This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Устоз отангДАН улуғ"ми ёки "Устоз отангДЕК улуғ"ми?

Бу ҳақида халқ шоири Эркин Воҳидов "Сўз латофати" китобида нима деб ёзганлар?

Раҳматли устозимиз Омониллахон Мадаев ушбу мақолнинг нозик маъноси тўғрисида қуйидаги видеолавҳада сўз юритганлар.

Омониллахон домланинг қуйидаги жуда ўринли ва таъсирли фикрларига қўшиламан:

“Устоз отангдан улуғ” деган мақолни “отангдек улуғ” деб талқин қилинишининг ўзи жамиятда устозлар нуфузи тушганини билдиради ва бу миллатни фожиага етаклайди”.

Видео манбаси


👉 @xushnudbek 👈

239 comments

Show 43 more comments
Scarpion
Менимчаям Устоз Отангдек улуг булиши керак
Tirik insonlar ichida otadan ulug‘ zot yoqku
🧸🧸🧸
Assalomu alaykum Men lekin qanaqa ustoz bo'lishidan qat'iy nazar otmdan ulug' ko'rmiman hichqachon hech qachon ustoz otadan ulug' bo'lmagan va bo'lmaydi ham
Dek bo'ladi Xushnidbek
Ota dunyoga keltirsa, ustoz yashashni o'rgatadi. Yashash tug'ilishdan ko'ra qiyinroq. Shu jihatdan "Ustoz otangdan ulug'." degan ma'no kelib chiqqan.
Otadan hech kim, hech qachon ustun bo'la olmaydi. Alloh bizga ustoz emas, Alloh bizga podshoh, olamlarning egasi, Xudo o'rgatmaydi. Alloh buyuradi. Bizga buyurgan Allohdir adashmaylar. Eng katta tarbiyani biz otadan olamiz.
Bo‘lsa bordir, lekin shaxsan man ham ''dek'' deb talqin qilaman. Shu joyida subyektiv yondashganimiz ma'qul
Biz yetakchilar Bo’stonliqqa o’quv seminarga borganimizda Hurmatli ustozimiz To’lqin Eshbek huddi shu maqolga alohida to’xtalgan edi. Hamda Ustoz otangdan ulug’ deb ta’kidladi va buni isbotlab ham bergan edi.
Otadan hech qaysi ustoz domla murabbiy hech qachon uluğ boʻlmagan bólmaydi ham
Menga baribir hech qaysi ustozim otamdan ulug' emas, menga hamma sharoitlarni qilib bergan otam ustozim emas.
🅓︎🅔︎🅛︎🅔︎🅣︎🅔︎🅓︎ 🅐︎🅒︎🅒︎🅞︎🅤︎🅝︎🅣︎
Ustoz maktabda 9 yil kollejda 3 yil oliy taʼlimda 4 yil taʼlim tarbiya beriwi mumkin. Lekin ota bizga esimizni taniganimizdan bowlab to umrini oxirigaca oʻrgatadi. Shuning uchun ustoz otadek ulugʻ boʻlishi kk
Otadan hech Kim hech qachon ustun bola olmaydi, hech qachon , men hatto dek iborasini ham ishlatmayman, ozi Kim oylab topgan bu iborani, hadisda bormi yoki qandaydir muqaddas kitobda, bu qandaydir paradox insonlarni miyyasida joylashgan, ustoz inson hayotidagi Shunchaki hurmatli shaxslardan biri holos
Илхом Ганибаев
Отангдек улуг дегувчилар янглишяпсизлар, отани улуг деяпсизлару лекин устозни ота билан тенглаштиряпсизлар (отангдек улуг деб). Отани устоз деб билинг, чунки у факат оталик килмасдан устозлик хам килади, бокувчилик хам килади.
Sindorbek Safarov
Ota dunyoga keltirsa, ustoz yashashni o'rgatadi. Yashash tug'ilishdan ko'ra qiyinroq. Shu jihatdan "Ustoz otangdan ulug'." degan ma'no kelib chiqqan.
Ustoz qanaqasiga yashashni o‘rgatadi axir 7 yoshgacha ota uni tarbiyalab hayotni o‘rgatib kn maktabga oboradi qolaversa odam eng ko‘p vaqtni ustozini oldida emas otasini oldida ko‘proq o‘tkazadi shunday ekan otadan o‘rganamiz bir yashashni
Домла тугри шархлаганлар,ота фарзандни дунега келишига сабабчи улуг зот макомида булса ,Устоз болани дунекарашининг шаклланишида мухим роль уйнаган улуг зот хисобланади.
Ustoz shogirdlar uchun halollik namunasi, ustoz kamtarlik namunasi, ustoz ilm amali namunasi, ustoz sabr namunasi, ustoz hayo namunasi, ustoz iffat farosat tozalik ozodalik haybat samimiylik ......... namunasi!

Ustozlik qiyin, Alloh sizga oson qilsin, bayram muborak ustozlar!
Устоз отангдан улуг дейилади
💑💑
Устозни отамиздек улуглаб отадек куришимиз керак деган ма'нода
💑💑
Устоз хам отаде тарбия берадила
Hayotdan otadan buyuk ustozdan uluģ zot yòq menimda
Hammalari boshimizga soģ bòlishsin
Show next 100 comments