Нима учун ОТМларнинг молиявий ҳисоботлари ошкор қилинмайди?

Жуда кўп дуч келамиз, давлат бўладими, нодавлат бўладими, кўплаб ташкилотлар халқда пайдо бўлаётган норозиликларга энг аввало одамларнинг ўзини айбдор қилади. «Биз қилаётган ишларни билмасдан, масалани тушунмасдан, қилинаётган ўзгаришлар моҳиятини тўғри англаб етмасдан, фақат танқид қилишни билишади» деган айбларни тез-тез учратамиз.

Аммо аслида айб ўша ташкилотларнинг ўзида, улар етарли даражада тушунтириб бера олмаган, масала моҳиятини халқ тилида кенг тарғиб қилмаган ва энг асосийси очиқ ҳамда шаффоф маълумотлар тақдим қилмаган.

«Улар» лойиҳасининг аввалги сонида TEAM университети ректори Алишер Ҳасанов ҳам талабалар контрактлари атрофида юзага келаётган норозиликлар ҳақида гапира туриб, айнан шунга урғу бериб ўтган (видео пост охирида). Яъни талабалар тўлаётган контракт харажатни қопламаслиги рост, аммо буни тўғри етказиб бера олиш керак, маъносида.

Яқинда Ҳукумат пандемия муносабати билан талабалар контрактига 10% чегирма эълон қилди. Аммо шу чегирмадан кейин ҳам норозиликлар тиниб қолгани йўқ, аксинча яна янги гаплар, янги важлар пайдо бўлди. Бунинг сабаби нима? Сабаби "эй, булар ўзи доим ношукр"лигидами ёки етарлича очиқ ва шаффоф маълумотлар берилмаётганидами?

Шу чоққача ОТМ ректорлари ўз талабаларига молиявий харажатлари ҳақида маълумот бердими? Қайси ректор қилди шу ишни? Чиройли (хунук бўлса ҳам майли) тақдимот, диаграмма, инфографикалар билан ОТМ 1 йилда қанча топяптию, қанча харажат қиляпти, шуни қанчасини талаба тўляптию, қанчасини давлат қоплаб беряпти, ҳар йили қанча фойда ёки қанча зарар билан чиқяпти, шулар ҳақида ҳисобот тақдим этдими? Йўқ!

❓Нега? Нега тақдим этишмайди? Нега ОТМлар бюджети, молиявий ҳисоботлари ёпиқ ва сирли?

Ахир давлат ОТМлари халқ тўлаётган солиқлар ҳамда талабалар тўлаётган контрактлар эвазига кун кўряптику. Уларнинг молиявий ҳисоботлари билан танишишга нафақат талабалар, балки ҳар бир ўзбекистонликнинг тўла ҳаққи бор. Бюджетдан ажратилаётган пуллар қаёққа, қанақа сарфланаётганини билишга ва уни назорат қилиб боришга жамоатчилик 100% ҳақли!

Шунинг учун янги ўқув йили бошлангунга қадар солиқ тўлаётган халқни, контракт тўлаётган талабаларини ва албатта ўзини ҳурмат қилган ректорлардан очиқ ва шаффоф молиявий ҳисоботларини эълон қилишларини сўрайман. «Биз зарар билан чиқяпмиз, ўшанчун контракт нархи шунақа» деган умумий гаплардан чекинадиган пайт келди.

P.S.: олий таълимдаги контрактлар миқдори масаласидаги позициям кўпчиликка маълум. Менга давлат ОТМлардаги молиявий сиёсати ёқмайди, ОТМларнинг зарарига ишлашига эса тиш-тирноғим билан қаршиман, гарчи бу талабаларга унчалик ёқмаса ҳам. ОТМлар тезроқ молиявий ва академик мустақил бўлишини, контракт нархини харажатларидан келиб чиқиб ўзи белгилашини, ҳадеб давлат бюджетига қараб қолмасдан, ўзи даромад қилишга ўрганишини, ўзи топган пулни эркин ишлата олишини, умуман олганда бозор иқтисодиёти қоидалари ва соғлом рақобат муҳитида таълим сифати кўтарилишини истайман.

Тезроқ шу кунлар келишига тилакдошман.


👉 @xushnudbek 👈

185 comments

Show 9 more comments
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Agar kontrakt narxini OTM lar oʻzi belgilasa narx bundanda koʻtarilib ketishi ehtimoli yuqori mi? Hozirgi narx qoplamayotgan boʻlsa, demak...
Kamola Obidova
Assalomu aleykum Xushnudbek aka sizdan bir narsa suramoqchi edim men ikkinchi mutaxasislikda talim olaman 4- kursman talabalar orasida ikkinchi mutaxasislik qisqartrilar ekan bu yil bitirar ekanmiz degan gaplar bulyapti bazilar esa bu bizga emas 2020 yil uqiwga topwirganlar un deyiwyapti wunga oydinlik kiritib bersangiz
Otangizga raxmat tòppa tòģri
Shaxnoza Mirzayeva
Assalomu alaykum iltimos sizlarga savolim bor edi 5 yil va undan yuqori stajlilar maxsus sirtqida tavsiyanoma asosida o‘qisharkan savolim shundaki men 2 ta tashkilotga ishlaganman oxirgi ishlagan tashkilotim MTT ishlaganimga 3.5 yil boldi oldin ishlagan tashkilotimni staji ham qo‘shib hisoblanadimi Xushnud iltimos yordam bering shuni kengroq tushintirib bering
Barbir online bòladigan bolsa òqish kontarkt miqdorini tushirish kerak
Yaxshi taklif Xushnudbek aka
OTMlar zarariga emas chòntakigiga iwlaydi. davlat byutjetu esa bahona xolos.
Bizning mentalitet moliyaviy mustaqillikni ko'tara olmaydi ochigi. Soqqani qilib qolish kerak qabilida ish bo'ladi. Bittasi soqqani qilib qolay deydi, orqasi ochilib qolsa shartta ishdan ketadi. Yiqqan-terganim yetadi deydi tamom.
Тугри, хозирги тулаётган контракт суммалари ва укиш шароитларини солиштирадиган булсак ОТМлар зарарига ишлаётганига ишониш кийин
Assalomu alaykum Xushnud aka yaxshimisiz. Biz ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirishimiz kerak lekin ikkinchi mutaxassislikka sayt to'liq ishlamayapti yani xorijiy OTM larni tugatgan talabalar topshirishni iloji bo'lmayapti ikkinchi mutaxassislikka shunga har kuni oliy ta'lim Vazirligidan tel qilib so'rasak erta ishga tushadi indin ishga tushadi deydi lekin bir haftadan beri ishlamaydi. Shunga qandey chora ko'rilsa bo'ladi. Javob uchun oldindan rahmat.
Азиза Пардаевна
Тугри,бу пуллар хисоботи оммага бериб бормоча,балки контракт пули арзонрок хам булар ёки оширилмас.Контракт пуллари 100% кимларнидир шахсий эхтиёжларига ишлатилиб келингани аник
Yevropa universitetlaridan andaza olish kerak kopini xususiylashtirish kerak
Albatta bu juda ajoyib fikr. Hozirgi zamonda masalani bir tomonlama muhokama qilib hammani shunga yo'naltirish ancha murakkablashib borayapti.Shuning uchun ko'pchilik bu fikrga ijobiy yondashadi va albatta kutb qolardik barcha universitetlarning rektorlari bu masalaga jiddiy qarab bundan keyin talabalarga Mana shu masalalar boyicha tushuntirish ishlarini olb borish.Balki shundan keyin har qanaday norozilik va tushunmovchiliklar kelib chiqmaydi.
Hamid Musayev
Ko'p o'yinlar bo'ladi
Siz aytgan fikringiz togri men bir tanishim bilan gaplashgan edim u aytyapti men xitoyda oqiman lekin kantrakt tomas ekanmiz online bolar ekan oqish dedi bizda esa hamma kantrakt toledi online bolsa ham dedi xitoyda insof bor bizda yoq dedi
Xususiy universitetlarda xar hil stipendiya dasturlari ham bor ta lim sifati ham zor talaba tolagan kontrakti nima ga sarflanayotgani ochiq oshkora.Dunyoning TOP 20 ta universitetlarning hammasi xususiy
Assalomu Alaikum... Akfa University da hamma moliyaviy sarf xarajatlar talabalarga taqdim qilingan rektor tomonidan
Dilshod A
Aslida eng kotta muammo bekorchi darsla köp. Domlala uzi bilmidi nimaga bu mutaxassisli uchun mazkur fan kereligini. Domlalani qisqartirsa institutlaga muammo ishsizlikki oshirvossan didi. Domlalaga qilingan kitob chiqar bir narsa chiqar qoğozbozlik harajatlari institutlada judayam kotta.
Oliy talim vazirligi kotta grant evaziga halqaro mutaxassisla bn hamkorlida uzbekchada iqtisod, sogliqni saqlash va boshqa yönalishlada kitoblani chiqarsa ham sifat oshardi ham kam harajat bulardi. Unisef tawkilotini educationga atalgan qancha grantlarini osa buladi.
Qoğozbozli bn bekorchi fanlani öqitishshi kamaytirsa ham harajat kamayadi ham sifat oshadi har ikki tomon yutadi. Lekin bilmadim keresiz fanla qisqaradi qisqaradi gap kup lekin nega mustaqil har bitta institut uzi qisqartirib tawomayapti shu kungacha.
Улугбек
Pu postni to'liq o'qib chiqdim va bir ikta e'tirozlarim bor! Man OTMda 6 yil taqsil olganman (faqat bakalavrning o'zida) va OTMlarimizdagi haqiqiy ahvoldan xabardorman. Xushnud aka sizni gaplaringizni ba'zilariga qo'shilmayman. Bizda OTMlar moliyaviy mustaqil bo'lishi uchun avvalo hususiy bo'lishi kerak. Davlatga qaraydimi Oliy ta'lim demak davlat har tomonlama OTMlarni ehtiyojlarini qondirishi kerak ham moliyaviy ham moddiy texnil ta'minoti tarafdan. Har qalay bu ajratilayotgan pullar osmondan tushub qolmagan. Buzni to'layotgan soliqlarimiz orqali shakillangan davlat byudjetidan ajratiladi. Keyingi o'rinda kontrakt to'lovlari hali ham o'ta yuqori takrorlayman o'ta yuqori. Siz aholi daromadlariga nisbatan oling jon boshiga tushadigan yalpi ichki mahsulitga nisbatan oling! Yuqoriligiga yarasha sifatli ta'lim berilmaydi. Har yili taqriban12 mln to'lanayotgan kontraktga yarasha ta'lim berilmayapti. Oddiy misol. Repetetor va OTMlarning effikti ikki xil lekin bir biriga nisbatan sarflanayotgan xarajat yer bilan osmoncha farq qiladi. Aytmoqchiman bir yilda 3mln sarflab repetetorga ta'lim olgan bir yilda 12 mln sarflab OTMda ta'lim olgandan ko'ra samaraliroq. Shu tomonlarini chuqur o'ylab post yozing. Ayblash oson biz shuncha payt tushunishga harakat qilib keldikku nega bizni hichkim tushunishni istamayapti. O'zimdan qiyos Man 6 yillik OTMga ta'lim olish uchun tahminam 100mln o'zimga investetsiya sarfladim kontrakt boshqa xarajatlar ichida. Lekin uning qaytimichi. Har oy 1,5 mln maosh olib ishlaydigan bo'lsam qancha vaqtga chiqarib olaman. Ana korrupsiya qayerdan chiqib keladi. Aholining real daromadlari kam va ismte'mol tovarlari va boshqa mahsulot xizmatlar, soliq jarima va qo'shimcha to'lovlar yuqori bo'lgan nosog'lom iqtisodiyotda korrupsiya kelib chiqishi bu tabiiy hol. Biz avvalo ta'limni isloh qilib byudjet daromad va xarajatlarini byudjet shaffofligini, aholi daromadlarini oshirishning aniq qisqa muddatli va strategik yo'llarini ko'rib chiqmas ekanmiz mafaqat talim balki boshqa sohalar ham oqsaydi. Chunki iqtisodiyot yaxlit mexanizm bu mexanizmda qaysidir qism yaxshi ishlamasa umumiy holatga ta'sir qiladi!
𝓝𝓲𝓵𝓾𝓯𝓪𝓻
Бу даражага етишимиз учун хали аааанчааа ёз-у к’иш у’тиши керак-оввв!!!!
Show next 100 comments