Бугун Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни.

Фарзандлар ота-оналар учун бахт, қувонч, фахр ва ҳаётининг мазмуни, бутун борлиғидир.

Ота-она ва фарзандлар ҳақида гап кетса, мана шу сурат ёдимга тушади.

Сиз ушбу расмга қандай изоҳ берган бўлар эдингиз? Оригинал таъриф берилган изоҳларни кутамиз.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 100 more comments
Ota ona misoli oʻchirgʻich - u bolasini hatolarini toʻgʻirlay toʻgʻirlay asta tugaydilar. 😢
𝓨𝓾𝓵𝓭𝓪𝓼𝓱𝓮𝓿𝓪 𝓢𝓪𝓷𝓸𝓫𝓪𝓻
Inson bolasi xuddi yosh nihol kabi dunyoga keladi. Niholning korkam baquvvat va mevali daraxtga aylanishi uchun bog'bon uni doim parvarish qiladi. Biz yosh nihollarning bog'bonlari esa umrini farzandlariga baxshida etgan OTA ONAmiz. Ular bizning tog'imiz, kuch quvvatimiz. Ular bizga borini baxsh etgan tengsiz insonlar. Ular farzandlari uchun yog'idan bor qilib ularni hech kimdan kam qilmasdan voyaga yetazadigan ulug' zotlardir. Biz hamisha ularni qadriga yetishimiz kerak. Baxtimizga doim sog' bo'lsinlar!
Хуршид Бахридинович
Ота оналар фарзанлари келажаги учун борини бериб беминнат хизмат киладилар. Лекин узлари емирилиб бораверадилар. 😭😭😭 Афсуски биз фарзандлар эса, Ота онам бугун бор эртага йук шуларни кунглини олай деб миннатли харакат киларканмиз. Шу ерда хам миннат билан... Эй Оллохим барча мехрибон Ота оналаримизни узингни мехринг ила туйинтир уларга икки дунё саодатини насиб килиб жаннатларингдан жой бергин, дузахингни уларга харом килгин. Омин!
ХМА
Одам Ато ва Мома Хаво бизни кулимиздан етаклаб юришни бошлаган вакт!?
Bu Rasmdan men wuni tuwundimki Ota-Ona O'z farzandlari uchun borini berishadi ularni yaxwi va yetuk shaxs bo'lib yetiwiwlari uchun harakat qliwadi O'z Hayotlarini farzandlari uchun bag'ishlashadi jonlarini jabborga berib kun boyi iwlaganlari bilan barchasini farzandlarini kelajagi uchun qliwadi wu iwlarni
Assalomu aleykum.Farzand tarbiyasida otaning ham onaning ham birdek masulyati va o'rni talab etilishi.Ota-ona andoza!
Dilfuza Soliyeva
Ota-onalar farzandi uchun hatto
tanasidagi sònggi zarrasigacha berishga tayyor yagona zotdirlar
IMONABEGIM MUXAMMADYUSUF
Otam suyangan tog'im, Onam ishongan bog'im.
Bu rasmda Ota-ona farzandini bekamu ko'st qilib, o'zi yemay yedirgani, o'zi kiymay kiydirganini ko'rishimiz mumkin...
Hamma har xil fikrlaydi...
Расмни маъноси чукур, аммо дизайни буйича сал ишлов бериш лозим эди, аёл кишини шакли буйича бироз епиклик еки аял кишилигини билдирувчи бошка белгилар хам мавжуд
Otam davlatim- Onam jannatim
Бир сўз билан айтадиган бўлсак, расмда ота-она дан андоза олинган фарзанд!
Ikki vujud barpo qilgan umid niholi.
Insoniyat sivilizatsiyasi shu tarzda davom etgan, shu tarzda davom etyapti, shu tarzda davom etaveradi..
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
Qalam chiza boshlaganida to'g'ri chiz deb o'chirg'ich nola qilar ekan.Xayotda xam ota-ona farzandiga o'chirg'ich misol,xatolarini ochirib,o'zini tugaganini bilmay qoladi, bu xaqiqat.Rasmizi shundey izohleyman.
Топмоқ йўқотмоқдир,
Йўқотмоқ топмоқ.
Сен сўлиб, мен яшаб,
Тўлишимга боқ.........
М.Юсуф
Менга бу расм ёкмади. Кийими йук экан
Bu rasmda shuni koʻrishimiz mumkinki, ota-ona, umuman olganda, barcha ota-onalar tengsiz, bebaho, oʻz farzandlari uchun yonib-kuyib yashashadi, ular uchun butun hayotini, hayotining mazmunli onlarini berishadi, oʻzlari kiymay, bizga kiydiradirishadi, oʻzlari yemay bizga yedirishadi. Umuman, bizning hayotimiz uchun oʻz hayotlarini baxshida etishadi, agar bu rasmga fan nuqtai nazaridan qaraydigan boʻlsak, ota-onalardagi barcha fazilatlar boʻladimi yoki xislatlar bòladimi, ularning barchasi oʻz jigarlari boʻlmish farzandlariga oʻtadi. Ota-onalar qanday bòlsa, farzand ham ana shunday bòladi. Ota-onaning yaxshi yomoni bòlmaydi, zero, barchamiz bizga hayot bagʻishlagan buyuk zotlar yaʼni ota-onalarimizni asrab avaylaylik, ular hayotimiz mazmunidir. Shu jumladan, mening otam-mening hayotimning qiroli bòlsalar, mening onam-mening hayotimning qirolichasilar. Biz esa ularning eng suyukli farzandlariman.☺️☺️☺️
Men bu rasmga ta‘rif berolmayapman. Men va turmush o‘rtog‘im farzandimizni nuqsonsiz inson bo‘lishi uchun kerak bo‘lsa butun a‘zoi badanimizni o‘yib to‘ldiramiz.
Ота она зарядчик,фарзанд телефон,яьни ота она богбон фарзанд нихол.
Show next 100 comments