This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Устоз отангДАН улуғ"ми ёки "Устоз отангДЕК улуғ"ми?

Бу ҳақида халқ шоири Эркин Воҳидов "Сўз латофати" китобида нима деб ёзганлар?

Раҳматли устозимиз Омониллахон Мадаев ушбу мақолнинг нозик маъноси тўғрисида қуйидаги видеолавҳада сўз юритганлар.

Омониллахон домланинг қуйидаги жуда ўринли ва таъсирли фикрларига қўшиламан:

“Устоз отангдан улуғ” деган мақолни “отангдек улуғ” деб талқин қилинишининг ўзи жамиятда устозлар нуфузи тушганини билдиради ва бу миллатни фожиага етаклайди”.

Видео манбаси


👉 @xushnudbek 👈

239 comments

Show 77 more comments
Бу ота бобаларимиз айтиб кетган доналикларлан бири, лекин шуни кейинги пайтларда (асримиз бошида)ўўўгзгартиришга уринишлар купайиб кетди ва ниятларига етди, устозлар қадрини ота қадридан ҳам туширишга эришилди. Бу эса айни фожиянинг ўўузи.
Alloh taolo birinchi odam otamizni yaratgan o‘qituvchini emas. Otangdan ulug‘ deydigan professorlar har bir gaplaringizni o‘ylab gapirsalaringiz yaxshi bo‘lardi
Биз бир нарсани унутдек мен фарзандимни дунега келтиришимдан ниятим уни наслим давомчси ва мана шу дунеда илмли фони дунеда солих булган фарзан бер Аллох деб оталик бурчимни устозлик вазифамни амалга ошириб яшайман.Демак мени фарзандим учун оталим эмас устозлик фазилатлари биринчи уринда туришини хохлайман.Бу ерда Устоз отадан улуглиги куриниб колади мана шу мантик бизни кандай ота булишимизни белгилайди.
Aslida eng yaxshi ustoz ota chunki ota hayotda oʻz oʻrnini topishni oʻrgatadi otangdan ulugʻ deyishga ham sabab bor chunki oldinlari ustozlar faqat ilm berish emas uni tarbiyasi va axloqi bilan ham ovvora boʻlgan shuning uchun otamdan keyingi otam deb aytilgan hozir boshacha
Устоз қадри қанчалар паст бўулса, жамиятда ўғрилар кўпаяди.
-dek; -day; qo'shimchalari o'xshatish qiyoslash qo'shimchalari deb yozib qoyibdiku ona tili kitobida. Bular bir xil yoki teng ma'no qo'shimchalar hisoblanadi
Ustozlar xurmatimizga loyiq, bu haqida gap bo'lishi mumkinmas. Lekin ustunlik berishda muvozanat bo'lishi kerak. Ustoz otadan ulug' bo'lishi mumkinmas. Ustozlar bizlarni yaxshilik qilishimizga munosib insonlar, Faqat ona va otadan keyin:

Baxz ibn Xakimdan rivoyat qilinadi:
«Yo, Rasululloh, kimga yaxshilik qilay?»,-dedim.
«Onangga»,-dedilar.
«So‘ngra kimga?»,-dedim.
«Onangga», - dedilar.
«So‘ngra kimga?» — dedim.
«Onangga», - dedilar.
«So‘ngra kimga?» - dedim.
«Otanga va so‘ng yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga », - dedilar»
Sadoqat Alisher qizi
-dek; -day; qo'shimlari teng mano bildiradi.lekin -dan; qo'shimchasi ortiqroqligini anglatyapti.biz uchun lekin "Ustoz otangdek ulug' ""
*****
Таълим тизими бизнесга айланган жамиятда устоз ўрни дўкондаги сотувчидек бўлиб қолади.
Mana shunga o‘xshash ba‘zi bir eskilik sarqiti bo‘lgan maqolu iboralar bor biz eski zamon bilan emas hozirgi zamon bilan yashashimiz kk shunday ekan bunaqangi maqollarga o‘zgartish kiritishimiz kk to‘g‘ri bu maqollar o‘sha eski zamonlarga mos bo‘lgandir lkn hozir bizni zamonimizga umuman to‘g‘ri kelmaydi
Agar davlat oylik tölamasa hech qaysi o'qituvchi dars berishni xohlamaydi,oylikni esa bizni ota onamiz to'layotgan kantrakt va boshqa xarajatladan oladi,demak bilim olishimizning asosiy sababchilari ota onamiz.
Ота молиявий таъминлаган билан, ота пўлига яшаб юрган бола ўз устозини бир тийинга олмаса, ҳеч қанақа билим ва тарбия олмайди. Шунинг учун устоз энг улуғи ҳисобланиши керак. Устознинг гапи шогирдга 100% ўўўттиши керак. Устоз шогирдига койиса шогирд бола эса дарҳол отасини мактабга етаклаб келса, у отаям устознинг ишига аралашса ана паст кетканимиз шу.
Dan bolmedi dek bòladi otadan ustun bòlomidi xatto shunga òxshagan olimlar xam
*****
Таълим тизими бизнесга айланган жамиятда устоз ўрни дўкондаги сотувчидек бўлиб қолади.
Bu ham to‘g‘ri hozir bu achchiq haqiqat bo‘lib qoldi puli bor ustozga borib o‘qiy oladi puli yo‘q ustoz kimligini bilmay ham o‘tib ketadi yana ustoz otangdan ulug‘ deb jar solishadi ustoz avval otadek ulug‘ bo‘lishi uchun munosib bo‘lsin kn undan keyingi darajalarni o‘ylab ko‘rish kk hozirgi ustozlar qo‘shtirnoq ichidagi arzimaydi bu maqomlarga
Гап обуначиларнинг шахсий фикри ҳақида эмас, гап ота боболаримиз ўз устозларини отадан улуғ санаганида, лекин кейинги 20-30 йил ичида устоз улуғлиги бир пағона туширилганида кетаяпти. 90-йил бошларида устоз отангдан улуғ деб эшитардим, сал ўтиб телевиление ва бошқа тадбирларда шу кўп муҳокама бўлганини кўрдим ва Устоз отангдек улуғ деб талқин қиладиганлар кўпайиб қолди.
Jalilova Karimaxon Abduhalimovna
Отамиз бизни осмондан йерга тушишимизга сабаб бу́лса Устоз бизни ку́ка ку́тарилишимизга сабабчи бу́лади
Устозлар отадан улуг булса, укувчилар устозлар учун боласидан азизми? Жавоб берилачи устозлар?
Alloh va Paygambarimiz s a v dan keyin har bir musulmon banda uchun ota muqaddasdir va bòlishi kerak. Ustoz otadan uluģ bòlolmaydi.
I think
●K.M.P●
Ustozingni qattiq hurmat qil diyapti bo‘ldi. Buni shuncha chuqurlashtirish shartmi. Ota bu ota. Otani ornini ustoz bosolmagandek ustozni o‘rniniyam ota bosolmaydi. Ustoz sizga maktabda vaqt sarflaganchalik otangiz sizga vaqt ajratolmaydi. Chunki u sizni boqishi kerak. Ishlashi kerak. Ota boqadi ustoz boqmaydi deb bir nimalarni yozib tashlashibdi. Otangiz boqayotgan bo‘lsa ertaga ular qariganda siz ularni boqishingiz kerak. Ustoz sizga bilim berayotgan bo‘lsa 10 yildan keyin siz ularni oqitasizmi. Ba‘zilarini ko‘rmaysiz hatto. Ustozning hurmatini joyiga qoying. Bo‘ldi. Shu maza qilib gapirayotganlar ertaga farzandli bo‘lib uy vazifasini birga tayyorlashsa aniq bilishadi ustozni qanaqa ulug‘ligini.
Show next 100 comments