Тест синовлари ҳақидаги айрим маълумотлар эълон қилинди

✅ Тестда иштирок этиши белгиланган 948 минг 211 нафар абитуриентларнинг 892 минг 242 нафари ёки 94,1% имтиҳонларда иштирок этган.

❌ 55 969 нафар абитуриент турли сабабларга кўра тест синовларида қатнашмаган.

Жами 563 нафар абитуриент тест синовидан четлатилган. Шундан:

➖ 328 нафари тест синови жараёнида;
➖ 235 нафари ҳудудга киришда тартиб-қоидани бузганлиги сабабли.

❗️Тест натижаларига кўра 75 нафар абитуриент максимал 189 балл тўплашга муваффақ бўлди.

✅ Энг кўп максимал балл олган абитуриентлар:
➖ Тошкент давлат юридик университети – 22 нафар;
➖ Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети – 13 нафар;
➖ Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети – 11 нафар.


👉@xushnudbek👈

564 comments

Show 100 more comments
Jahongir
Qachon chiqarkan javoblari
☆ Azamat♪
Hurmatli abituriyentlar!!! Mandat qachon chiqadi deb qayta-qayta savol berishning keragi yo'q. Shukr qilinglarki barchangiz umumiy qancha ball to'plagansiz, qaysi blokdan nechta to'g'ri javob bergansiz, hattoki javoblar varaqasini ham elektron rasmini ko'ryapsiz, bundan tashqari nechta abituriyent sizdan yuqori ball olganlarigacha ko'rib turyapsizlar. 5 - 6 yil ilgari bizlar na necha ball olganimizni, na javoblar varaqasini umuman hech qanday ma'lumotni ololmas edik. Mandat elon qilinganida sms kutib o'tirardik, sms ham darrov kelmas edi. Axir buni oldida hozirgi sharoit eng yaxshisiku, sizlarni ko'pchiligingiz esa DTMni yomonlash bilan ovorasizlar, bazilar hattoki kurakda turmaydigan gaplar yozishyapti. Kimningdir mehnatini qadriga yetishni o'rganaylik!!!
GULRUH
Assalomu alaykum hammaga savolim bor edi 56000 nafar abuturiyentlar imtihonga kelishmagan ulardan 1200tasigina kovid bulsa qolganlari nima buladi ular ham qayta topshiradimi oldindan raxmat javob uchun
135 ballar bn xorijiy fakultetlaga kirsa bularmikan
Bakirxo'jayev S
Man 3 yil odamladan eshitganlarimmi g'iybat db ishonmadm otgan yili 18 ball yetmagandayam adolatli test boganiga ishondm lekin bu yil o'z ko'zim bilan O'zbekistondigi korrupsiya botqog'iga DTMiyam Tub tubigacha botganiga ishonch hosil qildim.
Eng qizig'i 4 yil Yuridik Universitetidan hafsalam pir bolib texnikumga topshrmoqchi boganmda umaman topshirishshi imkoni bomadi va har doyimgidek na DTM bilan Na Yuridik texnikum bilan bog'lanib bomidi. Bu tabiat qonuni imtixonda savol notog'riligi haqidigi shikoyatnomammi albatta yetib boradi va imtixonda jovobi chiqadi dyishgandi Nazoratchila hich qanaqa jovobi kemaganiga qaraganda xojatxonaga qog'oz zarur bopqogan.
Zulfiya
Maktabgacha talimga 60 bal bilan kirib bolmasa kerak
GULRUH
Xushnutbek akani uzlari borlarmi
Bu yil kirish bali oldingi yilgidan past buladimi qanaqa buladi nma dip uylaysizlar?
Ассалому алайкум мандат чиқмадими
Show next 98 comments