This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Устоз отангДАН улуғ"ми ёки "Устоз отангДЕК улуғ"ми?

Бу ҳақида халқ шоири Эркин Воҳидов "Сўз латофати" китобида нима деб ёзганлар?

Раҳматли устозимиз Омониллахон Мадаев ушбу мақолнинг нозик маъноси тўғрисида қуйидаги видеолавҳада сўз юритганлар.

Омониллахон домланинг қуйидаги жуда ўринли ва таъсирли фикрларига қўшиламан:

“Устоз отангдан улуғ” деган мақолни “отангдек улуғ” деб талқин қилинишининг ўзи жамиятда устозлар нуфузи тушганини билдиради ва бу миллатни фожиага етаклайди”.

Видео манбаси


👉 @xushnudbek 👈

239 comments

Show 100 more comments
Marjona Usmonova
Assalomu alaykum, hech kim otadan ulugʻ boʻlmadiku, faqat paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam va barchamizning yaratuvchimiz boʻlgan Allohdan boshqa, aslida maqolda ustoz-otangDEK ulugʻ, biznikilar buzib otangdan ulugʻ deyishadi, uni ustiga otangdek ulugʻ degani ustozni qadri tushganini bildiradimi, bu nima degani, otaga tenglashtirganimizni oʻzi ustozni qanday ulugʻligini bildirishi kerakku,
Бисмиллаҳир рохманир рохийим, бизга устозларимиз ўргатишган ва кўп диний китобларда ҳам келтирилган. Бизнинг отамиз Одам алайҳиссалом, одам алайҳиссалом отамизнинг устози эса Аллоҳ таолодир. Бу мақолни қисқа ва лўнда қилиб ёзган инсон нақадар олимдир. Ва албатта бу мақолни шархини ҳам юқоридагиндек тушинтирган.
BEKNAZAR
YAXSHI SHE'R EKANU LEKIN MANTIQSIZ EKAN SIZ AYTGAN USTOZLARNI SONI KAM OTA ESA BITTA USTOZNI TOPSA BULADI OTA ONANI ESA YUQ USTOZNI OTADAN ULUG' TUTMELAR KALTAFAXM UYLAB
Bu she'r emas. Keyin ustoz deb maktabdagilarni oʻylash kerak emas. Umuman olganda u maktabda ham boʻlishi mumkin yoki instda yoki ishda yoki boshqa joyda. U sizga bilim emas, tarbiya, oʻrnak, hayotizga toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi. Balki har kimni ham unday ustozi boʻlmas shuning uchun ham shunday oʻylashar. Keyin bu yerda otani darajasi tushurilgani yoʻq umuman. Ustozini ana shunday hurmat qilagan dadasini boshida koʻtarib yuradi.
777
Тугри савол агар гу фикрни тасликласа жавоб берсин!
õzlaricha ustozda endi bular õzlarini otadan ustun qõyishga harakat qilishmoda mana nima uchun befahm bular mana nima uchun ta'lim rivojlanmayabti polni befarosatlar tõplanvoganidan õzini otadan ustun qöyish uchun harakat qilayotganidan! Yana bazi aqillilari paygambarimiz S.A.V ni ham qöshib õtibdi paygambarimizdan yetib kelgan otalarni qanchalik hurmat qilish kerakligini eshitmaganmikin õsha yozayotganlar?
zoyirov
Men ham bo'lajak ustozman Lekin Ustoz otadan ulug' bolmaydi chunki ota har bir insoni Birinchi ustozi bo'ladi
Ustoz xech qachon otangdek xam otangdan xam ulug‘ bo‘lolmaydi o'ta bergan narsa ustoz berolmaydi o'tamiz xam ustoz xam murabbiy xam tarbiyachi xam psixolog xam homiy otaga tenglashtirish xato otani o'zi ustoz xayotni o‘ragatadi ustozlani ko‘rayabmiz qanaqa xolat korrupsiya tabaqalshtirish o‘quvchilarni ajratish ko‘ryabmiz agar zo‘r bo'lishganda kurslarga xarajat qilib bormas edik
Мақоллар узоқ йиллар давомида, ҳаёт тажрибасига эга бўлган инсонлар томонидан айтилиб, яна ҳаёт давомида сайқалланиб боради. "Устоз-отангдан улуғ" мақолида ота тимсоли инсон учун энг улуғ зот отадан ҳам устознинг улуғлигини кўрсатяпти. Ҳақиқий устоз ўзининг шогирди ёеи ўқувчиси учун ҳам касбий таълим, хунар ва ҳаётий тажриба берадиган зот. Лекин устоз нафс учун шогирдига нисбатан ғайрилие қилишини ўша устозни ҳулқи иймони айнибди дейиш мумкиндир, аммо хозирга кунда учраётган айрим "ОТА"ларни ўз фарзандига қилаётган қабихликларини асло кечириб бўлмайди. Ушбу мақол келиб чиқишида шуни назарда тутган бўлса керак. Бу менинг ўта шахсий фикрим.
Бекзод
Ассалому алайкум Хушнудбек. Сизга саволим бор эди, укувчилари президент мактабига кабул килинган укитувчиларга бирон бир мукофот бериладими. Шуни билиб беринг рахмат.
●K.M.P●
Ota bu ota ustoz bu ustoz. Ota bn ustozni solishtirishning uzi aqlli odamning ishi emas. Maqolga kelsak ustozini hurmat qilishga aqli yetmaydiganlarga yaxshiroq tushuntirish uchun aytilgan bo‘lsa kerak. Lekin ustozni hurmat qilishga aqli yetmagan odam otani qadriga yetishi dargumon. Otam pulini to‘layapti deydiganlarga kelsak ular faqat pul to‘layotgani uchun o‘qiydi. Tekinga o‘qitishsa o‘qishmidida. O‘qishi uchun chontagidan pulini olib turishsa puliga ichi kuygandan yoki otasidan gap eshitib qolishdan qo‘rqib o‘qishar balki. Meni otam ham o‘qituvchi buvim o‘qituvchi lekin ularni qo‘lida hech o‘qimaganman. Otamni ko‘rmasdan katta bo‘ldik. Ertalab 7 da ketganlaridan biz uxlagan paytda ishdan kelganlar. Maktab internatda ishlardilar. Ular oylik olishsa bolalarga kirgan darslariga pul to‘lashadi. Erta tongdan yarim kechgacha yurganigamas. Xop ayting qaysi oqituvchi mazza qilib yashayapti olgan oyligiga. Mahallamizda bir o‘qituvchi bor. Boshlangich sinfligimizda dars bergan bizga. Yozda mardikorlik qilib yuradi birovlarni uyida. Rosa yuragim ezildi uni ko‘rib. Sentabrda yana maktabga qaytadi. Aslida o‘qituvchining oyligini aytmang haqqinggiz yoq. Bu uni mehnati uchun to‘lanadigan arzimas haq. Siz hech bo‘lmasa ularni sizga nimadir o‘rgatgani uchun hurmat qiling. Bilimsiz o‘qituvchilar ko‘paygan bo‘lsa uzini qadrini bilgan bilimli odam boshqa yo‘ldan ketadi. Qo‘lidan kelsa. Qo‘lidan kelmasa ana shunaqa nisbatan qadrliroq bo‘ladigan o‘quv markazlariga ishga kiradi. Arzirliroq o‘qishni xohlaydigan odamlarga bilimini berish uchun. Men ham o‘qituvchi bo‘lmoqchiman. Lekin kelajakda kim bo‘lmasin millionlarni to‘lasayam meni hurmat qilmaydigan oquvchini o‘qitishni aslo xohlamayman.
Ота бу ота ҳеч бир устоз ундан устун бўлмайди !
Тугри таьлим берар ёки касидир хунар ўргатар Отангдек улуг деган фикрга кушиламан .
Аммо Отангдан улуг дегани бу илмсизлик ва беодоблик деб хисоблайман .
Бу шахсий фикр
фикрларни укиб куриб, мантиксиз фикрлайдиган ешлар куп эканлиги. Омонулла домла айтганлари тугри эканлигига амин булдим.
ⒺⓁⓎⓄⓇ
Bu gapni o'zgartirishga xaqqimiz yuq
Yaxshiyev Mumin
Т
Камилджан Юлдашев
Бу саволни уртага ташланиши мантиксизликдан бошка нарса эмас.Ота-бу ота!Отанинг уз нуфузи ва хурмати бор!Устоз-бу устоз ва устознинг хам уз нуфузи ва хурмати бор!
Show next 8 comments