Нима учун ОТМларнинг молиявий ҳисоботлари ошкор қилинмайди?

Жуда кўп дуч келамиз, давлат бўладими, нодавлат бўладими, кўплаб ташкилотлар халқда пайдо бўлаётган норозиликларга энг аввало одамларнинг ўзини айбдор қилади. «Биз қилаётган ишларни билмасдан, масалани тушунмасдан, қилинаётган ўзгаришлар моҳиятини тўғри англаб етмасдан, фақат танқид қилишни билишади» деган айбларни тез-тез учратамиз.

Аммо аслида айб ўша ташкилотларнинг ўзида, улар етарли даражада тушунтириб бера олмаган, масала моҳиятини халқ тилида кенг тарғиб қилмаган ва энг асосийси очиқ ҳамда шаффоф маълумотлар тақдим қилмаган.

«Улар» лойиҳасининг аввалги сонида TEAM университети ректори Алишер Ҳасанов ҳам талабалар контрактлари атрофида юзага келаётган норозиликлар ҳақида гапира туриб, айнан шунга урғу бериб ўтган (видео пост охирида). Яъни талабалар тўлаётган контракт харажатни қопламаслиги рост, аммо буни тўғри етказиб бера олиш керак, маъносида.

Яқинда Ҳукумат пандемия муносабати билан талабалар контрактига 10% чегирма эълон қилди. Аммо шу чегирмадан кейин ҳам норозиликлар тиниб қолгани йўқ, аксинча яна янги гаплар, янги важлар пайдо бўлди. Бунинг сабаби нима? Сабаби "эй, булар ўзи доим ношукр"лигидами ёки етарлича очиқ ва шаффоф маълумотлар берилмаётганидами?

Шу чоққача ОТМ ректорлари ўз талабаларига молиявий харажатлари ҳақида маълумот бердими? Қайси ректор қилди шу ишни? Чиройли (хунук бўлса ҳам майли) тақдимот, диаграмма, инфографикалар билан ОТМ 1 йилда қанча топяптию, қанча харажат қиляпти, шуни қанчасини талаба тўляптию, қанчасини давлат қоплаб беряпти, ҳар йили қанча фойда ёки қанча зарар билан чиқяпти, шулар ҳақида ҳисобот тақдим этдими? Йўқ!

❓Нега? Нега тақдим этишмайди? Нега ОТМлар бюджети, молиявий ҳисоботлари ёпиқ ва сирли?

Ахир давлат ОТМлари халқ тўлаётган солиқлар ҳамда талабалар тўлаётган контрактлар эвазига кун кўряптику. Уларнинг молиявий ҳисоботлари билан танишишга нафақат талабалар, балки ҳар бир ўзбекистонликнинг тўла ҳаққи бор. Бюджетдан ажратилаётган пуллар қаёққа, қанақа сарфланаётганини билишга ва уни назорат қилиб боришга жамоатчилик 100% ҳақли!

Шунинг учун янги ўқув йили бошлангунга қадар солиқ тўлаётган халқни, контракт тўлаётган талабаларини ва албатта ўзини ҳурмат қилган ректорлардан очиқ ва шаффоф молиявий ҳисоботларини эълон қилишларини сўрайман. «Биз зарар билан чиқяпмиз, ўшанчун контракт нархи шунақа» деган умумий гаплардан чекинадиган пайт келди.

P.S.: олий таълимдаги контрактлар миқдори масаласидаги позициям кўпчиликка маълум. Менга давлат ОТМлардаги молиявий сиёсати ёқмайди, ОТМларнинг зарарига ишлашига эса тиш-тирноғим билан қаршиман, гарчи бу талабаларга унчалик ёқмаса ҳам. ОТМлар тезроқ молиявий ва академик мустақил бўлишини, контракт нархини харажатларидан келиб чиқиб ўзи белгилашини, ҳадеб давлат бюджетига қараб қолмасдан, ўзи даромад қилишга ўрганишини, ўзи топган пулни эркин ишлата олишини, умуман олганда бозор иқтисодиёти қоидалари ва соғлом рақобат муҳитида таълим сифати кўтарилишини истайман.

Тезроқ шу кунлар келишига тилакдошман.


👉 @xushnudbek 👈

185 comments

Show 25 more comments
Xususiy universitetlarda xar hil stipendiya dasturlari ham bor ta lim sifati ham zor talaba tolagan kontrakti nima ga sarflanayotgani ochiq oshkora.Dunyoning TOP 20 ta universitetlarning hammasi xususiy
Assalomu Alaikum... Akfa University da hamma moliyaviy sarf xarajatlar talabalarga taqdim qilingan rektor tomonidan
Dilshod A
Aslida eng kotta muammo bekorchi darsla köp. Domlala uzi bilmidi nimaga bu mutaxassisli uchun mazkur fan kereligini. Domlalani qisqartirsa institutlaga muammo ishsizlikki oshirvossan didi. Domlalaga qilingan kitob chiqar bir narsa chiqar qoğozbozlik harajatlari institutlada judayam kotta.
Oliy talim vazirligi kotta grant evaziga halqaro mutaxassisla bn hamkorlida uzbekchada iqtisod, sogliqni saqlash va boshqa yönalishlada kitoblani chiqarsa ham sifat oshardi ham kam harajat bulardi. Unisef tawkilotini educationga atalgan qancha grantlarini osa buladi.
Qoğozbozli bn bekorchi fanlani öqitishshi kamaytirsa ham harajat kamayadi ham sifat oshadi har ikki tomon yutadi. Lekin bilmadim keresiz fanla qisqaradi qisqaradi gap kup lekin nega mustaqil har bitta institut uzi qisqartirib tawomayapti shu kungacha.
Улугбек
Pu postni to'liq o'qib chiqdim va bir ikta e'tirozlarim bor! Man OTMda 6 yil taqsil olganman (faqat bakalavrning o'zida) va OTMlarimizdagi haqiqiy ahvoldan xabardorman. Xushnud aka sizni gaplaringizni ba'zilariga qo'shilmayman. Bizda OTMlar moliyaviy mustaqil bo'lishi uchun avvalo hususiy bo'lishi kerak. Davlatga qaraydimi Oliy ta'lim demak davlat har tomonlama OTMlarni ehtiyojlarini qondirishi kerak ham moliyaviy ham moddiy texnil ta'minoti tarafdan. Har qalay bu ajratilayotgan pullar osmondan tushub qolmagan. Buzni to'layotgan soliqlarimiz orqali shakillangan davlat byudjetidan ajratiladi. Keyingi o'rinda kontrakt to'lovlari hali ham o'ta yuqori takrorlayman o'ta yuqori. Siz aholi daromadlariga nisbatan oling jon boshiga tushadigan yalpi ichki mahsulitga nisbatan oling! Yuqoriligiga yarasha sifatli ta'lim berilmaydi. Har yili taqriban12 mln to'lanayotgan kontraktga yarasha ta'lim berilmayapti. Oddiy misol. Repetetor va OTMlarning effikti ikki xil lekin bir biriga nisbatan sarflanayotgan xarajat yer bilan osmoncha farq qiladi. Aytmoqchiman bir yilda 3mln sarflab repetetorga ta'lim olgan bir yilda 12 mln sarflab OTMda ta'lim olgandan ko'ra samaraliroq. Shu tomonlarini chuqur o'ylab post yozing. Ayblash oson biz shuncha payt tushunishga harakat qilib keldikku nega bizni hichkim tushunishni istamayapti. O'zimdan qiyos Man 6 yillik OTMga ta'lim olish uchun tahminam 100mln o'zimga investetsiya sarfladim kontrakt boshqa xarajatlar ichida. Lekin uning qaytimichi. Har oy 1,5 mln maosh olib ishlaydigan bo'lsam qancha vaqtga chiqarib olaman. Ana korrupsiya qayerdan chiqib keladi. Aholining real daromadlari kam va ismte'mol tovarlari va boshqa mahsulot xizmatlar, soliq jarima va qo'shimcha to'lovlar yuqori bo'lgan nosog'lom iqtisodiyotda korrupsiya kelib chiqishi bu tabiiy hol. Biz avvalo ta'limni isloh qilib byudjet daromad va xarajatlarini byudjet shaffofligini, aholi daromadlarini oshirishning aniq qisqa muddatli va strategik yo'llarini ko'rib chiqmas ekanmiz mafaqat talim balki boshqa sohalar ham oqsaydi. Chunki iqtisodiyot yaxlit mexanizm bu mexanizmda qaysidir qism yaxshi ishlamasa umumiy holatga ta'sir qiladi!
𝓝𝓲𝓵𝓾𝓯𝓪𝓻
Бу даражага етишимиз учун хали аааанчааа ёз-у к’иш у’тиши керак-оввв!!!!
Vahob Raxmatov
Коррупция аралашмаган булса аллакачон такдим килинарди деб уйлайман акси булса такдим килишсинчи хисобот умумий эмас аналитик булсин
Ko’p OTM lar har bir talabaga qilinayotgan harajatlarni kontraktga hog’lagan holda hisoblab chiqaryapti. Lekin super kontraktlarni hisobini olishmayapti
Juda to'g'ri gaplar bo'libdi. Bu ko'pchilikni, xususan meni ham qiynaydigan masala. OTM larga o'zini o'zi boshqarishiga ruxsat berish vaqti keldi chamamda. Rektorlar xisobot beradigan bo'lsa shaffoflik yuzaga keladi. Meni qiynayotgan yana bir masalani aytmoqchiman. Yaqinda kontrakt narxi 10% kamaytirildi. Lekin bu faqat stipendiyasiz qilib to'lagan talabalarga tegishli ekan. Shunga xayronman. Agar biz stipendiya olmasak qiynalib qolishimiz aniqku. Buni ham stipendiyali kontrakt to'lagan talabalarga joriy qilish kerak deb o'ylayman!!!
Улугбек
Pu postni to'liq o'qib chiqdim va bir ikta e'tirozlarim bor! Man OTMda 6 yil taqsil olganman (faqat bakalavrning o'zida) va OTMlarimizdagi haqiqiy ahvoldan xabardorman. Xushnud aka sizni gaplaringizni ba'zilariga qo'shilmayman. Bizda OTMlar moliyaviy mustaqil bo'lishi uchun avvalo hususiy bo'lishi kerak. Davlatga qaraydimi Oliy ta'lim demak davlat har tomonlama OTMlarni ehtiyojlarini qondirishi kerak ham moliyaviy ham moddiy texnil ta'minoti tarafdan. Har qalay bu ajratilayotgan pullar osmondan tushub qolmagan. Buzni to'layotgan soliqlarimiz orqali shakillangan davlat byudjetidan ajratiladi. Keyingi o'rinda kontrakt to'lovlari hali ham o'ta yuqori takrorlayman o'ta yuqori. Siz aholi daromadlariga nisbatan oling jon boshiga tushadigan yalpi ichki mahsulitga nisbatan oling! Yuqoriligiga yarasha sifatli ta'lim berilmaydi. Har yili taqriban12 mln to'lanayotgan kontraktga yarasha ta'lim berilmayapti. Oddiy misol. Repetetor va OTMlarning effikti ikki xil lekin bir biriga nisbatan sarflanayotgan xarajat yer bilan osmoncha farq qiladi. Aytmoqchiman bir yilda 3mln sarflab repetetorga ta'lim olgan bir yilda 12 mln sarflab OTMda ta'lim olgandan ko'ra samaraliroq. Shu tomonlarini chuqur o'ylab post yozing. Ayblash oson biz shuncha payt tushunishga harakat qilib keldikku nega bizni hichkim tushunishni istamayapti. O'zimdan qiyos Man 6 yillik OTMga ta'lim olish uchun tahminam 100mln o'zimga investetsiya sarfladim kontrakt boshqa xarajatlar ichida. Lekin uning qaytimichi. Har oy 1,5 mln maosh olib ishlaydigan bo'lsam qancha vaqtga chiqarib olaman. Ana korrupsiya qayerdan chiqib keladi. Aholining real daromadlari kam va ismte'mol tovarlari va boshqa mahsulot xizmatlar, soliq jarima va qo'shimcha to'lovlar yuqori bo'lgan nosog'lom iqtisodiyotda korrupsiya kelib chiqishi bu tabiiy hol. Biz avvalo ta'limni isloh qilib byudjet daromad va xarajatlarini byudjet shaffofligini, aholi daromadlarini oshirishning aniq qisqa muddatli va strategik yo'llarini ko'rib chiqmas ekanmiz mafaqat talim balki boshqa sohalar ham oqsaydi. Chunki iqtisodiyot yaxlit mexanizm bu mexanizmda qaysidir qism yaxshi ishlamasa umumiy holatga ta'sir qiladi!
Bu ham tògri aytasiz
Oliy ta'limda ishlayman, bizga ham juda qiziq bo'lar edi o'z tashkilotimizdan qanday xarajatlar borligi. Kuni kecha ARM boshlig'i dekanatimizga kelib dekan o'rinbosariga o'z hisobidan o'qituvchilar xonasiga xab o'rnatishi kerakligini aytibdi.Hisobot chiqsa tashkilotimizda xab olish uchun mablag' bormi yoki yo'q ekanligini bilib olar edik.
Bizning universitetni top500 talikka kirishi tòģrisida eshitganimda oģzim ochilib qoldi. Chunki bunga modiy baza yuq yetarli ham emas. Kantrakt puli qimmat juda ham. Talim esa deyarli 0ga teng.(bazi oliygohlarda) nega bunday biz oqiydigan oliy talim maktab litseylarda qanday òqishni òrgatmaydi. Shunchaki òqi deydi. Olayotgan kantraktimiz yetmaydi, ozimizni qoplay olmaysmiz deyaotgan gaplar hammasi yolgon va boxton.
Fayoz Farxodovich
Bizda shunday bir ichki tuyg'u borki, hech narsaga ishonchimi yo'q. Misol uchun OTMlar xarajatlarini e'lon qildi ham deylik. Unda nima bo'ladi. Norozilik bundan battar bo'ladi. Xullas har bir o'qituvchining qancha oylik olishini familiyasi bilan so'rashadi. Sizningcha bu qanchlik to'g'ri. Sifatsiz ta'lim deymizu, bunga faqat OTM aybdormikan? Hammasi talabaning ilm olishni xohishiga bog'liq
Ўзбекистондаги ОТМлар молиявий фаолиятини шаффофлиги юзасидан жуда тўғри масалани кўтаргансиз. ОТМлар ўз молиявий ҳисоботларини эълон қилишса ҳам менимча бу масала барибир актуал бўлиб қолаверади. Биз ОТМларда бошқариладиган бозор иқтисоди муносабатларини кўришимиз мумкин. Ҳозирда бу ерда ҳеч ким таълим сифати билан қизиқмайди. Фақат мақсад кун кўриш бўлиб қоляпти. ОТМ лар контракт пулини кўтариши билан аксарият ҳолатда мақсад ўтган йилги зарарларни қоплашга йўналтиришлари турган гап. Бундан ташқари ҳам омиллари жуда кўп...
Бу борада мени фикрим қуйидагича: ОТМ ўз даромад манбайини фақат бюджет ва контракт пулига (асосий қисмини) қаратишган.Бу ночорликдан. Энди айтингчи Ўзбекистонда нечта ОТМ да сўнгги 5 йилда илм фанда ва ишлаб чиқаришда, ё бўлмаса қишлоқ хўжалигида янгилик яратилди, қанчасига патент олинди, қайси янгиликни қаерга жорий қилинди, буни учун қанча пул олинди, бундан янгилик яратган ОТМ фойда олди???? ОТМ лар ўз молиявий манбааларини ўзлари яратаётган илм аҳлини интелектуал салоҳиятидан яъни яратган маҳсулотидан олишни ўрганмас экан муаммо ҳал бўлмайди. Биз фақат мақтанишни яхши кўрамиз, талаба ОТМ га кириш тест синовларида 206, 258 балл олди деб, ёки ОТМни 100 талаба қизил диплом билан тугатти деб. Қани шу билимдон инсонларни қўллаб қувватлаш. Бу борада китоб ёзса ҳам бўлади,аммо фойдаси йўқ.Барча ректорлар ОТМлардаги муаммоларни яхши билишади. Лекин бу борада қандайдир "кўринмас кўл"уларни ишлашга қўймаётгандек назаримда. ОТМларни молиявий барқарорлигини таъминлаш бўйича янгилик яратиш шарт эмас. Ривожланган давлатлар ОТМ лар тажрибасини (бечмаркинг) ўрганиш, ўрганилган тажрибани миллий тизимга мослаштиш керак. Сиз айтгандек,фақат шафофлик бу муаммони ҳал қилмайди. ОТМлар ўз фаолият ҳақида оммавий ҳисобот бериши билан янада кўплаб тушумовчиликлар юзага келаверади. Йўл фақат битта: бозорбоп илмий янгилик яратиш, янгиликни патентлаш ва уни сотиш.
Oybek Sirojov
мен олий таьлим тизимида 20 йилдан буен ишлайман. шу йиллар мобайнида бироп марта бизда етарли маблагимиз бор деган гапни рахбарлардан эшитмадим. кейинги вактларла яна асосий харажатлар укитувчиларни маошига кетяпти деган важлар айтилмокда. ОТВ масули 70 фоиздан ортик деди. институтимиз вакили хисоботмда 50 фоиздан ортиги деди. шу учун биз учун хам кизик. иккинчи масала биз ОТМларни топ 1000ликка киришини хохласак унга шу рейтингга кирган ОТМлар каби харажат килмшимиз кк. масалан якинда биз уридит модул тизимига утиш бунда гарбни етакчи университети укув режасини этолон килиб олдик. жараен узимизга хос ура ура билан бошланди. уша хорижий ОТМни профессори бир йиода 240 соат юклама бажариши шу у учун 1шт юклама хисобланиши белгиланган булса бизда ундан кариб уч баравар куп 700 соатдан ортик юклама белгиланяпти. бу егини узиз тасаввур килаверинг.
Oybek Sirojov
мен этиборингизга якин кушнилардаги контракт суммасини киесий тахлилини хавола киламан.
Jannatim Onam.
Bir tomondan kantraktlarni universitet mablagʻlariga qarab qoʻyishlari toʻgʻri lekin talabalar uchun nohaqlik deb oʻyliman.Universitetlar davlat tasarrufida.Bundan tashqari talabalar oʻsha talabalik darajasiga yetish uchun ya'ni oʻqishga kirguniga qadar tayyorlanadi.Misol uchun hozirgi vaqtda bitta fandan tayyorlanish uchun 1 oyga kamida 150 000 soʻm pul ketadi.Agar u bir yil davomida tayyorlansachi?Bundan tashqari taxi puli kerak boʻladi.Agar abituriyentlar 2 yoki 3 yildan beri tayyorlanayotgan boʻlsachi?Abituriyentlar talaba boʻlgunga qadar 10 milliondan koʻp pul mablagʻi ketadi.Endi nima uchun abituriyentlar shuncha mablagʻ bilan tayyorlanib oʻqishga kirsa-yu institutda undan ham koʻp pul evaziga oʻqishi kerak?Mening fikrimcha kantraktlarni bunday institut chiqimlaridan kelib chiqib belgilash nohaqlik boʻladi
tog'ri aytilgan lekin aynan nega OTM laring bir yilda qancha foyda ko'radi yu qancha zarar ko'radi biz to'laydigan kantrakt qanchasini qoplaydi shu bo'yicha malumot nega berilmidi. Demak bu yerda shaffoflik yo'q 10% chegirma berildi OTM rektorlari xali xamon jim demak 10% chegirma bo'lganda xam ular xali zarar ko'rmaydi degan xulosaga boramiz shu bo'yicha to'liq malumot berishlarini so'rab qolardim. !
Oybek Sirojov
мен олий таьлим тизимида 20 йилдан буен ишлайман. шу йиллар мобайнида бироп марта бизда етарли маблагимиз бор деган гапни рахбарлардан эшитмадим. кейинги вактларла яна асосий харажатлар укитувчиларни маошига кетяпти деган важлар айтилмокда. ОТВ масули 70 фоиздан ортик деди. институтимиз вакили хисоботмда 50 фоиздан ортиги деди. шу учун биз учун хам кизик. иккинчи масала биз ОТМларни топ 1000ликка киришини хохласак унга шу рейтингга кирган ОТМлар каби харажат килмшимиз кк. масалан якинда биз уридит модул тизимига утиш бунда гарбни етакчи университети укув режасини этолон килиб олдик. жараен узимизга хос ура ура билан бошланди. уша хорижий ОТМни профессори бир йиода 240 соат юклама бажариши шу у учун 1шт юклама хисобланиши белгиланган булса бизда ундан кариб уч баравар куп 700 соатдан ортик юклама белгиланяпти. бу егини узиз тасаввур килаверинг.
To'ppa to'g'ri bitta asisstent 920 soat, dotsent 840 soat, professor 770 soat o'quv yuklamasi bajarishi kerak, ilmiy darajasi yo'q o'qituvchi yuklamasining asosiy qismini dars soatlari tashkil etadi. Bir yilda bu yuklama 700-800 soatga yetadi. bir yilda 32 hafta dars o'tilsa, bu har hafta o'qituvchi 24, har kuni 4 soat dars o'tadi degani. Xo'sh u shu 4 soat darsga qachon tayyorlanadi? Undan darsdan tashqari talab qilinadigan ishlar bir talay. Bundan tashqari bitta o'qituvchi ba'zan 9-10 tagacha xar xil fanlardan dars beradi. Chunki bitta fanning o'quv yuklamasi 100 soatdan kamdan kam oshadi. Ba'zi fanlarda yiliga 10-14 soat dars o'tiladi xolos. Bitta odam 10 ta fandan mutaxassis bo'lmaydiku, demak har bir fandan darsga tayyorlanishi kerak. O'zimning kamtar tajribamdan aytishim mumkin: o'zingiz mutaxasis bo'lmagan fandan 2 soat dars o'tishingiz uchun kamida 6-8 soat tayyorlanishingiz kerak. bunga esa vaqt yo'q chunki bundan fanlardan har kuni kamida 2 ta bor. OTMlarda bitta talabaga necha shtat birligida o'qituvchi to'gri kelishiga ham qiziqib ko'ringlar. Bunaqasida sifat qanday bo'lsin?
Show next 100 comments