Бугун Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни.

Фарзандлар ота-оналар учун бахт, қувонч, фахр ва ҳаётининг мазмуни, бутун борлиғидир.

Ота-она ва фарзандлар ҳақида гап кетса, мана шу сурат ёдимга тушади.

Сиз ушбу расмга қандай изоҳ берган бўлар эдингиз? Оригинал таъриф берилган изоҳларни кутамиз.


👉 @xushnudbek 👈

272 comments

Show 100 more comments
Бир сўз билан айтадиган бўлсак, расмда ота-она дан андоза олинган фарзанд!
Ikki vujud barpo qilgan umid niholi.
Insoniyat sivilizatsiyasi shu tarzda davom etgan, shu tarzda davom etyapti, shu tarzda davom etaveradi..
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
Qalam chiza boshlaganida to'g'ri chiz deb o'chirg'ich nola qilar ekan.Xayotda xam ota-ona farzandiga o'chirg'ich misol,xatolarini ochirib,o'zini tugaganini bilmay qoladi, bu xaqiqat.Rasmizi shundey izohleyman.
Топмоқ йўқотмоқдир,
Йўқотмоқ топмоқ.
Сен сўлиб, мен яшаб,
Тўлишимга боқ.........
М.Юсуф
Менга бу расм ёкмади. Кийими йук экан
Bu rasmda shuni koʻrishimiz mumkinki, ota-ona, umuman olganda, barcha ota-onalar tengsiz, bebaho, oʻz farzandlari uchun yonib-kuyib yashashadi, ular uchun butun hayotini, hayotining mazmunli onlarini berishadi, oʻzlari kiymay, bizga kiydiradirishadi, oʻzlari yemay bizga yedirishadi. Umuman, bizning hayotimiz uchun oʻz hayotlarini baxshida etishadi, agar bu rasmga fan nuqtai nazaridan qaraydigan boʻlsak, ota-onalardagi barcha fazilatlar boʻladimi yoki xislatlar bòladimi, ularning barchasi oʻz jigarlari boʻlmish farzandlariga oʻtadi. Ota-onalar qanday bòlsa, farzand ham ana shunday bòladi. Ota-onaning yaxshi yomoni bòlmaydi, zero, barchamiz bizga hayot bagʻishlagan buyuk zotlar yaʼni ota-onalarimizni asrab avaylaylik, ular hayotimiz mazmunidir. Shu jumladan, mening otam-mening hayotimning qiroli bòlsalar, mening onam-mening hayotimning qirolichasilar. Biz esa ularning eng suyukli farzandlariman.☺️☺️☺️
Men bu rasmga ta‘rif berolmayapman. Men va turmush o‘rtog‘im farzandimizni nuqsonsiz inson bo‘lishi uchun kerak bo‘lsa butun a‘zoi badanimizni o‘yib to‘ldiramiz.
Ота она зарядчик,фарзанд телефон,яьни ота она богбон фарзанд нихол.
Икки тана бир бутун.
Bu surat haqida qancha izoh yozilsa ham kam menimcha. Ammo baribir bir so‘z aytolaman,ota ona farzandi uchun borini beradi,hatto o‘zi uchun qolmasa ham......
Menimcha bu rasmdagi bolaning rangi oq qora, bu degani ota onasining ranglaridan uygunlashgan, ya'ni kichkina bo'lakchalaridan hosil bo'lgan. Bu degani farzand ota onaning ham jismoniy, ham ma'naviy aksidir.Yoshligimda tarbiya, odob-ahloq degan tushunchalarni gapirishsa faqat eshitarkanman, tushunmasdikanman. Mana endi o'zim ham 3 farzandli bo'lib, Avloniyning tarbiya falsafasini sal tushungandekman. Farzand eng aziz ne'mat. Ota -ona bo'lish esa baxt. Farzand ota-onaning ham yaxshi, ham yomon fazilatlarining jamlanmasi. Rasmda shu narsa tasvirlangan menimcha.
Dilbandim!!! Mening jajji mo'jizam!!!!!!
Матлубахон
Бу расмда икки инсоннинг яхши ва ёмон феьл атворидан бунёдга келган одамча тасаввур этилган
Farzand ulg'ayib borgan sari uning kam joyini to'ldiraverib o'z tanasi tugab (quvvatdan) qolganini bilmay qoladi, natijada farzand qo'liga muxtoj bo'lib qoladi!
Abduraxmon $
Menga bu rasm yoqmadi rasmni bolalar tushunadigan qilib tanlash kerak deb ôylayman bolalar oldida uyatli rasm deb ôylayman
Farzand ulg‘aygan sari, ota-ona unga borini berib, yemirilib boradi.
Фарзанд аталмиш неъмат ота онанинг вужудидан бунёд бўлади.Фарзанд мехри эса пастга қараб оқади..Афсус...
Добрая мама
Ассалому алейкум хушнудбек укам.ижодингизга барака тилайман.бу саньат асарини мен шундай изохламокчиман ирки́дан катьий Назар ок танлими кора танлими фарзанд кувончи хаммага баравар .
Бу расмга киска килиб айтадиган булсак икки инсондан бир бутун инсон яратилябди хулки хам хусни хам кучириб утказилаетган бола.
Show next 100 comments