This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Устоз отангДАН улуғ"ми ёки "Устоз отангДЕК улуғ"ми?

Бу ҳақида халқ шоири Эркин Воҳидов "Сўз латофати" китобида нима деб ёзганлар?

Раҳматли устозимиз Омониллахон Мадаев ушбу мақолнинг нозик маъноси тўғрисида қуйидаги видеолавҳада сўз юритганлар.

Омониллахон домланинг қуйидаги жуда ўринли ва таъсирли фикрларига қўшиламан:

“Устоз отангдан улуғ” деган мақолни “отангдек улуғ” деб талқин қилинишининг ўзи жамиятда устозлар нуфузи тушганини билдиради ва бу миллатни фожиага етаклайди”.

Видео манбаси


👉 @xushnudbek 👈

239 comments

Show 100 more comments
Дилором Курбонова 72-мактаб
Салом Хушнуджон.мен Кашкадарёнинг Шахрисабз тумани Мирокига яшайман.сиз Билан жуда куп нарсаларни маслахат килгим келади.
Madonna
Ota onasini hammayam yahshi kuradi,bu gaplar nega kerak kop kotta odamlarmiz man ustozimni otamdan ulug' kurmiman degan gaplar,bu ibora hurmat e'zoz haqida faqat
Video ni kòrishdan oldin "dek" deb hidoblardim lekin ustoz tub ma'nosi ni tudhuntirib berdilar , juda toģri gapirdilar !!! Bayram muborak ustozlar !
Дилором Курбонова 72-мактаб
Масалан .укитувчиларни аттестациядан утказиш хакида,мактабимизда хали хам проектор йуклиги хакида
​​" Ustoz otangdan ulug' " mi?

Farzand dunyoga keldi. Qarang qanday beg'ubor, shiringina, Ota-Onasiga bir dunyo quvonch olib keldi u.

Aytingchi, shu endigina dunyoga kelgan farzandni siz o'g'iri, qotil yoki olim, buyuk bir inson deya olasizmi? Yo'q albatta. Endi unga yaxshi ta'lim tarbiya bersangiz u Alloh iroda qilgan, siz kutgan farzand bo'lib ulg'ayadi. Har qanday Ota albatta farzandini buyuk bir inson bo'lib yetishishini u bilan faxrlanib yurishni istaydi. Ota hayoti davomida pul topaman deb bolasi uchun kam vaqt ajratadi va uni munosib ustozlar tomon yo'naltirib turadi. Bog'cha yoshiga yetgach uni bog'chaga, keyin eng yaxshi maktabga beradi. O'zi ishongan ustozlar qo'liga topshiradi. Bolam bo'sh vaqtlarida bekorchi yurmasin deb uni har xil to'garaklarga beradi. Keyin Istitut, chet elda o'qitish v h k z...

Agar yaxshi ta'lim tarbiya berilmasa bolaning kelajagi Ota uchun fojiyali yakunlanishi aniq.

Menga ustozlarim yaxshi ta'lim tarbiya bermaganda kelajakda Ota-Onamni haj safarlariga yuboraman, jamiyatda o'z o'rnimni topib Ota Onamning faxri, g'ururi bo'laman, muhtojlarga yordam qilib Ota Onamga Allohning savobini yog'diraman deb maqsad qo'yarmidim?

Balki ba'zi bir nodon, ahmoq farzandlarga o'xshab "Ota Onam meni tug'ulishimga sababchi xolos" deb jirkanch niyat bilan Suriyada yurmasmidim?

Hammani dunyo qarashi har xil, bu iborani kimdir diniy tarafdan yana kimdir ilmiy tarafdan muhokama qiladi, men esa " Ustoz Otangdan ulug' "variantida qolaveraman.

Menga ta'lim tarbiya bergan barcha ustozlarimni ushbu kasb bayramlari bilan chin qalbimdan tabriklayman! Oldingizda bir umrga qarzdorman. Bayram muborak aziz ustozlar!

@kuch_adolatdadir_Amir_Temur
R*18/3 ADOLAT Sherxonova
Assalomu Alaykum bitta nars so‘ramoqchi edim men o‘qishni ko'chirish uchun ariza yozgandim arizam Davlat komissiyasiga tekshirishga borgan qachon javob chiqadi
R*18/3 ADOLAT Sherxonova
Iltimos bilganlar bo‘lsa aytib yuboringizlar
Ustoz hayotning chiroģi hayot yòllarini yoritguvchi bamisol ertangi kelajkda sizni tarbiyalab beruvchi insondir
Hech qachon ustoz otadan ulug' bo'la olmaydi ustozning otaDek ulug' bo'lishining o'zi ham ularga nisbatan katta hurmatni bildiradi (shaxsiy fikrim)
Ps: bayramingiz muborak aziz ustozlar
Shavkatjon Jovliyev
Otadan ulug' zot Ollohdir. Omonullaxon bekor aytibdi. Kim bo'lgan bo'lsa ham otasidan ustun ko'rib ustozini uyiga olib kelib yashasin. Otasini qariyalar uyiga berib unda.
Бирини иккинчисидан улуғ деб ажратиш менимча нотўғри. Иккисини ҳам розилигини олган инсон Аллоҳнинг розилигини олади. Аллоҳ Каломида ўзига ибодат қилишдан кейинга Ота-онага яхшилик қилишни қўйган. Пайғамбаримиз ўргатган дуода ҳам аввал ота-онани, сўнгра устозларни мағфирати сўралади. Ота битта бўлади, устозлар эса кўп. Шулардан хулоса қилиш мумкин. Бу мени фикрим.
Javlon
Ulugbek (Zayd)
Устозлар отадан улуг булса, укувчилар устозлар учун боласидан азизми? Жавоб берилачи устозлар?
видеолавҳани яхшилаб этибор билан тинглаб кӯринглар.(фикринггиз ӯзгариши мумкин.)
Shavkatjon Jovliyev
Shuning uchun ham ustozlarga past nazarda qaralmay ustoz otangdek ulug' deb bejizga aytilmagan. Erkin Vohidov ham aqllilik qilmasin bu yerda.
Show next 56 comments