«Улар» лойиҳасига меҳмон сифатида таклиф қилишди. Бошловчи мендан нимани сўраган бўлса, ўшаларга жавоб бердим. Масалан, ЎзАдаги янги ишим, шахсий телеграм каналим, босим ва таҳдидлар, ТВда "қора рўйхатга" тушиб қолганим, сўз эркинлигининг келажаги ҳамда Қашқадарё вилоят ҳокими Зоир Тоирович билан бўлган интервьюси ҳақида суҳбатлашдик. Лазиз мен билан боғлиқ айрим нарсаларни негадир сўрамади, ўшанчун сўралмаган мавзулар ҳақида гаплашмадик ))

Вақтингиз ва имконингиз бўлганда кўрарсиз. Кўрмасангиз ҳам хафа бўлиш йўқ 😊

https://youtu.be/kLM38etRu5g

P.S.: иримчи эмасман, ирим қилишни ёмон кўраман, лекин нима учун мени айнан 13-сонга чақириб, 13 июль куни эълон қилишди, ҳайронман🤷🏻‍♂️

186 comments

Show 100 more comments
Xudoyberdiyev siz to'g'ri yo'ldasiz)))))
Квота 2020 хизмати пуллик дийилибди неча сум экан
Masonlani xidi kelyatti. Alimoffga aloqasi yoʻmi intervyuni.
Assalom alaykum Xushnudbek aka, ko'rsatuvdagi barcha fikrlarizga diqqat bilan e'tibor berdim va ko'p narsalarni angladim rahmat, ayniqsa bog' va bog'bon haqidagi fikrizga qoyil zo'r oxshatish bo'ldi, yana oltin baliqdan so'ragan narsangizga ham qoyil agar hamma ta'lim ga shunday e'tiborda bo'lsa mamlakatimiz rostdan ham gullab yashardi, agar rostdan ham tilla baliq chiqib so'rab qolsa bir narsani ham qo'shib so'rang iltimos mamlakatimizda korrupsiya tag-tomiri bilan yo'q bo'lib ketsin, sizga rahmat ishlarizga doim omad yor bo'lsin 👍
Sayyora
Ассалому алайкум Хушнудбек сухбат жудаям мазмунли булибди /УЛАР/га рахмат бошловчини биринчи куришим жудаям дадил лунда лунда гапирар эканлар гаплари зур рахмат ФУКАРОЛИК мансабимдан фойдаланиб УЗ фикримни айтмокчийдим Богдаги олмаларни факат сонига мас сифати мазасини хам эсдан чикармасиз деган булардим. Эзгу ишларингизда Омад Куч Кувват Вакт Сурайман Аллохимдан.Хамиша максадларинги з ниятларингизга етишиб юринг.Омин.
Videoni to'g'risi ko'rmadim. Qisqa anonsini ko'rdim faqat. Lekin men ham nega aynan 13-soniga va 13-iyulga to'g'ri kelganiga bitta qarashdan xayron qoldim. Balki tasodif. Omad ishlarizga. Ha keyin bir narsa, Milliy mas-mediaga tayinlangan lavozim egasini telegramda kanali yo'qmi mabodo. Fikrlarini kuzatib borsak yaqindan.
Барака топинг суҳбатдан мазза қилдик.🤲🤲🤲
БАХРИДДИН АРОБИДИНОВ
Сухбат зур булибди, сизга уша савол кайси саволни кутовдиз берилмади
SIDDIQOVA MUKARRAMXON HABIBULLAYEVNA
Assalomu alaykum , Xushnudbek! Avvalo yangi lavozimlar qutluq bo'lsin. 13 sanada Payg'ambarimiz (s.a.v ) tug'ilib , budlar sinib ketgan ekan. G'ayridinlar bu kunni , yani 13 sanani baxtsiz raqam deb bilishadi. Biz musulmonlarga esa bu kun aksincha baxtli kundir, inshaalloh. Men 2 ta farzandimni shu 13-uyul kuni dunyoga keltirganman , alhamdilulloh. Sizni 13-sonda va 13- sanada chiqishingizda ham 1 hikmat bor, deb o'ylayman.
Хушнудбек ука 13 сони мусулмончиликда бахтли рак,ам, христианларда бахтсиз саналади!
Зўр. Хар доим шундай бўлинг, олмаларга қурт тушмасин.
Assalomu alaykum.
Suhbat yaxshi bolibdi, siz zor insonsiz deb ayta olmayman chunki hamma ham ideal emas lekin shunday bolsada bazi bir davlat amaldorlaridan kora yaxshi fikrlaysiz👍. Qopol bolsa ham aytaman koproq jigildonga emas xalq manfaatini oylab ish tutasiz. Shu kabi xislatlariz intervyuda ochiq korinib turibdi. Yana qorqmay yangi ishingizdagi haqiqiy kamchiliklarni ochiq oydin aytganingiz mardlik ishi bolibdi. Eng yoqgani talim tizimidagi qarashlaringiz boldi.
Omad sizga
FARIDBEK
Interyuga gap yoq, Raxmat ochiq kongildan chqgan gaplar uchun. Ular loyihasni kopdan kuzataman shaxsan menga Diyor Imomxojayev bn bugungi interyu yoqdi
Assalomu alekum Xushnud aka men hozirda TDYU talabasiman interyuni hali kormadimi otgan yili sizni kanalingizni ashadiy muxlisi bolib kuzatganman, sizi TDYU da korganman yoshlar bn suhbatda fikrlashga gap yoq. Interyuni koraman chunki bugun meni tug'ilgan kunim 13-iyulda tug'ilganman.
Qaniydi imkon bo'lsa shu youtubeda shunaqa suhbatlarni ko'rsak 😀😀😁😁
Бекзод
Саволлар бу сонида сал саёз танланган ва сама цензура жуда кучли сизда
Хушнудбек талим тизими хакида фикрингизга 500 фоиз кушиламан, контрктлар фалон пул, сифатли укитиш йук
Ким этибор берди ким бермади: Хушнудбек охирги вақтлар сарой блогерига айланди. Бирорта давлат идорасига танқидий пост ёзмай қўйди. Бирорта ижтимоий муаммони олиб чиқмай каналида фақат давлатимиз рахбари уёққа борди буёққа ташриф буюрди дейишдан нари ўтмай қўйди. УзАга лавозимга тайинланганиям бекоргамасдир балки...
Eeee Xushnud aka 😁, 1 soat qimirlamay, o'tqazmay ko'rimman, siz haizda ana endi to'liqroq ma'lumotga ega bo'ldim, ajoyib intervyu bulibdi. Ishlarizga omad 👍👍👍
Taʼlimga bildirgan fikringizni hurmat qilaman. Taʼlimdagi yangiliklarning ayniqsa xalq taʼlimidagi yangiliklar qoʻlma qoʻl boʻlib uzatilyotgan muz kabi erib ketmay oddiy oʻqituvchigacha yetib borsaydi tuman mudiri honasida erib bitmay. Taʼlimni tekshir oʻqituvchini ez, talimni tekshir oʻqituvchini soʻk kabi boʻlmay asl jaroxat sal yuqoʻrida tavonda emas.
Xalilov Esonali
Diyor o'zimizni futbolni tanqid qilardi, kamchiliklarini ro'y-rost ochib tashlardi. Diyorni " boshliq" qildi; qutildi. Xushnid ham endi "boshliq".
Show next 58 comments