Hammasi yaxshiyu lekin olimpiadasi bo'lmapti! Yana o'sha eski tizim, korrupsiya avj oladi. Bunda korrupsiyaning oldini olish uchun mas'ullarda xohish, xafsala, iroda yo'q!
Mani fikrimcha, hamma imtiyozlarni olib tashlash kerak, agar bizga haqiqiy kadr kerak bo‘lsa imtiyozlarsiz test qilib qabul qilish kerak, imtiyozni OTM ga umuman aralashtirmaslik kerak, kuchlarni tenglashtirib sog‘lom raqobatni kuchaytirish kerak, ana o‘shanda yoshlar pul bilan imtiyozga emas, bilimi bilan o‘qishga kirishga harakat qiladi, bilimi bor insonlar bizga kerak jamiyatimizga kerak, ertaga ular mamlakatni rivojlantira oladi, imtiyozlilarmas, hamma imtiyozlilarni aytmayabman, masalan IIB ni farzandi grant bu konstitutsiyagayam to‘g‘ri kelmaydi, ingliz tili sertifikati bor abiturent testda 100 foiz ball yig‘a oladimi? Nima uchun chempionlarimizga barcha OTM ga imtiyoz bor, tan beraman ularga omadini bersin, lekin boksdan, karatedan chempion bo‘ldi degani, u yurist bo‘lishi kerak yoki iqtisodchi degani emasku, o‘zim guvohi bo‘lganman, o‘tgan yili bitta bola 159 ball bilan Yuridichiskiydan yiqildi, lekin yana bitta bola 69 ball bilan huddi shu OTM ga grantga kirdi chunki IIB ni farzandi. Adolatni qarang biz har doim shunaqa qilamiz qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarib qo‘yamiz. HECH QACHON BILIMI BOR INSONGA IMTIYOZ KERAKMAS, bilimli inson doim bilimiga ishonadi, imtiyozlarga emas, agar gaplarim notog‘ri bo‘lsa uzr so‘rayman hammadan, bu mani fikrim, baribir hech kimni qiziqtirmasa ham aytdim o‘z fikrimni.
Яхши гоялар. Лекин миллий сертификатлаштириш тизимини ишлаб чикиш ва сертификат олган талабалар имтихонсиз ОТМга киради деган жойини олиб ташлаш керак. Хакикий билими бор булса имтихонда олсин баллини. Коррупцияга айланиб кетади точно сертификат бериш жараёни.
Togri. Imtiyoz keraksiz narsa. Ota onasiga qarab berish esa umuman axmoqlik
Laylo Jumaniyazova
Kimyo, biologiyaga e'tibor berganlari yaxshi bo'libdi. Endi maktablarda shunga most holds dars soatlarini ham oshirsalar yaxshi bo'lardi. Bor yo'g'i haftasiga 2 soat. Hech bo'lmasa 4 soat qilishsin. Xona jihozlari, reaktivlarni yetarli qilishsa but ustiga a'lo but bo'lardi
Respublika va xalqaro fan olimpiadalari g'oliblarini umumiy ajratilgan kvota tarkibidagi grant o'rinlariga kiritilishiga qarshiman. Olimpiadada qatnashmagan bo'lsa ham o'sha talaba o'z kuchi bilan grantga kirishga harakat qilib bunga erishishga haqqi bo'lishi kerak. Umuman olimpiadist imtiyozlilarni umumiy kvotaga umuman daxl qilishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Qo'shimcha kvota ajratilishi shart.
Qandaydir darajada bu qarorning qabul qilinishida Covid 19 turtki bolgani hech kimga sir bolmasa kerak. Covid 19 hozir bizda mavjud va u blan kurashmoqdamiz. Shunday ekan, kelajakda bizni, umuman olganda dunyoni nimalar kutayotgani hali nomalum. Shunday ekan, qaysidir fanga katta urgu berib, qolganlarini chetda qoldirib bolmaydi. Axir yana 10 yildan keyin hackerlar blan muammo bosa, hammasini tashab informatikaga urgu bera olmaymiz. Chunki hozirgidek kech boladi. Shunday ekan har bir fanni davlat rivojalanishida oziga yarasha orni bor. Kimyo, biologiya, matematika, fizika, informatika... davom ettirsak bular anchagina. Ularni bir biridan ajratib bolmaydi. Bu huddi rivojlanishning Lokomativ turiga oxshaydi.
Assalomu alaykum! Bitta savolim bor Kim bilsa Jacob beringlat iltimos. Xuddi shu qarordagidek, chet tillar yonalishini a'lo baholarda bitirgan magistrlar ham tayanch doktoranturaga imtihonsiz qabul qilinarmikan? Kim bilsa javobi uchun oldindan raxmat)
Teran fikr mulohaza yuritilibdi!👏🏻