Нима учун ОТМларнинг молиявий ҳисоботлари ошкор қилинмайди?

Жуда кўп дуч келамиз, давлат бўладими, нодавлат бўладими, кўплаб ташкилотлар халқда пайдо бўлаётган норозиликларга энг аввало одамларнинг ўзини айбдор қилади. «Биз қилаётган ишларни билмасдан, масалани тушунмасдан, қилинаётган ўзгаришлар моҳиятини тўғри англаб етмасдан, фақат танқид қилишни билишади» деган айбларни тез-тез учратамиз.

Аммо аслида айб ўша ташкилотларнинг ўзида, улар етарли даражада тушунтириб бера олмаган, масала моҳиятини халқ тилида кенг тарғиб қилмаган ва энг асосийси очиқ ҳамда шаффоф маълумотлар тақдим қилмаган.

«Улар» лойиҳасининг аввалги сонида TEAM университети ректори Алишер Ҳасанов ҳам талабалар контрактлари атрофида юзага келаётган норозиликлар ҳақида гапира туриб, айнан шунга урғу бериб ўтган (видео пост охирида). Яъни талабалар тўлаётган контракт харажатни қопламаслиги рост, аммо буни тўғри етказиб бера олиш керак, маъносида.

Яқинда Ҳукумат пандемия муносабати билан талабалар контрактига 10% чегирма эълон қилди. Аммо шу чегирмадан кейин ҳам норозиликлар тиниб қолгани йўқ, аксинча яна янги гаплар, янги важлар пайдо бўлди. Бунинг сабаби нима? Сабаби "эй, булар ўзи доим ношукр"лигидами ёки етарлича очиқ ва шаффоф маълумотлар берилмаётганидами?

Шу чоққача ОТМ ректорлари ўз талабаларига молиявий харажатлари ҳақида маълумот бердими? Қайси ректор қилди шу ишни? Чиройли (хунук бўлса ҳам майли) тақдимот, диаграмма, инфографикалар билан ОТМ 1 йилда қанча топяптию, қанча харажат қиляпти, шуни қанчасини талаба тўляптию, қанчасини давлат қоплаб беряпти, ҳар йили қанча фойда ёки қанча зарар билан чиқяпти, шулар ҳақида ҳисобот тақдим этдими? Йўқ!

❓Нега? Нега тақдим этишмайди? Нега ОТМлар бюджети, молиявий ҳисоботлари ёпиқ ва сирли?

Ахир давлат ОТМлари халқ тўлаётган солиқлар ҳамда талабалар тўлаётган контрактлар эвазига кун кўряптику. Уларнинг молиявий ҳисоботлари билан танишишга нафақат талабалар, балки ҳар бир ўзбекистонликнинг тўла ҳаққи бор. Бюджетдан ажратилаётган пуллар қаёққа, қанақа сарфланаётганини билишга ва уни назорат қилиб боришга жамоатчилик 100% ҳақли!

Шунинг учун янги ўқув йили бошлангунга қадар солиқ тўлаётган халқни, контракт тўлаётган талабаларини ва албатта ўзини ҳурмат қилган ректорлардан очиқ ва шаффоф молиявий ҳисоботларини эълон қилишларини сўрайман. «Биз зарар билан чиқяпмиз, ўшанчун контракт нархи шунақа» деган умумий гаплардан чекинадиган пайт келди.

P.S.: олий таълимдаги контрактлар миқдори масаласидаги позициям кўпчиликка маълум. Менга давлат ОТМлардаги молиявий сиёсати ёқмайди, ОТМларнинг зарарига ишлашига эса тиш-тирноғим билан қаршиман, гарчи бу талабаларга унчалик ёқмаса ҳам. ОТМлар тезроқ молиявий ва академик мустақил бўлишини, контракт нархини харажатларидан келиб чиқиб ўзи белгилашини, ҳадеб давлат бюджетига қараб қолмасдан, ўзи даромад қилишга ўрганишини, ўзи топган пулни эркин ишлата олишини, умуман олганда бозор иқтисодиёти қоидалари ва соғлом рақобат муҳитида таълим сифати кўтарилишини истайман.

Тезроқ шу кунлар келишига тилакдошман.


👉 @xushnudbek 👈

185 comments

Show 93 more comments
Ё сиз аввалдан бир бирларингни танийдиган рақиблармисиз?
Улугбек
Kontraktni pulini ko'tarish kerak emish qaysi miya bilan aytilyapti bu gaplar. Iqtisodiyot dipressiya darajasida aholini real daromadlari kam. Aholini pul chiqaradigan aparati yoqku hoxlagancha pul chiqarib bolasini oqitsa. Xalq o'zi arang kunini ko'rayotgan bo'lsa!!!
Eldor Muratov
Бу ер каментарийми, ё жанг майдони ?
egayist o'z manfatini o'ylaydigan manfati yo'li xech nimadan tap tormaydiganlar bor ekan shu sistemada ketaveramiz
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Улугбек
Sizdaka fikrlaydiganlarni deb ta'lim shu ahvolga tushdi
Qachongacha 100ming oshgani uchun kontrakt masalasini yarim yil muhokama qilamiz, mayda narsa bular hammasiiiiii. O'zim iqtidorli guruh sardoriman, lekin univerda rag'bat yo'q, shularni joriy qilish kerak deyappan
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Улугбек
Kontraktni pulini ko'tarish kerak emish qaysi miya bilan aytilyapti bu gaplar. Iqtisodiyot dipressiya darajasida aholini real daromadlari kam. Aholini pul chiqaradigan aparati yoqku hoxlagancha pul chiqarib bolasini oqitsa. Xalq o'zi arang kunini ko'rayotgan bo'lsa!!!
Bu qisqa muddatli fikr, otm domlalari univer oyligiga yasholmay remont qilib yurib, o'z ustida ishlamay, pul topish payida bolsa va kontrakt shu holda qolsa yaxshimi??? Hamma narsa moddiylikka borib taqaladiii
Улугбек
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Qachongacha 100ming oshgani uchun kontrakt masalasini yarim yil muhokama qilamiz, mayda narsa bular hammasiiiiii. O'zim iqtidorli guruh sardoriman, lekin univerda rag'bat yo'q, shularni joriy qilish kerak deyappan
Sizni ko'zizga parda tortib qo'yilgan ekan. 😂😂😂 Foydasi yo'q. Oqni qora qorani oq deyishga o'rgatipti. Man faqat kontrakni emas iqtisodiyotdagi umumiy holatni aytyapman. Sizga savol iqtidorli bo'lsangiz umumiy holatda aytingchi iqtisodiyotimiz qanaqa holatda?
Юқоооорида мен хам фикр қолдиргандим. Шунга хам фикр билдиринглар. Балким негативлат сафидан чиқиб кетарсизлар.
Улугбек
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Bu qisqa muddatli fikr, otm domlalari univer oyligiga yasholmay remont qilib yurib, o'z ustida ishlamay, pul topish payida bolsa va kontrakt shu holda qolsa yaxshimi??? Hamma narsa moddiylikka borib taqaladiii
Oliy ta'lim davlat tasarrufida xarajatlar davlat byudjetidan shakillantiriladi. Buning uchun xalq oxirgi tiyin tiyinigacha otti kallasiday soliq jarima va qushimcha to'lovlar to'layapti. Buni uchun talabalarni qonini ichish kk emas kontrakt narxini oshirib. Tushunmasangiz uzingizni hammani oldida bexurmat qilmang ko'p gapirib!!!
Нилуфар Салимова
Ассалому алайкум. ДТМ га 111 500 сум тулов килдим. Июль ойида килгандим. Тулов утганлиги хакида смс келмади. Лекин банк квитанцияси узимда бор. Мен кандай килиб тулов утганми йукми билишим мумкин. Илтимос жавобингизни кутаман
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Улугбек
Oliy ta'lim davlat tasarrufida xarajatlar davlat byudjetidan shakillantiriladi. Buning uchun xalq oxirgi tiyin tiyinigacha otti kallasiday soliq jarima va qushimcha to'lovlar to'layapti. Buni uchun talabalarni qonini ichish kk emas kontrakt narxini oshirib. Tushunmasangiz uzingizni hammani oldida bexurmat qilmang ko'p gapirib!!!
Siz shunday negativ fikrlarni o'ylab yurgan payt, men IELTS o'tib oyiga kishi boshiga 300dan pul olib, oyiga 3 mln olib, oddiy talaba bolsamam kontraktimni tolab yuribman. Faqat qonunlardan nolish kerakmas, ularga moslashish kerak, qandaydir ijtimoiy yangilik qilish uchun ozimizni ham ozgqrtirishimiz kerakkkk
Xarbiylarni IIB ni farzandlarini puli ko'p yana ularga grant ajratildi bali yetmasa puli kop 3.1 bal olsa ham pul to'lab kiraveradi va yana o'sha gap puli bor oqiydi oylikka zorga kunini ko'radigan oilalar ham juda kop ularga ham imkon berish kerak otolmasa ikkini imkonni qanaqadur suhbat orqalimi ikki barobar kontrakt evazigami
Assalomu alaykum. Bugun O'zbekiston shiddat bilan rivojlanayabdi. To'g'ri, hozirgi pandemiya insoniyatni, davlatni turli qiyinchiliklarga solyabdi. Davlatimizga rahmatki, biz talabalarni o'ylab, qanchadir miqdorda chegirma qilib berdi. Men Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o'qiyman. Davlat tayin etgan kontrakt, deyarli ikki barobarga oshirilgan, - 22 mln. Bu nima maqsadda qilingan? Demak, bu Universitetni har tomonlama yuksaltirish, chet el andozalari asosida diplomatlarni tayyorlash, chet eldan malakali professor o'qituvchilar olib kelish, kuchli xalqaro universitetlar bilan hamkorlik qilish uchun tasis etildi. Dastlab, bu turli norozichiliklarga olib keldi. Lekin, shunday bo'ldi. Hozirgi qiyin holatda davlatimiz biz talabalarga chegirma asosida kontrakt narxlarini belgiladi. Shunday bo'lsa ham diplmatiya kontrakti o'zining salobati bilan odamni larzaga solayabdi. Davlatimiz o'qishni onlayn tarzda o'tkazishga buyruq berdi. Agar biz talabalar o'qishni onlayn o'tkazsak, yuqoridagi kontraktni oshirish sabablari, ko'rsatmalari qilinmaydiku, biz uyda bo'lsak, qayerdan takomillashgan o'qish bilan shug'ullanamiz, qaysi chet ellik bilan mulohlazalar qilamiz, qaysi chet el universiteti bilan hamkorlikning bo'lagi bo'lib, turli grand, exchenge ning golibi bo'lamiz? Qanday qilib, biz uydamizku. Universitetning bu holatdagi kontrakti shunchaki, daxshat. Odamlar hozirda qiyinchilikda yashamoqda, kimlardadir mo'maygina daromad bor, kimlardir mavsumiy yoki oylik daromatga ega, kimlaridir esa kunlik daromad topib yashaydi. Men ommaviy holatda aytayabman. Lekin, diplomatiya universiteti kontrakt narxini hech bo'lmaganda shu davr uchun, payt uchun avvalgi holatga keltirsa, yaxshi bo'lar edi. O'xshash fakultet Yuridik instituti yoki Islom Akademiyasida ham bor, lekin kontrakt ularda 13 mln. To'g'ri, bu diplomatiya, lekin hozirgi vaqt uchun buning keragi yo'qm
Улугбек
Qisqasi yuqoridagilar o'z zimmasiga oldimi masulyatni biz xalqni boqamiz farovon yashaysizlar sifatli ta'lim olasizlar deb vadasini bajarsin!!! Biz saylaganmi ularni deputatlarniyam kerak bulsa senat vazirlarni ham. Ular oylik olishi un soliq to'layapmiz. Raxmatga kontrakt narxlarini jarimalarni oshirmasin. Kontraktni balandlatish stepindiyani tenglashtirish bu islohot yoki yichim emas. Biz ularga ishonch bildirdigmi xalqni ham eshitsim! Biz ular ko'rsatgan yo'ldan ketyapmiz bu yo'lni oxiri istiqbollimi yoki krezismi ularga bog'liq. Xalqni hoxish istagi hamma narsadan ustun!!! Kontrakt baland deyilyaptimi demak baland uni tushurish yo'llarini ko'rib chiqishsin. O'zbekistonni haqiqiy yashirin salohiyati juda kuchli faqat to'g'ri yo'nalish kerak!
Улугбек
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Siz shunday negativ fikrlarni o'ylab yurgan payt, men IELTS o'tib oyiga kishi boshiga 300dan pul olib, oyiga 3 mln olib, oddiy talaba bolsamam kontraktimni tolab yuribman. Faqat qonunlardan nolish kerakmas, ularga moslashish kerak, qandaydir ijtimoiy yangilik qilish uchun ozimizni ham ozgqrtirishimiz kerakkkk
Siz shunday zo'rdirsiz lekin hamma ham farovon yashayapti deb o'ylaysizmi? Ko'zingizni kattaroq oching atrofga qarang qo'shningiz qanday yashayapti yoki tanishingiz hammani daromadi yuqorimi? Odam sal vatanparvar bo'lishi kerak och qornim tinch qulog'im bilan ish bitmaydi!
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Улугбек
Siz shunday zo'rdirsiz lekin hamma ham farovon yashayapti deb o'ylaysizmi? Ko'zingizni kattaroq oching atrofga qarang qo'shningiz qanday yashayapti yoki tanishingiz hammani daromadi yuqorimi? Odam sal vatanparvar bo'lishi kerak och qornim tinch qulog'im bilan ish bitmaydi!
Hammaga yordamni bu yolda bermang, oqib Zo'r bolib ish o'rni yarating, moliyaviy sharoit yarating xalqqa, shu kerak sizdan, bunday vatanparvarlik nolga teng hozirgi kunda, quruq gap kerakmas, birovlar masalasga kesak, ishlasin, harakat qisin, kimlarnidir harakat qimagani uchun uyda aza tutib o'tirmayman. Hamma harakatiga yarashasini oladi
Hushnud aka oxiridagi fikringiz unchalik maqul emas agar OTM kantrakni ozi belgilab davlatdan pul olmaydigan bolsa Hindiston bolamizu qolamiz kantrakt kamida 50 mln Dan boshlansa kk Agar akmal aka ertaroq korrupsiyaga qarshi kurashishni boshlamasa ancha qiyin boladi Xalqga chunki shu korrupsiyaga botgan OTM larda xalqning bolasi oqiydi axir
Show next 71 comments