Бугун Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни.

Фарзандлар ота-оналар учун бахт, қувонч, фахр ва ҳаётининг мазмуни, бутун борлиғидир.

Ота-она ва фарзандлар ҳақида гап кетса, мана шу сурат ёдимга тушади.

Сиз ушбу расмга қандай изоҳ берган бўлар эдингиз? Оригинал таъриф берилган изоҳларни кутамиз.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 66 more comments
Humoyun
Vujudimning bo'lagi, hayotimning quvonchi farzandim!!!
Bekzod Ruzmatov
Bu rasmda ota ona farzandi kam bólmasligi uchun ózi yemay ishmay farzandiga ichirgan yedirgani. Ózlarining mexrlarini berishgan. Bu rasmga nima desak ham kam chunki ota ona xech qachon farzandiga yomonlik tilamaydi.
Rasm shunchaki zo'r o'ylangan.bu rasm ostida juda chuqur ma'no bor.
Ota-ona borki farzandim deb yashaydi.o'zida qolmasa ham bolamga bulsin deydi.
Ajoyib👍👍👍👍
Mamurjon
Qozonda bori chumichga chiqadi yoki olma darahti tagiga olma tushadi. Bunday haykallar uzbek maqollaridan ilhom olib yasalgan bulsa ajab emas.
Ота-она фарзандини дунёга келишини канча орзу хаваслар билан кутади, шундай экан биз улар учун то 100 ёшга кирсак хам жонидан азиз фарзанди булиб колаверамиз. Мен ушбу суратга шундай таъриф бердимки, яъни фарзанд ота онанинг бутун борлигидан булади, агарда фарзандига бирон нараса булгудек булса бутун бошли жонини беришга хам тайёр хамиша. Ота оналаримизни бахтига хамиша согу саломат юрайлик, бизни бахтимизга улар.
Ikrom Rizayev
rasm manga yoqmadi
Хаджи Каримов
"Manaviyatsiz inson ekansiz..! Ushbu mavzuga oid juda kop rasmlar borku.. Ayol kishini ziynati ochiqdan ochiq korsatib qoyilgan".... deyishgan bolardi 2016 yil))
Ota ona farzandi uchun borini beradi))
Assalomu alaykum. Biz farzandlardagi jamiki hislatlar ota-onamizdan o‘tgan. Yoshligimizdan to voyaga yetgunimizga qadar ota-onamiz bizga yo‘qni bor qilib o‘zlarining bor kuchini sarflab halol mehnatlari bilan o‘z halovatiyu madoridan kechib, voyaga yetgan bo‘lsakda bor mehrini ayamay, tunu kunini bedor o‘tkazib ,bizlarni halol, pok inson bo‘lishimiz uchun kerak bo‘lsa umrini fido qiladilar.
SOHIBA TOLIBJONOVA
Rasmda farzand ota- onadan quvvat olib o'sib ulg'ayadi, ma'nosini ko'rish mumkin
Ota-onaning ma'lum bir xislatlari va xissiyotlari farzandidda mujassam bo'ladi. Ular so'nib boradi , farzand yetilib boradi. Bu aylana (sikl) oxirzamongacha davom etadi. Biz hammamiz ketamiz va bizni eslatuvchi kimdir yoki nimadir qoladi. Shuning uchun ham farzand , ota onasidan ko'ra o'z farzandiga mehribon bo'ladi.
Гузал Одилжоновна
Ota-ona o'zidan kechib ,nurab borish evaziga farzandi hayotini nurafshon etadi.Ularga farzand kamolidan ortiq baxt yo'q .Ota va onamiz beminnat suyanchimiz.(Aslida izohga hojat yo'q rasm...Baxtimizga ota-onalarimiz sog'-omon bo'lsin)
Ikkidan bir vujud
Farzandlarimiz bir bòlagimiz emas ming bòlagimiz
صالحة
Манимча ота-она фарзандига бор йугини беришлари тасвирланган суратда. Она кора буёкда, ота эса ок. Фарзандда эса хар иккала рангни коришимиз мумкин. Маънога бой сурат экан
Ha gap yoq rasmga bizni faqat otaonamiz tushunadi biz uchun ,bolalari uchun jonini ham ayamaydigan azizlarimiz ular.
Jorabek
Битта фарзандга шунча тешик болса, манда 4 та фарзанд, агар туртта фарзандга олинса ота она колмас эканде🙂🙂🙂
Rasmni yorvorishiptiku
Болачада отанинг хам онанинг хам белгилари бор. Демак ота хам она хам бирдек севишади фарзандни.Фарзанд учун иккиси хам жонини беришади
Show next 100 comments