❗️Тест синовлари стадионларда бўлади
#abituriyent
Бугун Шавкат Мирзиёев бошчилигида олий таълим муассасаларига қабулни ташкил қилиш ва 2020/2021 ўқув йилига тайёргарлик кўриш масалалари юзасидан йиғилиш бўлиб ўтди.
Унда айтилган муҳим гаплар:
➖ тест синовлари Тошкент ва Нукус шаҳарлари, вилоятлар марказларидаги
стадионларда ташкил этилади;
➖ имтиҳонлар
кунига 2 марта (ҳаво салқин пайтда) ўтказилади, шунда барчасини тахминан
12-14 кунда якунлаш мумкин;
➖ имтиҳонларнинг санаси ҳали аниқ эмас, тест саналари Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва Санитария-эпидемиология хизматининг эпидемиологик вазият борасидаги хулосасидан келиб чиққан ҳолда белгиланади.
👉 @xushnudbek 👈
bir ko'rinishda bu g'alati tuyulish mumkindir
lekin joriy etilsa menimcha bundan hamma abituriyentlar va ota-onalar xursand bo'lar edi
imtihonlar viloyat markazlarida bo'lishi uchun
davlat tomondan har bir tumanga abituriyentlar
viloyat markaziga borishlari uchun iloji boricha maxsus davlat avtomashinalari qo'yilsa,
bundan ko'zlangan maqsad :
1.abituriyentlar ko'p moliyaviy xarajat qilmaydilar (ayniqsa, hozirgi pul topish mushkul bo'lgan vaziyatda)
2. mazkur transportlarda maxsus xodimlar qo'yilib karantin choralariga ham kuchli nazorat qilinardi
bu bilan kasallik yo'qtirish xavfi ancha kamayardi
(chunki ayrim viloyatlardagi taksi haydovchilari cheklovlarga qaramasdan ko'proq daromad olish maqsadi-da juda ko'p yo'lovchilarga (ayrim holatlarda ( 5-6 yo'lovchi) xizmat ko'rsatishyapti
Bu esa shubhasiz, karantin qoidalarii buzyapti
e'tiboringiz uchun rahmat!