Юқоридаги қарор бўйича фикрларингизни шу ерда билдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
MEHRIBON
Judayam yaxshi qaror bölgan chunki aksariyat öquvchilar kimyo fanini özlashtirishga qiynalishadi bu fanlarga köproq e'tibor qaratilsa öquvchilarning ham bilim saviyasi yanada oshardi
# N.o.X.G #
Xushnudbek yaxshimisiz hormang! Savolim bor edi: parklar va attraksionlar xaqida so'ramoqchiydim" raxmat
Akmaljon
Biologiya va kimyoni fanlarni rivojlantiriwga zor turtki bopti albatda bu qaror og'izda qop ketmaydi degan umiddaman
KARIMAXON👑
Ассалому алайкум.
Ушбу карор уз вактида кабул килинган деб уйлайман. Коррупцияга йул очувчи хам бархам берувчи хам ота-оналарнинг узи. Бошка фанларга хам эътибор каратилса максадга мувофик булар эди. Тошкент шахридаги жуда куп мактабларда тарих, хукук, математика укитувчилари етишмайди. Мактаб рахбарлари эса бу хакида тугри маълумот бермайдилар!!! Укитувчиларни рагбатлантириш тизимини яна бир бор кайтадан куриб чикиш керак. Балким ушанда мактабларда укитувчилар етишмувчилигига бархам берилади!!!
Elzara Nametova
Zor qaror bopdi. Maktablarni shunga moslab jihozlab berishsa yaxshi bolardi.Amaliy ishlarni otkazishga imkoniyatimiz yoq.
Mahmudjon
Kimyo va biologiya bizda mavjudmi o'zi? Saxroda kema qurib unga minib suzamizmi? Suv yo'q kema hech qachon suzmaydi..
Men Matematika faniga ixtisoslashtirilgan maxsus maktablar ochilishini kutgandim
Jasur
Juda ham ajoyib qaror. Oldingi ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida (8-sinfdan qabul qilinib, 11-sinfgacha o‘q‘itilar edi) huddi shunday yo‘nalishlar ya‘ni fizika-matematika, matematika-ingliz tili va kimyo-biologiya sinfalariga o‘quvchilar qabul qilinar edi. Shu maktab internatlari tashkil qilinsa yaxshi bo‘larmidi deb o‘ylayman. Repetitorlarning narxlarini ham ko‘rib chiqishsa yaxshi bo‘lar edi, hozirgi kundagi narxlarga hamma ham bora olmaydi.
Matematiklar maktabini tashkil qilish kerak
Холбоева К
Juda To'ģri va odIlona qaror.faqat Maktablarda Dars soat lari Kam.Ish muammosi yuqori.men ham buyil biologiya ni tamomladim.
Манимча кимё биология фани билан биргаликда чет тилини ҳам мукаммал ўрганишлари учун ўқувчиларимизга қанавадир қўшимча имкониятми шароитми яратиб бериш керак. Бу қароримиздан провард мақсад дунёда энг етук мутахассисларни етиштириш манимча мактабларимизга ўқитувчилар тайёрлаш эмас. Бу мақсадга эришиш учун чет тилини ўрганмай туриб эришиш мумкин эмас деб ўйлайман. Тан олиш керак ривожланган давлатлар ушбу фанлар бўйича биздан анчагина илгарилаб кетган. Бу менинг шахсий фикрим албатта :-)
ELDORBEK YULDASHEV
Ha yaxshi qaror yangi qaroru faqat yangi korrupsiya yo'li boshlanib ketmasa bo'ldi
Bu qaror oʻz oʻrnida. Fanni toʻgʻri baholab, yaxshi yoʻl tutilibdi. Har bir asosiy fanlarni shunday rivojlantirish juda zarur edi. Ayniqsa maktab oʻquvchilarining bilim darajasini aniqlash uchun olimpiadalar oʻtkazish juda yaxshi fikr.
PS: faqat olimpiadada nazoratchi oʻqituvchilarning barchasining oshqozonini sugʻurib olib, boshiga salla qilish kerak. Bu juda zarur. Negaki, oʻrta maktabni bitirganimga 7 yil boʻlibdiki korrupsiya hali hamon avjida, ustiga ustak gullab yashnamoqda.
Akmaljon
Maktablarda biologiya kimyo fanlardan mutahasislar etiwmaydi wu sababli kopchilik ota-onalar parzandlarini repititorga beriwadi maktablarda oqitiw sifati pasligi uchun agar bu qonun iwga tuwsa kopchilik ota-onalarga maktab bitiruvchilariga engillik bolar edi bu mani fikrim chunki mandayam wunday vaziyat bolgan
Juda ajoyib bo‘libdi. Kelajakka qo‘yilgan ildam qadam. Moddiy texnik bazani ham yaxshilashsa juda zo‘r bo‘lardi
Akmaljon
Imtiyozli diplom degani qanaqa diplom biladiganlar bosa aytvorilar oldindan raxmat
ixtisoslashtirilgan maktablarga ham OTMni bitirganlar ham oʻqisa boʻladimi?
Show next 100 comments