«Улар» лойиҳасига меҳмон сифатида таклиф қилишди. Бошловчи мендан нимани сўраган бўлса, ўшаларга жавоб бердим. Масалан, ЎзАдаги янги ишим, шахсий телеграм каналим, босим ва таҳдидлар, ТВда "қора рўйхатга" тушиб қолганим, сўз эркинлигининг келажаги ҳамда Қашқадарё вилоят ҳокими Зоир Тоирович билан бўлган интервьюси ҳақида суҳбатлашдик. Лазиз мен билан боғлиқ айрим нарсаларни негадир сўрамади, ўшанчун сўралмаган мавзулар ҳақида гаплашмадик ))

Вақтингиз ва имконингиз бўлганда кўрарсиз. Кўрмасангиз ҳам хафа бўлиш йўқ 😊

https://youtu.be/kLM38etRu5g

P.S.: иримчи эмасман, ирим қилишни ёмон кўраман, лекин нима учун мени айнан 13-сонга чақириб, 13 июль куни эълон қилишди, ҳайронман🤷🏻‍♂️

186 comments

Show 100 more comments
Salom kim biladi bugun hujjat topshirishni ohirgi kunimi yoki 20- kunimi
Assalomu alaykum.
Menda bir SAVOL bor edi. Men Namangan davlat universitetida hozirda biologiya yo'nalishi 1-bosqichni yakunladim. O'tgan yili 3 yo'nalishdan meditsina yo'nalishiga kira olmagan edim. Lekin shifokor bo'lish hali ham orzuimligicha qolgan.
Savolim shundan iboratki, hozirda men ham OTM imtihonlariga hujjat topshira olamanmi? Agar topshirib, yetarlicha ball olsam shu soha boyicha talaba bo'la olamanmi? 1-bosqichdan boshlab o'qiymanmi. Agar kira olmasam, hozirgi o'qishimga ta'siri bo'ladimi? Yoki kira olmasam hozirgi biologiya yo'nalishida davom ettriaveramanmi?
Iltimos, shu haqida ma'lumot bersangiz.

Oldindan RAHMAT!
Feruza Burieva
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudoyberdiyev,hozirda abituriyentlarni qiynayotgan savollar ko'p.Shulardan biri avgust imtihonlarining qachon bo'lishi.Pandemiya sababli imtihonlar kechiktirilishi mumkinligi aytilmoqda,ammo hali u qachon bo'lishi ma'lum emas.Imtihon vaqti ko'chirilishida har kim o'z fikriga ega. Shaxsan mening fikrim har narsani o'z vaqtida bo'lgani yaxshi.Chunki pandemiya hozirda shunchalik xafli bo'lsa,sentabrda qanday bo'lishini hech kim bilmaydi.Bu haqida ham abituriyentlarning fikri inobatga olinsa yaxshi bo'lardi va shu haqida ham fikrlar bersangiz.
Happiness
Assalomu alaykum Xushnudbek aka avvalo yangi lavozimiz bilan tabriklayman. Boshlagan halol yoʻlizni ogʻmasdan oxirigacha davom ettirishizga ishonamn. SAVOLIM BOR EDI. Xotin qizlarga ajratilgan 4 foizlik grand haqida. Uni olganlar istagan oʻqishiga imtihonsiz grand asosida qabul qilinadimi? Javobizni kutib qolamn kimda bu haqida maʼlumot boʻlsa iltimos ayting. Bu juda muhimdir edi menga. Rahmat hammaga sogʻlik oʻzizngizni asrang
Assalomu alaykum Xushnudbek! Intervyuni katta qiziqish bn ko'rdim oxirigacha.Tabriklayman yangi lavozim bn va muvaffaqiyat tilayman O'zAdagi faoliyatingizga.Yana rahmat aytmoqchiman.To'g'risi sarhisob qilinsa ancha katta ishlarga hissa qo'shgansiz.Avvalo propiska tizimi va oliy ta'lim tizimidagi o'zgarishlar un!
Inson sifatida esa sizdan ko'p narsa o'rganish mn bo'lgan odam ekansiz.Avvalo qalbingiz bn hamohang yashaganingiz bu juda katta baxt. Hammani diqqat markazida bo'lishga intilish deyishgani bu boshqa narsa,siz shunchaki o'zligingizni topgan va shu orqali hamma taraflama baxtlisiz meni nazarimda.Shuning un avvalo sizga qalbingiz har doim shunday shamchirog'ingiz bo'lishini va bu uzoq va mashaqqatli xalq un fidokor bo'lish yo'lida oyog'ingiz hech qachon toyilmasligini,boshingiz egilmasligini tilayman!
Faqat shu SSVgiga sal Sherzod Shermatovga o'xshagan vazir topilsa yaxshi bo'lardi.O'rinbosarlarini yaxshi tayinlashibdi.Ulug'bek Sobirov juda aqlli inson.
Xushnudbek aka. Nega diplom.edu.uz sayti ishlamayapti. Shu haqida ma'lumot kerak edi
Shu xabar qanchalik to'g'ri. Iltimos biladiganlar yozvoringlar.
Assalomu alaykum .Kirish imtihonlari rasman qachon boshlanadi.Eshitishim bòyicha 29-iyuldan emish? Shu qanchalik haqiqatga yaqin?iltimos javob bervorilar
#Abituriyent. Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Sizga bir savol bn murojat qilmoqchiman.
Davlat bojxona qòmitasiga qarashli Oliy harbiy bojxona bilim yurtiga magistratura yònalishi bòyicha 1 yillik òquv bor deb eshitgandim va xujjat topshirmoqchi edim. Magistr.edu.uz orqali topa olmayapman, kimga murojat qilsam bòladi? Javob uchun oldindan raxmat
Xushnudbek aka bu yil oʻqishga kirsam 1 oy ichida yaʼni 1-kursligimdayoq oʻqiyotgan otmiyimdan boshqa otmga perevod qilsam boʻladimi. Yoki faqat 2- kursdan mumkin boʻladimi?
Ravshan Astanov
Ular loyixasi hozirgi eng mazmunli loyixalardan biri. Irimlarga ishonmang, intervyu zur chiqipti
Assalamu alaykum. Xushnudbek aka siz bilan qanday bog'lanishni bilmadim, shuning uchun shu yerda yozayapman. Men otmga online hujjat topshirdm, chet tilini bilish sertifikatim bor, kiritdim, lekin hali ham tekshirilmoqda deb turibdi. Qancha muddat ichida ular korib chiqishadi, dtmga tel qilib umuman bog'lanib bo'lmayapti, agar iloji bolsa javob bering, kutaman
Xusanboy Mamatvaliyev
Ассалому алейкум!
Мен 2000 йил ўрта мактабни битирганман.
ОТМ ни сиртқи бўлимига хужжат топширдим.
Хужжат топширишда аттестатим серияси:O'R-AN экан.
Лекин серияни биринчи харфини қабул қилди.
Қолган харфларни олмади.
Хатолик хисобланмайдими?
Тўлов қилаверайми?
Тел:94 173-18-29