"Устоз отангДАН улуғ"ми ёки "Устоз отангДЕК улуғ"ми?Бу ҳақида халқ шоири Эркин Воҳидов "Сўз латофати" китобида нима деб ёзганлар?
Раҳматли устозимиз Омониллахон Мадаев ушбу мақолнинг нозик маъноси тўғрисида қуйидаги видеолавҳада сўз юритганлар.
Омониллахон домланинг қуйидаги жуда ўринли ва таъсирли фикрларига қўшиламан:
“Устоз отангдан улуғ” деган мақолни “отангдек улуғ” деб талқин қилинишининг ўзи жамиятда устозлар нуфузи тушганини билдиради ва бу миллатни фожиага етаклайди”.
Видео манбаси👉 @xushnudbek 👈
Haq yo'linda kim senga bir harf o'qutmish ranj ila,
Aylamoq bo'lmas ado aning haqin yuz ganj ila
Farzand dunyoga keldi. Qarang qanday beg'ubor, shiringina, Ota-Onasiga bir dunyo quvonch olib keldi u.
Aytingchi, shu endigina dunyoga kelgan farzandni siz o'g'iri, qotil yoki olim, buyuk bir inson deya olasizmi? Yo'q albatta. Endi unga yaxshi ta'lim tarbiya bersangiz u Alloh iroda qilgan, siz kutgan farzand bo'lib ulg'ayadi. Har qanday Ota albatta farzandini buyuk bir inson bo'lib yetishishini u bilan faxrlanib yurishni istaydi. Ota hayoti davomida pul topaman deb bolasi uchun kam vaqt ajratadi va uni munosib ustozlar tomon yo'naltirib turadi. Bog'cha yoshiga yetgach uni bog'chaga, keyin eng yaxshi maktabga beradi. O'zi ishongan ustozlar qo'liga topshiradi. Bolam bo'sh vaqtlarida bekorchi yurmasin deb uni har xil to'garaklarga beradi. Keyin Istitut, chet elda o'qitish v h k z...
Agar yaxshi ta'lim tarbiya berilmasa bolaning kelajagi Ota uchun fojiyali yakunlanishi aniq.
Menga ustozlarim yaxshi ta'lim tarbiya bermaganda kelajakda Ota-Onamni haj safarlariga yuboraman, jamiyatda o'z o'rnimni topib Ota Onamning faxri, g'ururi bo'laman, muhtojlarga yordam qilib Ota Onamga Allohning savobini yog'diraman deb maqsad qo'yarmidim?
Balki ba'zi bir nodon, ahmoq farzandlarga o'xshab "Ota Onam meni tug'ulishimga sababchi xolos" deb jirkanch niyat bilan Suriyada yurmasmidim?
Hammani dunyo qarashi har xil, bu iborani kimdir diniy tarafdan yana kimdir ilmiy tarafdan muhokama qiladi, men esa " Ustoz Otangdan ulug' "variantida qolaveraman.
Menga ta'lim tarbiya bergan barcha ustozlarimni ushbu kasb bayramlari bilan chin qalbimdan tabriklayman! Oldingizda bir umrga qarzdorman. Bayram muborak aziz ustozlar!
@kuch_adolatdadir_Amir_Temur