ёкади дейди вилоят списка буйича ёкаяпмиз дейди хуллас ёкиш учун камида ярим кун ёки бир кунимиз кетиб фаолиятимизга катта салбий таъсир булаяпти
Айтишларича огохлантириш ёки смс юборишни юридиклар учун хозиргача иложи йук экан
Olim Yusuf
Manda plastikli oflayn schotchik. Oldindan to'liv. Hech qanaqa muammo yo'q! Birov masofadan o'chirib ham qo'yolmaydi! Bitta lekini- raysetga borib plastikka zagruzka qildirish! Mayli, shunisigayam shukur.
Davronbek
Biz ham cliktan tolaymiz .bir safar kechqurun uyga mehnom kelganda uyda tok ochib qoldi cliktan tekshirsak 3 ming qarz ekan shu vaqttta cliktan tolov qildim . Oradan 3 saot otib tok yonda. Elektrosetga telefon qilsam biz bilmaymiz ozi avtomat qoshiladi dedi.
Shuni qarz bolsa ochirar ekanlar tolov amalga oshiriligandan son qisq vaqt ichida yana qoshiladigan qilib ishlasa bolmasmikan .
Rixsiboy. Davlatov.
Rixsiboy. Davlatov.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Men Chiroqchi tumani Taloqtepa MFY da yashayman. Chiroqchida chiroq yo'q ☹️💡. Ha albatta chiroq yo'q.. Nima qilish kerak.!? Siz tavsiya etgan BALLU isitgichlaridan olganmiz lekin isitmayapdi uyni bir chetida zerikib turibdi, chunki Chiroqchida chiroq yo'q. 4-Yanvar kuni soat 5:00 dan, 23:20 gacha ( 18 soat rasman) tok bo'lmadi. Mana shu yongandan bugun ertalab 8:30 da yana uzib tashladi, qachon kelishi dargumon. Hamma qavat-qavat kurpani ichiga uranib kirib olganda yonadi, kerak vaqti uchadi... Ha albatta bizda xozir ham elektir toki yo'q. Bolalarga kanikul, hamma uyda, tashqari -5, -7❄️ daraja sovuq. Viloyat archasi yonida, 6 yoshli qizim she'r aytigandi. ,,Nasaf TV'' telekanalida xozir efirga uzatilibdi. Biz ko'rmadik ha eshitdik, chunki Chiroqchida chiroq yo'q. Mana sizga yangi O'zbekisron yangicha dunyoqarash. Biz yoshlardan yana nimani kutishimiz kerak. 21-asr, axborot texnalogiya rivojlangan davrda, Elon Musk --Marsga uchib hayot barpo ertaman--deb turgan ayni paytda, Chiroqchida chiroq yo'q ☹️. (Men telefonda yozyapman qizim holi jonimga quymayapdi-- ,, Dadajon qachon televezorda meni ko'rsatadi"🤗 --Yana 5ta she'r yodlasangiz ko'rsatadi qizim.🤭)
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Men Chiroqchi tumani Taloqtepa MFY dan murojat qilyapman. Barchamizga ma'lum halqimizni ko'p yillardan beri qiynab kelayotgan ayrim mua'mmolar sizning say xarakatlaringiz bilan o'z yechimini topmoqda.
Qishning sovuq kunlarda bizda tok yo'q. Tumanimizda bir sutkada 17, 18 soat svet o'chmoqda. Xonadonimizda isitishdan tizmidan tortib, issiq,sovuq suvgacha elektirlashgan tizimda ishlaydi. 3, 4 yuldan beri elektir tokiga ishonib yerdan suv chiqaradigan nasoslar o'rnatilganmiz. 95% xonadonlarda shunday.

Bu👇 kecha, kun.uz saytida berilgan ma'lumot.
"Қашқадарёдаги бир нечта газ конларини электр билан таъминловчи тармоқлардаги ўчиш сабаб ИЭСларда газ босими пасайган. Натижада республика ҳудудлари бўйлаб 600–800 МВтгача чекловлар кузатилмоқда.

Ўзбекистонда электр энергияси таъминотида узилишлар кузатилмоқда. Энергетика вазирлиги муаммо кеч соат 23:00га қадар бартараф этилишини маълум қилди.

Келтирилган ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўраймиз», – дейилади вазирлик ахборотида.''

Avariya holatlarini tushunamiz, lekin har kuni shu bahona bo'lmaydiyu. Kattakonlarninig uzr so'rashi bilan uyimiz isimaydiyu axir. To'lovni oldindan olayotgan bo'lsa...
Ertalab post yozuvdim 8:30 da uzilgan tok mana xozir 15:30 da hali ham yo'q.

Bu 👆 ortiqcha bo'rtirilmagan aniq ma'lumotlar.
Nafisa Abdullayeva
Bizdayam xuddi shu yuqoridagi muammolar,oldin 4 oyga 200 ming yetardi,hozir esa 1-2 haftaga yetadi,bir narsaga hayronman har doimgidek tok ishlatsak,qishda issiqlik tizimi gaz bn bo'lsa....yoki Yangi O'zbekistonda "qarzlarni" xalqdan undirishni yoki havodan pul qilishni yangicha usulimi bu???????.......
Haqiqatdan ham chigallik juda koʻp pul toʻlab telefon qilib zoʻrgʻa 1haftada yoqtirgan vaqtlar boʻlgan kompyuter muammosi deydi odatda lekin murojaat qilsagina kompyuter tekshiriladi
shu gruppaga kirib ko'rsangiz odamlar elektrga pul to'lashdagi muammolarni ko'rasiz
HABIBULLA YUNUSXO‘JAYEV
bzdaham shu muammo bo‘lyapti
Hisobda pul tigamasdan o'chib qolishlar bir necha marta bo'lgan.
Yana bularda o'g'irliklar juda ko'p deb o'ylayman. Oldindan ko'p to'lab qo'yilsa ko'proq yechadi, kamroqdan to'lab, qarz qilib to'lab yurilsa kamroq yechadi. :))
Bu sistemaga umuman ishonch yo'q.
Ишонч йук
Хисобни тешкарп курсак хар сафар хар хил сон курсатади. Жуда куп пул ечиляпти. Тукни кам ишлатсак хам шу ахвол. Бунга чидаш кийн
Оддий халк кандайдийр хато ёки жиноят килса конунолдида ошиги Билан товон тулайди, базилар эса узр Билан кутилишади
Dilfuza Jumayeva
Аввалги пластикли хисоблагич яхши эди. Бунга умуман тушуниб булмайди. Факат карздорлик курсатаверади. Бу халкни пулини кемириш хисобланади. Буни хам кайсидир куштирнок ичидаги аклли ишлаб чикканда
Show next 49 comments