Birinchi navbatda hayolimga kelgan masala korrupsiya bo'ldi, ushbu qaror fan olimpiadalari, va boshqa tanlovlardagi korrupsiyaga va bilimlarni nohaqqoniy baholanishiga keng yo'l ochib beradi 😐. Buni boshqa tanlovlar misolida yaqqol ko'rish mumkin. Qaror samaradorlikka erishishi mumkin bo'lgan yagona shart bu olimpiadalardagi savollar, testlar va jarayonni mukammal ishlab chiqqan holda jiddiy nazorat ostida (ya'ni qarindoshlar urugchilik, tanish bilishchilik va umumiy planda korrupsiyadan holi) o'tkazilishidir.
Prezidentimiz tilimizga ham e'tibor qaratsalar bo'lardi.Mana shunday Olimpiadalarni ko'paytirsalar tilimizni o'qishga ham o'quvchilarda qiziqish ortardi.Xalq ta'lim vaziri ham dars soatlarini kamaytirib tashladilar.
Boshqa fanlar-ijtimoiy-gumanitar fanlari uchun ham shunday ta'lim uzluksizligini ta'minlaydigan qaror loyihasini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etish lozim. Misol uchun Huquqshunoslik va h.k.
Mahliyo Naimova
Ha juda ajoyib , lekin korrupsiya aralashmasa hammasi zo'r bo'lishiga barchamiz ishonamiz
Marvarid
Assalomu alaykum ,juda zoʻr qaror ,oʻz vaqtida chiqarildi,bu oldinroq chiqsrilishi kk edi ,
Olimpiada o'tkazish jarayoni shaffof bo'loshiga ishonish qiyin. Bundan tashqari olimpiada materiallari shunchaki avvalgi Rossiya olimpiada materiallaridan ko'chirib olinish holatlari kuzatilishi mumkin. Bu olimpiada darajasidagi malakali professorlar savollar tuzish va hatto ishtirokchilarni baholash jarayoniga jalb qilinmasligidan kelib chiqadi menimcha.
Rag'batlantirish yaxshi! Lekin muxumroq masala, bu fanlarni uqitishni isloh qilish! Bizda aksariyat xollarda asosiy aksent masala yechishga qaratilgan! Lekin ta'lim tizimi yaxshi tashkil etilgan maktab bolalari bizni talabalardan kuproq amaliy bilimlarga ega! Aniq fanlarni ( science) ni amaliy tomoniga kuproq etibor qaratilsa, reytingi yuqori science darsliklarini dasturga kiritilsa yaxshiroq bulardi.
Ғофуржон Рахимжанович
Ассалому алайкум, албатта жамиятдаги муаммоларни ечими айрим фанларни мамлакат миқёсида қай даражада ривожланганига боғлиқ, хусусан Биология фани ривожи деярли барча глобал муаммоларни ечимини белгилаб беради, чунки бу фан Тиббиёт ва қишлоқ хўжалигини назарий асосини ташкил этади.
Salom alaykum bu tabiy fanlarga etibor beriw yaxwi ammo qaysi bitiruvchi bakalavr talabasi kontrak oqiydi undan kóra bowqa otmga hujjat topwirad yana bir masala bu oddiy olimpiadalar ham korrupsiya bolib yotibdi. Olimpidaga respublikada 1-3 oringa imtiyozli kiriw taklifini bowqacaroq iwlaw kere shafoflik qilish qiyin shu borada
Akram
Qaror yaxshi meni o'ylantiradigan narsa ushbu maktablarda dars beruvchi kadrlar masalasidir
Men unchalik ma'qullamayman bu qarorni, chunki ayrim bir fanlarni hali-hanuz yaqinlarining cho'ntagiga qarab yopadiganlar borligini hech birimiz inkor qilolmaymiz. Talaba smestrni a'lo bahoga yopdi degani uning o'qishga kirishi uchun yetarlicha bilimi bor degani emas.
Qoyil. Tabiiy fanladan yoshlarimz bilimi juda past. Ayniqsa o'zim.biologyani tugatyatganm.uchun bu fikrdi maqulleman. Har holda ish qidrb sarson bo'mekanman. Bilimim.bor. o'zimga ishonaman.
Bu bilan dunyoni lol qoldirib bo‘lmaydi. Xitoy, Hindiston, Germaniya va AQSh ka'bi advanced leveldagi davlatlarda bor labaratoriya jihozlarni olib kelib iqtidorli talabalarni o‘sha labaratoriyalarda professional darajada o‘qitish kerak. Maktabda yaxshi o‘qib OTM da hech narsa o‘rganmasa hammasi havoga uchadi.
Дилором DK
Бошка фанлардан масалан физика математика инглиз фанларидан булишини жуда хохлардик
Olimpidaga respublikada 1-3 oringa imtiyozli kiriw taklifini bowqacaroq iwlaw kere shafoflik qilish qiyin shu borada