«Улар» лойиҳасига меҳмон сифатида таклиф қилишди. Бошловчи мендан нимани сўраган бўлса, ўшаларга жавоб бердим. Масалан, ЎзАдаги янги ишим, шахсий телеграм каналим, босим ва таҳдидлар, ТВда "қора рўйхатга" тушиб қолганим, сўз эркинлигининг келажаги ҳамда Қашқадарё вилоят ҳокими Зоир Тоирович билан бўлган интервьюси ҳақида суҳбатлашдик. Лазиз мен билан боғлиқ айрим нарсаларни негадир сўрамади, ўшанчун сўралмаган мавзулар ҳақида гаплашмадик ))
Вақтингиз ва имконингиз бўлганда кўрарсиз. Кўрмасангиз ҳам
хафа бўлиш йўқ 😊https://youtu.be/kLM38etRu5gP.S.: иримчи эмасман, ирим қилишни ёмон кўраман, лекин нима учун мени айнан 13-сонга чақириб, 13 июль куни эълон қилишди, ҳайронман
🤷🏻♂️
Bazi mexmonxonalardagi 13 raqamli xona tushib qoldirilgan. Buni bir vaqtlar tv da korgamman. Taĝin bilmadim :/
Findaproperty.com sayti Britaniyada 1999-2011 yillardagi uy-joylar savdosi bilan qiziqib, qiziq faktga duch kelgan.
13-kuni boshqa kunlardan ko‘ra 32 foiz kam uy sotilgan.
Shuningdek, 13 raqamidagi uylar arzonroqqa sotilgan ekan.
Kompaniyalar va ularning mijozlari haqiqatdan ham 13 raqamining xosiyatsizligiga ishonishadimi, yo‘qmi, yoki bu shunchaki odatmi, aniq aytish qiyin.
Biroq, professor Lemga ko‘ra, "xosiyatsiz raqamlarga ishonuvchilar ham, ishonmaydiganlar ham bor. Ba‘zilarga buning farqi bo‘lmasa ham, boshqalar qilgani uchun bu irimni davom ettiraverishadi".
Yana boshqa bir taxminga ko‘ra, 12 to‘la-to‘kislik ramzi bo‘lib, yil 12 oydan, 12 ta burj, kun 12 soatdan iborat.
Yana bir o‘rinda bu miloddan avvalgi 1780 yilda yozilgan "Hammurapi qonuni" bilan bog‘lanadi. Shoh Hammurapi ushbu qonunlarni tartiblashda "13" raqamidan foydalanmagan ekan.
Sharq an’analariga ko‘ra, misol uchun Xitoy va Misrda "13" raqami xosiyatli hisoblangan. Xitoyliklar orasida tetrafobiya, ya’ni "4" raqamidan qo‘rqish avj olgan. Italiyada ham "13" baxtli raqam bo‘lib, ayniqsa italyanlar ovqatlanish shahobchalarida 13-raqamli stolda o‘tirish xosiyatli ekaniga ishonishadi.
Nima bo‘lganda ham,"13", bu – shunchaki raqam va undan qo‘rqishning keragi yo‘q. Sizga ham shuni maslahat beramiz.
Shunday gapla Xushnudbek aka
Jadid shoirimizning:
Yondirib o‘t yirtib tashla barchasin barchasin yo‘q et
Qilolmasang shu ishlarni yiqil yo‘qol ket
degan so‘zlari ayni siz uchun
Butun O‘zb. yoshlari ham shu jumlaga munosib bo‘lishlarini xohlardim
Rahmat